Chingizxon Najmiddin Kubro ga ahli a’yonlari, barcha
yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni
taklif etgan. Ammo shayx
Chingizxon taklifini rad qilib,
“Shu tuproqda tug‘ilibmiz, shu tuproqda o‘lamiz!” degan
ekan. Oqibat son jihatidan teng bo‘lmagan dushman bilan
olib borilgan shiddatli jangda og‘ir yaralangan
Najmiddin Kubro o‘lim oldida tig‘ tutgan mo‘g‘ul sarboziga tashlanib,
qahramonlarcha halok bo‘ladi. Jangchi mo‘gullar jonsiz shayx
qo‘lidan bayroqni tortib ololmaydilar.
Mo‘g‘ullar hiyla ishlatib ham ko‘rdilar. Bir cho‘ponga
100-150 qo‘y, echki berib, shahar darvozasi yonidan haydab
o‘tishni buyuradilar. O‘zlari pistirmada turadilar. Och qolgan
aholi darvozadan chiqib suruv ketidan quvib ketadilar.
Shahardan ancha uzoqlashib qolganlarida mo‘g‘ullar ularga
hujum qiladilar. Ko‘plab odamlar qatl etildi. Mo‘g‘ullar qolgan
aholini quvib kelib shaharga kirib jang qiladilar. Biroq shahar
himoyachilari mo‘g‘ullarni shahardan haydab chiqarishga
muvaffaq bo‘ladilar. Keyinchalik ilojsizlikdan holi tang bo‘lib,
taslim bo‘lgan
Urganch bosqinchilar tomonidan talon-toroj
qilinadi. Yuz ming nafar san’at, hunar arboblarini, yosh bolalar
va ayollarni ajratib olib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natadilar. Qolgan
xalqni shahardan haydab chiqib, askarlarga 24 nafardan bo‘lib
berdilar. Mo‘g‘ul jangchilari yuz ming nafardan ziyod edi.
70
Shaharning bosh ihota to‘g‘oni buzib yuboriladi. Urganchni
suv bosib vayron bo‘ladi.
1. Xorazmshoh nima uchun mudofaa rejasini ma’qul topdi? U
qanday reja edi?
2. Siz Muhammad Xorazmshoh tutgan yo‘lni qanday baho-
laysiz?