56
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi.
992-yilda
Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga
hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur
ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi.
Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar.
Nuh
ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘azna-
dagi noibi
Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U
yigirma
ming kishilik qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi.
Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar
noibi qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga
Nuh Sobuq-
teginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va
Xurosonda
Sobuqtegin va o‘g‘li
Mahmudning siyosiy hukm-
ronligi mustahkamlanadi.
996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr
tomon yana hujum
boshlaydilar. Shunday og‘ir bir sharoitda xiyonat ro‘y beradi.
Ya’ni
Sobuqtegin qo‘shini Buxoroni egallaydi. So‘ngra u
qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular
o‘rtasida
shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi
qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi.
Sobuqtegin esa Amudaryodan
janubdagi yerlarga, shu
jumladan, Xurosonda hukmdor bo‘lib
oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina
beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay,
999-yilda
Buxoroning
Dostları ilə paylaş: