O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-bob. Yakunlovchi qoidalar



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
fuqarolik

10-bob. Yakunlovchi qoidalar 
50-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro 
etuvchi organlar 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga 
oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda 
yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari 
zimmasiga yuklatiladi. 
O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki 
undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki 
ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi. 
51-modda. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi 
lozim bo‘lgan hujjatlar
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan 
shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi: 
ichki 
ishlar 
organi 
tomonidan 
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 
identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjat; 
konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish 
uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi 
boshqa hujjat. 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 
beriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga 
chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi. 
(51-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan 
bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi. 
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)



Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin