O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqish
tugatilgan taqdirda to‘langan davlat boji yoki konsullik yig‘imi qaytarib berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo‘yicha takroriy murojaat O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligi masalalariga oid materiallarni ko‘rib chiqishni tugatish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng
bir yil o‘tgach ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan qabul qilinadi. Ariza
beruvchiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yangi holatlar yuzaga kelgan
taqdirda, takroriy iltimosnoma ko‘rsatilgan muddatdan oldin ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: