20-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet
davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi
hollarda amalga oshiriladi, agar u:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega
bo‘lsa;
b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
v) O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga
rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga
olsa;
Oldingi tahrirga qarang. g) davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
(20-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375- son) Ushbu modda birinchi qismining
“a” bandida
nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat,
texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo‘lgan vatandoshga va (yoki) uning oila
a’zolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi
materiallarni ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
ko‘rsatilgan shaxslarga berish maqsadga muvofiqliligi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Qabul qilingan qaror asosida shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish
to‘g‘risida kafolat xati beriladi, agar ushbu shaxs fuqarosi bo‘lgan davlat fuqaroligidan chiqadigan
bo‘lsa.
Kafolat xatining amal qilish muddati bir yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Fuqarolik masalalari komissiyasining qaroriga binoan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir
yilga uzaytirilishi mumkin.
Kafolat xati ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga yoki
uning qonuniy vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoniga muvofiq ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligi haqida hujjat
taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.