O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
fuqarolik

44-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani 
rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnoma doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy 
yashab turgan shaxs tomonidan esa konsullik muassasasiga topshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani 
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi so‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini 
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son
 qarori

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma; 
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat; 
davlat boji yoki konsullik yig‘imi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani 
rasmiylashtirish haqidagi so‘rovnomani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy 
muddati O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasiga 
talabnoma kiritilgan paytdan e’tiboran bir oyni tashkil etadi. So‘rovnomani ko‘rib chiqish jarayonida 
shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi tekshiriladi. 
Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma beriladi. 
45-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishni rasmiylashtirish 
masalalariga oid materiallarni tayyorlash
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish 
to‘g‘risidagi ariza doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga topshiriladi. Arizaga quyidagilar 
ilova qilinadi: 
so‘rovnoma; 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi
nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; 
arizachining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligi haqidagi ma’lumotnoma 
(o‘zgarishlar mavjud bo‘lsa); 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganligini va doimiy yashash 
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini yoki O‘zbeki ston Respublikasi hududida o‘n besh yil va undan 
ortiq yil davomida doimiy yashab kelayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar; 
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuniga 
asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-
y., 03/21/696/0553-son)
davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. 
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish 
to‘g‘risidagi arizani ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqishning umumiy muddati ariza 
topshirilgan kundan e’tiboran uch oyni tashkil etadi.
Ushbu Qonunning 
6-moddasida 
nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan taqdirda, fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va 
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar 
boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan xulosaga 
asosan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. 



Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin