Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qabul



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

232-modda. Soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qabul 
qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan 
shikoyat berish tartibi va muddatlari 
(1-q.)
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul 
qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat 
qilinayotgan soliq organi orqali beriladi. 
(2-q.)
Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan 
kundan eʼtiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga 
yuborishi shart. 
(3-q.)
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul 
qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi 
kerak boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin. 
(4-q.)
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib 
yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori 
turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin. 
233-modda. Shikoyatning shakli va mazmuni 
(1-q.)
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron 
shaklda yuborilishi mumkin. 
(2-q.)
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. 
(3-q.)
Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi: 
1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat 
berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili; 
2) soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati, mansabdor shaxsning 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat; 


3) soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjat, ustidan shikoyat 
berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi); 
4) shikoyat berayotgan shaxs oʻzining huquqlari qaysi asoslarga koʻra buzilgan deb 
hisoblasa, oʻsha asoslar; 
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari. 
(4-q.)
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida 
koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. 
(5-q.)
Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati, uning 
mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning 
vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini 
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
(6-q.)
Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova 
qilinishi mumkin. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin