O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va fuqaroligini tan



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
fuqarolik

8-bob. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash va fuqaroligini tan 
olish tartibi
43-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi ariza 
uning doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashayotgan shaxs tomonidan 
esa konsullik muassasasiga beriladi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini 
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son
 qarori

Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash shaxsning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash to‘g‘risidagi arizasi va arizaga ilova qilingan 
hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni aniqlash 
O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning vakolatli organi so‘rovi bo‘yicha ham amalga 
oshirilishi mumkin. 
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ariza beruvchida uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi 
hujjatlar mavjud bo‘lganda ariza beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki 
identifikatsiyalovchi kartasi yoxud O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini 
tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi. 
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Ariza beruvchida zarur hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, shuningdek ariza beruvchining 
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligiga nisbatan shubha paydo bo‘lganda ichki ishlar 
organi yoki konsullik muassasasi tekshiruv o‘tkazish uchun tegishli davlat organlariga so‘rovnoma 
yuboradi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha xulosa chiqariladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ushbu 
Qonun 
5
,
 6

13 — 16 
va 
32 — 36-moddalarining 
talablari buzilgan holda olinganligi fakti aniqlangan 
taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi ichki 
ishlar organining xulosasiga asosan olib qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti 
yoki identifikatsiyalovchi kartasi olib qo‘yilayotgan shaxs mazkur xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, 
u o‘zining O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi to‘g‘risidagi 
masalani hal etish uchun sudga murojaat qilishga haqli. 
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Ushbu moddaning 
to‘rtinchi
va 
beshinchi qismlarida 
ko‘rsatilgan xulosalar tegishincha 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahri va Toshkent viloyati ichki ishlar 


bosh boshqarmalari boshliqlari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan 
tasdiqlanadi. 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin