O'zbekiston respublikasining yoqilg'i energetika majmuasi geografiyasi mundarija kirish I bob yoqilg’I – energetika sanoati haqida tushuncha va o’zbekistonda yog’ilg’i sanoatining tarmoqlari



Yüklə 127,36 Kb.
səhifə2/8
tarix27.12.2023
ölçüsü127,36 Kb.
#199885
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YOQILG\'I ENERGETIKA MAJMUASI GEOGRAFIYASI

Kurs ishining vazifalari:
-Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida sanoatning barqaror rivojlanishining nazariy uslubiy asoslari.
-Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yoqilg’i energetika sanoatning rivojlanish tendensiyasi.
- Yoqilg’i energetika sanoatning rivojlanishining O’zbekiston iqtisodiyotida tasirini o’rganish.
Kurs ishining maqsadi:
- Yoqilg’i energetika sanoatning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish asosida ushbu tarmoqni rivojlantirish va undan samarali foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
- O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqilg’i energetika sanoatning o‘rni tahlil qilish
- Yoqilg’i energetika sanoatning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish asosida ushbu tarmoqni rivojlantirish va undan samarali foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 6 bo`lim, 48 sahifa xulosa , foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati hamda jadval va rasmlardan iborat
I .BOB. YOQILG’I – ENERGETIKA SANOATI HAQIDA TUSHUNCHA VA O’ZBEKISTONDA YOG’ILG’I SANOATINING TARMOQLARI
1.1. YOQILG`I-ENERGETIKA MAJUINING TARKIBI, UNING ASOSIY XOMASHYOLARI VA YOQILG`I BALANSI.
Yoqilg’i-energetika majmui Respublikamiz xalq xo’jaligining bazaviy tarmog’i, iqtisodiyot va tehnika taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. YAIM iqtisodiy rayonlarni shakllanishida, sanoat markazlari va rayonlarini vujudga kelishida katta ahamiyat kasb etadi. Xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarini rivojlanishi YAIM ning holatiga bog’liq bo’ladi. Har qanday mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi u ishlab chiqarayotgan va iste’mol qilayotgan energiya miqdoriga ham bog’liq bo’ladi.
Yoqilg’i-energetika majmui og’ir sanoat tarkibiga kiradi. O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmui respublika yalpi sanoat mahsulotining 22 % ini ishlab chiqaradi. O’zbekistonda bu majmua tarmoqlari asosan yangi tashkil etilgan bo’lib, yuqori iqtisodiy samara bilan ishlaydi. Bu majmua asosan 2 guruhga bo’linadi:
1) Yoqilg’i sanoati;
2) Elektr energetika sanoati.
Turli yoqilg’i va energiya turlarini qazib olish hamda ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi sanoat tarmoqlari majmui yoqilg’i-energetika majmui deb ataladi. Yoqilg’i-energetika majmui xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport) va aholining kundalik xayoti uchun juda katta ahamiyatga ega.
Yoqilg’i-energetika majmui sanoatning bir tarmog’i bo’lsa ham u umumiqtisodiy ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ham ba’zan yoqilg’i-energetikani sanoat tarkibiga ham, boshqa tarmoqlarga ham qo’shmasdan “Xalq xo’jaligining energetika bazasi” deb alohida ajratishadi. O’zbekiston yoqilg’i-energetika resurslariga boy mamlakat. Ayniqsa, gaz va neft zaxiralari ulkan: 160 dan ortiq neft va gaz konlari mavjud. O’zbekistonda sanoat zaxiralariga ega bo’lgan 86 neft koni ochilgan. Ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neftgaz va gazoneft, 26 tasi neftgazqondensatli konlarga kiradi. Neft qazib chiqarish 63 konda amalga oshirilmoqda va neft hozirgi darajada qazib olinsa, neft zaxiralari Respublika ehtiyojlarini 30 yildan oshiqroq ta’minlaydi. Umumiy zaxiralari 185 mln.tonna bo’lgan 14 ta neft konida xozir razvedka ishlari olib borilmoqda.
O’zbekistonda tabiiy gaz zaxiralari 66 trln.metr kubga teng bo’lib, dunyo gaz zaxiralarining 1.3 foizini tashkil etadi va gaz zaxiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 14-o’rinda turadi. Respublikamizning asosiy gazga boy hududi Buxoro-Xiva regioni sanaladi. Bu yerda mamlakat gaz zaxiralarining 90 % i to’plangan. Gaz qazib olish 52 konda amalga oshirilmoqda (zaxiralari 3000 mlrd. metr kub) va 48 kon ishlatish uchun hozirlab qo’yilgan (umumiy zaxiralari 5000 mlrd.metr kub). Istiqbolli gaz kondensati zaxiralari 300 mln. tonnadan ortiq deb baxolanmoqda. Tabiiy gazni ham, gaz kondensatini ham asosiy prognoz zaxiralari Buxoro-Xiva va Surxondaryo regionlarida to’plangan. O’zbekistonda ko’mirning umumiy zaxiralari 2 mlrd.tonnaga teng. Hozirda 20 ga yaqin joyda ko’mir borligi ma’lum. Agar hozirgi darajada ko’mir qazib chiqarish davom etsa, mavjud zaxiralar 120 yilga yetadi. Istiqbolli ko’mir zaxiralari Surxondaryo viloyatida mavjud.
O’zbekiston energiya resurslariga ham boy mamalakat. Uning sharqi va janubidagi tog’li hududlar gidroresurslarga boy bo’lsa, ko’plab yoqilg’i resurslari issiqlik energiyasi uchun manba bo’ladi. Quyosh energiyasidan, geotermal energiyadan va kelajakda atom energetikasidan foydalanish imkoniyatlari katta (O’zbekiston uran zaxirasi bo’yicha dunyoda 7-8 o’rinni egallab turibti). O’zbekiston seysmik jihatdan o’ta faol davlat bo’lganligidan atom energetikasini barpo etish, uning xom ashyolaridan foydalanish o’ta ehtiyotkorlikni talab etadi.
Turli yoqilg’ilarni taqqoslash uchun ular shartli yoqilg’iga aylantiriladi. Shartli yoqilg’i deb 1 kg yoqilg’i yonganda 7000 KL WT energiya beradigan, issiqlik koeffitsiyenti 1 deb kabul qilingan yoqilg’iga aytiladi. 1 kg shartli yoqilg’i 2 kl Vt elektr energiyasiga teng deb ham olinadi. Neft va tabiiy gazning issiqlik koeffitsiyenti 1,5 ga, toshko’mirniki 1,0 ga, qo’ng’ir ko’mirniki 0,43 ga va o’tinniki 0.40 ga teng. Shuni ham bilish muhimki, neft va gaz sanoatidagi kapital xarajatlari ko’mir sanoatidagiga qaraganda 3 barobar kam, neft qazib chiqarish tannarxi ko’mir tannarxidan 3-4 barobar, gaz qazib chiqarish tannarxi esa 10-15 hissa pastdir.
Yoqilg‘i sanoati-har xil yoqilg‘i turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band bo‘lgan sanoat tarmoqlari majmuidan iborat. Uning tarkibiga neft, gaz va ko‘mir sanoatlari kiradi. Bu sanoat ham xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari singari aholining kundalik hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Mamlakat yoqilg‘i-energetika majmuasi Respublika yalpi sanoat mahsulotlarining 30%dan ortig‘ini ishlab chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda noyob yoqilg‘i-energetika resurslar kidirib toilgan gaz zahiralari 2 trln kub metrga yaqin, ko‘mir 2 mlrd tonnadan ortik. 160 dan ortik neft konlari mavjud...”.
Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trln AQSH dollaridan ziyod baholanmokda. O‘zbekiston yoqilg‘i va energetika balansi bo‘yicha ilg‘or mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu jarayon Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlanishiga juda katta imkoniyat yaratadi. Bu sanoat majmuasi ikki qismga - yoqilg‘i sanoati va elektr energiya sanoatiga bo‘linadi. Yoqilg‘i sanoati majmuasi o‘z navbatida gaz sanoati, neft sanoati va ko‘mir sanoatidan tarkib topgan.
1. Gaz sanoat
Bu tarmoq eng yosh va ahamiyatlidir. Tabiiy gaz xalq xo‘jaligining eng samarali yoqilg‘isi bo‘lib, u kimyo sanoatiga ham eng kimmatbaxo xom ashyo hamdir. Bu sanoat tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va sun’iy gaz tayyorlash va uning iste’molchilarga etkazishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda gaz sanoati tarkib topishi va rivojlanish tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum cho‘lida Setalontepa (Saltanattepa) hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956 yilning 17 oktyabrida Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. O‘zbekiston neft -gaz sanoatida yangi davr boshlandi.
Gaz sanoati O‘zbekistonda 1944-1945 yillarda vujudga keldi. Shu yillari Farg‘ona vodiysida neft konlarida neft bilan birga uchraydigan yuldosh gazdan sanoat shahar va qishloq aholisini ta’minlay boshladi. Asosan Andijon viloyatida gazdan 1941 yili boshlandi. Gazni Asaka - Andijon (12km), Asaka - Farg‘ona (81km) shaharlarga kuvur orkali gaz olib keltirildi. Ayniqsa SHo‘rton gaz konining o‘zlashtirilishi asosida Respublikada gaz ishlab chiqarish keskin ortdi. 1980 yilda 34,8 mlrd kubometr, 1990 yilda 40,8 mlrd kubometr, ayniqsa mustaqillikka erishgandan keyin yana ham ortdi. 1995 yilga kelib 48,6 mlrd kubometrga etdi. Hozir O‘zbekiston dunyoda yirik gaz ishlab chiqarish mamlakati bo‘lib, Rossiyadan va Turkiyadan keyingi o‘rinda turadi. Bu jarayonlar Buxoro-Xiva, Qashqadaryo gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir. Gazli, O‘rtabulok, Uchquduq,Jarqoq, keyinchalik yuqori istiqbolga ega bo‘lgan Muborak, SHo‘rtan konlari, katta zahiraga ega bo‘lgan Ko‘kdumaloq gaz konini ishga tushirish Respublikada gaz qazib chiqarish salmog‘ini oshirdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gaz sanoati taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan noyob inshootlar bunyod etildi. Ko‘qdumaloq neft -gaz kondensat koni o‘zlashtirildi. Bu yerda 1997 yil 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor stansiyasi ishga tushirildi. Ko‘kdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurildi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi to‘liq ta’mirlandi. O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va SHo‘rtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 25% elektr stansiyalariga, 10% tarmoqning o‘z texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunal-maishiy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan.
«O‘zbekneftgaz» milliy kompaniyasi jahonda tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha 11 o‘rinni egallaydi (yiliga 60-70 mlrd m³). uglevodorodli xom ashyoning 194 koni, shundan, gaz va kondensat 98 kon, neft-gaz, neft va neft-gaz kondensatli-96 kon mavjud. Energetikadagi yirik korporatsiyalar- CNPC (China National Petroleum Corporation), Petronas (Malaysia), KNOS (Korea), Gazprom, Lukoil, Uzbekneftgaz. Mamlakatimiz bo‘yicha neftning geologik zahirasi 5 mlrd tonna, tasdiqlangan zahirasi esa 530 mln tonna deb belgilangan. Bir yilda o‘rtacha 3-3,5 mln tonna neft qazib olinadi. Tabiiy gazning geologik zahirasi-5 trln m³ dan ortiq, aniqlangan zahirasi esa 3,4 trln m³.
2.Neft sanoat. Respublikaning eng to‘ng‘ich tarmoqlaridan biridir. Neft konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, qayta ishlash, neftni quvurlar orqali jo‘natishni o‘z ichiga oladi. Turkiston o‘lkasida sanoat asosida neft qazib olish XIX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. 1870-72 yillarda Farg‘ona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan. 1885 yili rus neftchisi D.P.Petrov Chimyon neft konida ikkita quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (xozirgi Xamza) temir yo‘l stansiyasidagi o‘zining shaxsiy kichik zavodida qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgan. Olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib Andijon, Toshkent, Ko‘qon paxta zavodlariga, moyjuvozlarga va axoliga sotilgan. Neft qoldiklari esa temir yo‘l transportida yoqilg‘i sifatida ishlatilgan. Hozirgi O‘zbekiston hududida 1913 yilda 13 ming t neft qazib olingan.
Oktabr to‘ntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho‘rolar hokimiyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Qo‘qonda «O‘zbekneft » (1924), Termizda «Termizneft » (1936) trestlari tashkil qilindi. Qo‘qon neft texnikumi (1935) ochildi. Urushgacha bo‘lgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940 yili mamlakatda neft olinadigan konlar soni 11 taga etkazildi. 1944-45 yillarda yangi neft konlari (Farg‘ona vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va ishga tushirildi. 1941 yili 196 ming t, 1945 yilda 478 ming t neft qazib olindi, 1959 yili Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming t dan ziyod neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib olish kamaydi. 1985 yili Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz kondensatli Ko‘kdumaloq koni ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992 yil 23 dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi tashkil etildi. 1995 yili O‘zbekistonda 7 mln t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991-2003 yillarda O‘zbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8 marta oshdi (1990 yil 2,81 mln. t; 1997 y 7,9 mln. t) va 1995 yili neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini ta’minlashga imkon yaratdi. 2001 yilning yanvariga kelib, O‘zbekistonda 70ta kondan neft olindi, 49 ta neft , gaz va gazkondensat koni esa foydalanishga tayyorlab qo‘yildi. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
Respublikada zahirasi sanoatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-goarbiy Hisor va Buxoro-Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona mintaqalarida joylashgan bo‘lib - Gazli, Muborak, Sho‘rtan, Ko‘kdumaloq, Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017 yili 806,0 ming tonna neft qazib olinib, 2016 yilga nisbatan 54,1 ming tonnaga kamaygan. Tabiiy gaz esa 56417,6 mln m3 ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 285,5 mln m3 ortiq.
3.Ko‘mir sanoati.
Ko‘mir sanoati-ko‘mirni qazib olish (ayrim hollarda boyitish, briketlash) va iste’molchilarga etqazib berish jarayonlarini uz ichiga oladi. Ko‘mir qazib olishning eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi. Keng miqyosda foydalanish va Ko‘mir sanoatining tarmoq sifatida vujudga kelishi XVIII asrning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu paytda qazib olingan ko‘mirdan Angliyada cho‘yan eritishda foydalana boshlandi. XIX asr dan boshlab ko‘mir transport sohasida keng ko‘lamda ishlatila boshlandi. XX asr boshlarida ko‘mir insoniyatning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 70% ini qondirgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkich 20-25% dan oshmaydi.
O‘rta Osiyodagi ko‘mir konlarini o‘zlashtirish XIX asrda, 1882 yilda Farg‘ona vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Sho‘rob ko‘mir konlari O‘rta Osiyodagi to‘ng‘ich ko‘mir konlaridir. Mamlakatimiz hududidan dastlabki ko‘mir qazib olish 1930 yillarning oxirida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron vodiysida Angren, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida ko‘mir konlari bor. Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida 1940-1948 yillardan buyon ochiq va yopiq usullarda ko‘mir qazib olinadi. 1941 yilda topilgan Sharg‘un konidan 1958 yildan buyon toshko‘mir qazib olinadi. 1961 yilda Angren ko‘mir konida yer osti gazogeneratorlarida ko‘mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida energetik gazga aylantiradigan “Yerostigaz” stansiyasi qurilgan.
Mamlakat xalq xo‘jaligining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji hamisha katta. Biroq, mavjud ko‘mir zahiralarining yildan-yilga kamayib ketishi ko‘mir qazib olish darajasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, mamlakatda 1990 yilda salkam 6,4 mln. tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, endilikda uning hajmi ikki marta pasayib ketdi. Angren va Yangi Angren GRESlaning to‘la ko‘mirga o‘tkazilishi bilan mamlakatning ko‘mirga bo‘lgan yillik ehtiyoji 8-9 mln. tonnaga etdi. Bunday ehtiyojni qondirish Boysun tumanida topilgan To‘da toshko‘mir konini ishga tushirishni taqozo qiladi. Mamlakatimizda 2016 yili 3867,3 ming tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, 2017 yili 4038,6 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarildi.
4.Elektr-energetika sanoati.
Elektrlashtirish sanoatni joylashtirishga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikki xil yo‘nalishda bo‘ladi. Odatda, elektr energiya katta masofaga uzatiladi bu esa mamlakatning uzoq regionlarida ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga bir xil yordam beradi. Bundan tashqari, muayyan joyda arzon energiyaning mavjud bo‘lishi energiyani ko‘p iste’mol qiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirishni taqozo qiladi. Elektr-energetika sanoatini joylashtirilishi va rivojlantirilishiga yoqilg‘i va gidro¬energetika resurslari geografiyasi, ishlab chiqarishdagi va elektr energiya etqazib berishdagi texnika taraqqiyoti hamda energiya iste’mol qiluvchilarning joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. Tovar shaklida mahsulot ishlab chiqarish bilan elektr energiyasi ishlab chiqarishning farqi shundaki, ikkinchisida uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunday holat esa, elektr stansiyalarining energiyani iste’mol qiluvchi rayonlar bilan aloqasini kuchaytiradi. Bu sanoat xo‘jalikning barcha tarmoqlarida va aholining kundalik turmushi uchun eng zarur manbadir. O‘zbekiston hududida dastlab elektr quvvatidan foydalanish XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Toshkentda dastlab ikkita elektr stansiya qurilgan. Ularning biri (quvvati 1450 kVt.) tramvayni tok bilan taminlash, ikkinchisi (quvvati 125 kVt) shaharni yoritish maqsadida qurilgan. 1913 yilda O‘zbekiston hududida umumiy quvvati 3 kVt. bo‘lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularnint yillik quvvati 3,3 mln. kVt. ga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonda dastlab elektr energiya olish va sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida daryo va kanallarga gidrostansiyalar qurildi. O‘zbekistonda GESlar qurish ishlari 1926 yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESini qurish bilan boshlandi. O‘sha davrda Bo‘zsuv GESi O‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti edi. Ikkinchi jahon urushigacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya, Bo‘rjar, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurildi. 1948 yilda Farxod GESi ishga tushirildi. So‘ngra Chirchiq-Bo‘zsuv suv tarmoqlarida, Shahrixonsoy va Namangansoy daryolarida, Darg‘om, Hazarbog‘, Qumqo‘rg‘on kanallarida qator GESlar qurildi. 1955 yilga kelib O‘zbekistonda hosil qilingan elektr kuvvatining 65 % GESlarga to‘g‘ri kelar edi.
Mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan extayojini GESlarga tayanib qondirishning afzalliklari juda ko‘p. Birinchidan, GESlarda elektr energiya¬si ishlab chiqarish ekologik holatni toza saqlaydi, ikkinchidan, yoqilg‘i resurslarini tejaydi. GESlar qurish natijasida vujudga kelgan suv omborlari esa yangi yerlarni sug‘orishga imkon yaratadi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizning boy gidroenergetika resurs¬larini to‘la o‘rganish va uni ishlab chiqarishga keng jalb etish katta ahamiyat kasb etadi. Bunday imkoniyatlar esa mamlakatimizning aksariyat viloyatlar daryolarida, magistral kanallarida mavjud. Keyinchalik O‘zbekiston Resublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi (va ayniqsa, elektr energiyani ko‘p istemol qiluvchi sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi), shaharlar soni va geografiyasining kengayishi mamlakatning bir qator viloyatlarida GES va IESlar qurishni taqozo qildi. Ayniqsa, yirik yoqilg‘i resurslariga ega bo‘lgan konlarning topilishi va ishga tushirilishi mamlakat energetika sanoatining tez rivojlanishiga olib keldi.
Mamlakat elektr-energetika sanoati 1960-1970 yillarda birinchi marta, 1970-1980 yillarda ikkinchi marta, 1980-1990 yillarda esa uchinchi marta o‘z taraqqiyot bosqichining yuksak ko‘rsatkichlariga erishdi. Shu davrlarda mamlakatda eng qudratli Toshkent (quvvati 1860 ming kvt.), Navoiy (1250 ming kvt.), Taxiatosh (730 ming kvt.), Sirdaryo (3,0 mln. kvt.), Angren (484 ming kvt.), Yangiangren (1,8 mln. kvt.) GRES gigantlari qurildi va ishga tushirildi. Mamlakat elektr energiya balansida suv resurslaridan foydalanish ham sezilarli darajada o‘sdi. Qator daryo va kanallarda hamda suv omborlarining to‘g‘onlarida yangi GESlar qurildi. Ular orasida respublikamizda eng yirik-Chorvoq GESini ko‘rsatish mumkin. Quvvati 620,5 ming kvt. bo‘lgan Chorvoq GESi¬ni qurish uchun balandligi 160 metrlik to‘g‘on va katta suv ombori barpo qilindi. 1980 yillarning boshida Chirchiq daryosida Xo‘jakent GESi (165 ming kvt.), keyinchalik Qoradaryoda Andijon GESi (110 ming kvt.), Amudaryoda Tuyamo‘yin GESi (70 ming kvt.), To‘polon suv omborida To‘polon GESi (50 ming kvt.) qurildi va h. k.
Mamlakatda issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud bo‘lgan elektrostansiyalarda o‘rnatilgan umumiy quvvat 1710 MVtni tashkil etadi, shundan 80-81% issiqlik, 14,7%i gidroelektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2000 yildagi 56,6 mln. kvt., 2002 yilga kelib 49,3 mlrd. kvt soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yili 54,2 mlrd. kvt soatga, 2017 yilda esa 60,092 mlrd. kvt soatga etdi. Mamlakat elektr-energetika sanoati 1995 yilda jami sanoat mahsulotining 14,8%ni tashkil etgan holda 2014 yili bu ko‘rsatkich 7,5%ni tashkil qildi. Bu birinchi navbatda mamlakatda elektr-energiya ishlab chiqarish salmog‘ining kamayishi bilan emas, balki boshqa sanoat tarmoqlari (masalan, mashinasozlik) ulushining ortishi bilan izohlanadi.
Respublikamizning qator rayonlarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning ko‘payishi va natijada energetika sanoatining rivojlanishi uning xalq xo‘jaligidagi salohiyatini oshirib yubordi. Ayni bir paytda energetika tizimlarini birlashtirish xalq xo‘jaligida elektr taminoti sifati va barqarorligini tubdan yaxshiladi, gidroresurslar va yoqilg‘idan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Endilikda mamlakatning qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuini elektrlashtirishda katta ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun barpo qilingan yuzlab yirik nasos stansiyalarini elektr energiyasi bilan taminlash qishloq xo‘jaligida elektr quvvatidan foydalanishga talabni oshirib yubordi.
O‘zbekiston energetika sanoatining istiqbollari katta. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda Toshkent (36,4 foiz) va Sirdaryo (28,5 foiz) viloyatlari nihoyat katta ulushni egallaydi. Shuningdek, Navoiy (13,7 foiz) viloyati va Qashqadaryo (12,4 foiz) viloyatlarining hissasi katta. Yuqorida sanab o‘tilgan 4 viloyat mamlakatda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 91%ni ta’minlaydi. Mustaqillik yillarida elektroenergetika sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, Qashqadaryo viloyatida yaqin vaqtgacha mazkur sanoat tarmog‘i deyarli yo‘q edi. 2004 yilda quvvati eng yuqori bo‘lgan Tollimarjon GRESi (3,2 mln. kvt.), Qoraqalpog‘iston va Xiva GRESlari va boshqa elektr stansiyalari qurildi. Hozirgi vaqtda respublikaning eng yirik IESlariga Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy, Tollimarjon IESlarini kiritish mumkin.



Yüklə 127,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin