Komissiyaning majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir
bo‘lganda vakolatlidir.
Komissiya majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan
ma’ruza qilishi mumkin.
Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik
ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a’zolarining ovozlari teng bo‘lib qolganda raislik qiluvchining
ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning
majlisida ishtirok etgan barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: