10-bob. Yakunlovchi qoidalar 50-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga
oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo‘linmalari zimmasiga, xorijda
yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari
zimmasiga yuklatiladi.
O‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki
undan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda ichki
ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
51-modda. Fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan hujjatlar Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu Qonunda belgilangan tartibda olgan
shaxsga quyidagi hujjatlar beriladi:
ichki
ishlar
organi
tomonidan
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining
identifikatsiyalovchi kartasi yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi
boshqa hujjat;
konsullik muassasasi tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish
uchun biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi
boshqa hujjat.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi
tugatilgan shaxsga ichki ishlar organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
beriladi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan,
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga
chiqib ketayotganida unga ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi
bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjati beriladi.
(51-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish ruxsat etilgan shaxsga, shu jumladan
bolaga O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
(51-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)