O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik qonunchiligi va xalqaro shartnomalar hamda bitimlar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

7-modda. Fuqarolik qonunchiligi va xalqaro shartnomalar hamda bitimlar


Agar xalqaro shartnomada yoki bitimda fuqarolik qonunchiligidagiga qaraganda
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
24-moddasi
, mazkur Kodeksning 
1 — 6-moddalari
,
70-bobi
 (1158 — 1167-moddalari).
2-BOB.
FUQAROLIK HUQUQ VA BURChLARINING VUJUDGA KELIShI. FUQAROLIK HUQUQLARINI
AMALGA OShIRISh VA HIMOYA QILISh
8-modda. Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek
fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin
fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquq hamda
burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi
qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa
bitimlardan;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
353 — 355

357

364 — 366-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi Pelnumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini
tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
1-2-bandlari
.
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda
tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
12

15

78

206-moddalari
.
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
9 — 11-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual
kodeksi 
249 — 251

257 — 259-moddalari
.
4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
81

182

1041 — 1048

1056-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 
3-moddasi
.
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
57-bobi
 (985 — 1004-moddalar).
7) asossiz boyib ketish natijasida;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
58-bobi
(1023 — 1030-moddalar), O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik protsessual kodeksi 
339–moddasi
.
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
Oldingi
 tahrirga qarang.
9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar
natijasida.
(8-modda ikkinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar, agar qonunda
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga bo‘lgan tegishli huquqlar ro‘yxatdan
o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
84

111

185

210

481-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin