O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Temur Malik jasorati.
 
Xo‘jand 
shahri Sirdaryo ikkiga 
ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda 
shahar hokimi 
Temur Malik
ning qahramonligi bilan xo‘jand-
liklar mo‘g‘ullarga kutilmagan qarshilikni ko‘rsatadilar. Xo‘jand 
shahri himoyachilari 
Temur Malik
boshchiligida qariyb 
bir oy
davomida o‘z shahrini mudofaa qiladilar. Oxiri ilojsiz qolganda 
o‘t ichida qolgan shahar qal’asini ming nafarga yaqin bahodir 
tark etib, 
Temur Malik
bilan Sirdaryo o‘rtasidagi orolda 
joylashib olib, dushman bilan mardlarcha olishdilar. Nihoyat, 
maxsus kemalar yasab, daryo oqimi bo‘ylab, Xorazm tomon 
suzib ketdilar. Yo‘l-yo‘lakay dushman bilan jang qildilar.
Xalq qahramoni 
Temur Malik
ning bundan keyingi vatan-
parvarlik jasorati Xorazm va ona yurtining boshqa hududlarini 
himoya qiluvchilar safida kechdi. 
Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo 
vodiy lari, Amudaryo (Jayhun) o‘rta oqimining o‘ng sohili dagi 
viloyatlar zabt etilgach, 
Chingizxon
asosiy kuchni Xorazm-
shohlar davlatining markaziy qismi – Xorazmga tashlaydi.
Urganch qamali
.
1221-yilning boshlari
da Chingizxon 
qo‘ shin larining Urganchga yurishi boshlandi. Xorazmshohlar 
poytaxtida xorazmliklarning 110000 nafar qo‘shini turardi. 


69
Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining 
ustunligiga qaramay o‘z ona shahrini 
yetti oy 
mudofaa qiladilar. 
Bu janglarda zamonining buyuk allomasi shayx 
Najmiddin 
Kubro 
nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli 
Ahmad ibn 
Umar Xivaqiy 
o‘z do‘st-u shogirdlari va izdoshlari bilan 
ishtirok etadi. U o‘z muridlarini yovga qarshi kurashga ilhom-
lantirib turdi. 
Najmiddin Kubro
ning iltijo bilan 
“Yo Vatan, 
yo sharofatli o‘lim” 
deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir 
mahalla, ko‘cha-ko‘y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har 
bir xonadon janggohga aylanadi. Ko‘cha janglarida minglab 
mo‘g‘ul askarlari halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar to shu paytgacha 
Movarounnahrning hech bir shah 
rida bunchalik qurbon 
bermagan edilar. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin