29-modda. Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi faktini aniqlash Chet davlatning foydasini ko‘zlagan holda faoliyat ko‘rsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka
qarshi jinoyat sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga
jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi.
Hukm chiqargan sud hukmning ko‘chirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan
birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10- martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandi . 30-modda. Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash Chet davlat fuqaroligini ixtiyoriy ravishda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini
aniqlash uchun ichki ishlar organlari va konsullik muassasalari manfaatdor vazirliklar, davlat
qo‘mitalari hamda idoralarning ma’lumotlarini tekshiradi, shuningdek jismoniy va yuridik
shaxslarning kelib tushayotgan murojaatlarini o‘rganadi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosiga ushbu Qonunning
25-moddasi
qoidalari tushuntiriladi. Bunda Ichki ishlar
vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10- martdagi PF-6185-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandi .