O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik hisobiga turmagan



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
fuqarolik

27-modda. Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik hisobiga turmagan 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash
Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun konsullik muassasalari: 
konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilgan shaxslarning murojaatlarini yoxud 
konsullik muassasalariga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan ma’lumotlarni tekshiradi
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi chet davlatning 
so‘rovnomalarini o‘rganadi; 
o‘z konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida 
saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi; 
xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) har 
chorakda beradigan so‘rovnomalariga ko‘ra doimiy konsullik hisobi ro‘yxatlari bo‘yicha tekshiradi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar 
vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. 
Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik 
hisobiga turmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik 
hisobiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Konsullik muassasasi ariza 
beruvchining shaxsini aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan shaxslarning 
ro‘yxati bilan solishtiradi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga o‘z 
vaqtida turmaganligi sabablarini o‘rganadi. Bunda ariza beruvchiga ushbu Qonun
25-moddasining 
qoidalari tushuntiriladi. 
Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini 
doimiy konsullik hisobiga qo‘yish uchun hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi 
mumkin. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga 
bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar uzrli sabablar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining 
doimiy konsullik hisobiga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-
martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini 
ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 
34-bandi
.  

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin