Movarounnahr tomon yurishlar. Arablar Movarounnahrga
dastlab uni bosib olish uchun emas, balki Islom dinini yoyish
jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni si
nash
maqsadida yurish qiladilar. Movarounnahrga ilk bor hujum-
lar
654-yil da
Maymurg‘ va
667-yil da
Chag‘oniyon dan bosh-
lanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm arablar
tomo nidan ikki marotaba talon-toroj etilgan.
Narshaxiy ning yozishicha, 673-yilning kuzida xalifa
Muo- viya I (661–680) farmoni bilan
Ubaydulloh ibn Ziyod Amu-
daryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi.
Poy- kand va
Romiton ni egallab, Buxoro hukmdori qo‘shinlarini
yen gadi va o‘z foydasiga sulh tuzib,
bir lak (yuz ming) dirham
hajmida tovon undiradi. Tovondan tashqari arablar to‘rt ming
asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlardan iborat
ko‘p o‘ljalar bilan Marvga qaytadilar. Yo‘l-yo‘lakay arablar
Termiz shahrini egallaydilar.
VIII asr boshlari da arablar Movaroun nahr hududini to‘liq
bosib olishga kiri
shadilar. Xuro
songa noib qilib tayinlangan
Qutayba ibn Muslim arablarning Movaroun
nahrga harbiy
yurishiga boshchilik qiladi.
Qutayba har biy yurishni
705-yil da
Balx viloyati atrofl arini zabt etishdan boshlaydi. Tez ora da
* Arab xalifaligi – barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.) ning o‘rinbosarlari (xalifalar) qo‘lida to‘plangan davlat (632–1258). Unda Ummaviylar (661–750) va Abbosiylar (750–1258) sulolalari hukmronlik qilgan.