O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish asoslari



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
fuqarolik

25-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish asoslari
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi: 
a) shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza 
qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida
b) agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy 
konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa; 
v) agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar 
yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa; 
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va 
xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar 
yetkazgan bo‘lsa; 
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa; 
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi 
bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va 
yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa. 
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi uning erining (xotinining) 
va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. 
26-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat harbiy xizmatiga, 
xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi faktlarini aniqlash
Chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirgan shaxslarni aniqlash uchun 
konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini 
tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.
Ushbu moddaning
 birinchi qismida 
ko‘rsatilgan faktlar tasdiqlangan taqdirda O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Tashqi ishlar vazirligi deb yuritiladi) 
xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini 
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
33-bandi
.  

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin