52-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha manfaatdor davlat organlari
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash, shuningdek hujjatlarni va ma’lumotlarni kiritish, hisobga
olish hamda monitoring qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid
idoralararo ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar
bazasining ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 16-sentabrdagi 557- son qarori . 53-modda. Nizolarni hal etish Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda
belgilangan tartibda hal etiladi.
(53-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. 54-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(54-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)