O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə129/171
tarix07.01.2024
ölçüsü2,2 Mb.
#203584
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171
BIZNESNI Vobkent pedagogika

Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o`zi so`ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy so`zdir. U butun dunyo bo`yicha tarqalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O`zbek tilida esa biznes so`zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O`zbekcha so`z xorijiy so`zga to`g`ri keladi, lekin unga qo`shimcha ma'no xam beradi. Bu so`zlarni ortida `ish` ya'ni ish bilan shug`ullanish yoki korxona tashkil qilish yetadi. Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do`koni, xizmat ko`rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va x.k.).
Demak, biznes bu yo`q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko`rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o`z ishining fidoiysi, bilimdonidir.
Tadbirkorlik uchun o`qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir o`qishi, izlanishda bo`lishi kerak.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo`yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
`Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida`gi O`zbekiston Respublikasi Qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta'rif berilgan: `Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari tomonidan qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat` .
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub'yekti kim bo`lishi mumkin. Qonunchilikka muvofik balog`at yoshiga yetgan xar bir fukaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`z ixtiyer etgan qonunga zid bo`lmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin