21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
14-modda. Zararni qoplash Agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan
bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi
mumkin.
Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki
qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar),
shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida
olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan
shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan
miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi , 117-moddasi ikkinchi qismi , 122-moddasi to‘rtinchi qismi , 163-moddasi , 256-moddasi ikkinchi qismi , 385-moddasi to‘rtinchi qismi , 721-moddasi oltinchi qismi , 766 , 892 , 985 , 993 , 998 , 999 , 1003 , 1009 , 1012 , 1026 , 1107-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining 24.12.1998- yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasi uchinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi .