O‘zbekiston respublikasining jinoyat-protsessual kodeksi


-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə72/143
tarix12.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#154505
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
22.09.1994 ЖПК

167-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish
Surishtiruvchi yoki tergovchi aloqa muassasasiga borib, ushlangan pochta-telegraf jo‘natmalarini xolislar ishtirokida, zarurat bo‘lganda esa, tegishli mutaxassis ishtirokida ochib, ko‘zdan kechiradi. Ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar topilgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi pochta-telegraf jo‘natmalarini olib qo‘yadi yoxud ulardan nusxa ko‘chirish bilan chegaralanadi. Agar ko‘zdan kechirilgan jo‘natmalarda ish uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar, hujjatlar, narsalar bo‘lmasa, surishtiruvchi, tergovchi ularni egalariga yetkazish yoki o‘zi belgilagan muddatgacha ushlab turish haqida ko‘rsatma beradi.
Ushlangan jo‘natmalar ko‘zdan kechirilgan har bir holda bayonnoma tuzilib, unda qaysi pochta-telegraf jo‘natmalari ko‘zdan kechirilganligi, nimalar olinganligi va nimalar egalariga yuborilishi, nimalar esa vaqtincha ushlab qolinishi kerakligi, qaysi jo‘natmalardan nusxalar olinganligi ko‘rsatilishi lozim. Bayonnoma ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
168-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yishni bekor qilish
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qo‘llashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qo‘yish chorasi bekor qilinishi lozim.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.
21-bob. TELEFONLAR VA BOShQA TELEKOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SO‘ZLAShUVLARNI EShITIB TURISh, ULAR ORQALI UZATILADIGAN AXBOROTNI OLISh

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin