O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yo‘l



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
fuqarolik

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini chet davlatga topshirishga yo‘l 
qo‘yilmasligi
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi chet davlatga topshirilishi mumkin emas. 
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqaroligiga 
mansubligini tan olmaslik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat fuqaroligiga mansubligi O‘zbekiston 
Respublikasida tan olinmaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish 
yoki fuqaroligini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar bir vaqtning o‘zida chet 
davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi yoki javobgarlikdan ozod 
etilishi mumkin emas. 
2-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish 
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish asoslari
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: 
tug‘ilganlik bo‘yicha; 
bola farzandlikka olinganda; 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin. 
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish
Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: 
a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa; 
b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum 
bo‘lsa; 
v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat 
fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. 
Ushbu modda birinchi qismining 
“v” bandida 
nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud 
boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosidir. 
Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud 
onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqaroligini oladi. 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin