LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
23-moddasi
.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash
Agar ilgari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxsning fuqaroligi ushbu Qonun
25-moddasi birinchi qismining
“a”
va
“g” bandlariga
muvofiq yo‘qotilgan bo‘lmasa, u O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Iltimosnomada O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining tugatilish sabablari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘yicha
hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Qonunning
19
,
37
va
38-moddalarida
belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tugatish asoslari
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagilar oqibatida tugatiladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish;
b) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganlik.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan
chiqish ushbu Qonunning
37
va
39-
moddalarida
belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi
fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: