O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


-yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif”



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

1004-yilda shakllangan “Dor ul-hikma va maorif” 
(“Bilim donlik va maorif uyi”) – “Ma’mun akademiyasi”ning 
asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr–1034), Abulxayr ibn 
Ham mor (991–1048), Abu Sahl Masihiy (970–1011), Abu 
Rayhon Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–1037) 
va boshqalar tashkil etgan.
1017-yil Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan 
so‘ng “Dor ul-hikma va maorif”ning faoliyati tugatilgan, olim -
larning ko‘pchiligi G‘azna shahriga majburan olib ketilgan.
1997-yil 11-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
den tining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tash 
kil 
etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi. 2006-yil kuzida Respub-
li ka mizda “Xorazm Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi 
nishonlandi.
2014-yil may oyida Samarqand shahrida o‘rta asrlarda 
Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va muta-
fakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va 
anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va 
roliga baho berish maqsadida “O‘rta asrlar Sharq allomalari 
va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivi­
lizatsiya rivojidagi roli va aha 
miyati” mavzusida
 
xalqaro 
konferensiya o‘tkazildi. Unda el 
likka yaqin mamlakatlardan 
tashrif buyurgan vakillar ishtirok etdi. Konferensiya yakunida 
te gishli hujjatlar qabul qilindi.
Abu Nasr Farobiy.
 
Abu Nasr Farobiy (873–950) Aris 
suvining Sirdaryoga quyi 
lishida joylashgan Farob shahrida 
tug‘il gan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samar qand, Buxoro 
va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxir 
larida Halab va 
Damashq shaharlarida yasha gan. 


95
Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, 
musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, 
tar biyashunoslik va ada biyot sohalarida 
ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, 
o‘r 
ta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan 
hissa qo‘shdi. Bular ora sida “Arastuning 
“Metafizika”­ asariga­ sharh”,­ “Musiqa­
kitobi”, “Baxt­saodatga erishuv haqida”, 
“Tirik mavjudot a’zo lari haqida”, “Fozil 
odamlar shahri” va boshqa ko‘pgina 
asarlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Olimning ilm-fan oldi 
dagi xizmatlaridan biri uning yunon 
mutafakkirlari asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g‘oyalar 
bilan boyitganligidir. U o‘rta asrlarda mukammal hisoblangan 
ilmlar tasnifini yaratdi.
Farobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar 
bit ganligi va jahonga targ‘ib qilgani hamda zamonasining ilm -
larini puxta o‘zlashtirib, fanlar ri 
vo 
jiga ul 
kan hissa qo‘shgani 
uchun Sharq da Aras tudan (Aristotel) keyingi yirik mu ta fakkir – 
“Muallim us­soniy” va Sharq Arastusi” nomlari bilan shuh rat 
top di. Ba’zi tarixiy manbalarda kelti rilishicha, Farobiy 70 dan 
ortiq tilni bilgan.
Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida 
emas, balki Yev ro pada ham tarqaldi va ijtimoiy-fal sa fiy fikr 
taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘r satdi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin