Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish,
o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning
9-bobida
nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama
bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu
Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning
234-
352-moddalari
) qo‘llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning
ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
354 — 363-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining
3-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: