O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
fuqarolik

8-modda. Nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini saqlab qolish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 
bilan nikohdan o‘tishi, shuningdek bunday nikohning bekor qilinishi er-xotinning fuqaroligi 
o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. 
Er-xotindan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi o‘zgarishi ikkinchisining 
fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. 
Nikohning bekor qilinishi ushbu nikohda tug‘ilgan yoki nikoh bekor qilinguniga qadar 
farzandlikka olingan bolaning fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi. 
9-modda. Xorijda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining 
saqlab qolinishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijda yashashi O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligining tugatilishiga sabab bo‘lmaydi. 
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda davlat tomonidan himoya 
qilinishi
Xorijda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining himoyasi va 
homiyligi ostida bo‘ladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
23-moddasi

Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet davlatning qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi va 
chet davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda o‘ziga berilgan barcha huquqlardan, xalqaro 
huquqning umum tan olingan normalaridan, xalqaro urf-odatlardan to‘laqonli foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun choralar ko‘rishi shart. O‘zbekiston Respublikasining konsullik 
muassasalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik 
bo‘limlari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) ham O‘zbekiston 


Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash 
bo‘yicha choralar ko‘radi. 
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin