O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


“Tarxon” yorlig‘i haqida gapirib bering.  Yuqoridagi mavzu asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

8. “Tarxon” yorlig‘i haqida gapirib bering. 
Yuqoridagi mavzu asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring. 
Hunarmand-
chilikning 
turlari
Savdo 
aloqalari
Yer egaligi
Soliq 
turlari
AMIR TEMUR DAVLATI XARITASI


146
VI B O B. XIV–XV ASRLARDA FAN VA 
MADANIYATNING ZAMONAVIY SIVILIZATSIYA 
RIVOJIDAGI ROLI VA AHAMIYATI
39-§. TA’LIM TIZIMI
Tayanch tushunchalar: Madrasai umumiy, Madrasai oliya.
Madrasalar faoliyati.
 
Temur va temuriylar davrida mad-
rasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. 
Mo 
va 
rounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand 
shaxs larning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor 
edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonun-
shu noslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya 
(handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, 
she’ riyat (ilmi aruz), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) 
o‘qi tilgan. Madrasada eng yetuk mutaxassislar dars berishgan. 
Ular ga alohida ish haqi to‘lanar edi. 
1404-yilda Saroymulkxonim Samarqandda shunday madrasa 
qurdirgan ediki, u o‘z hashamati bilan o‘sha davrdagi boshqa 
inshootlardan ajralib turardi. Unda o‘z davrining mashhur 
olim lari mudarrislik qilganlar.
Hirot hududining o‘zidagina 36 ta madrasa bo‘lib, bu mad-
rasalarda va shu hududda joylashgan xonaqohlarda ta’lim olish 
uchun turli mamlakatlardan talabalar kelar edilar. 
Hirot tevaragida joylashgan amir Feruzshoh madrasasi va 
xonaqohi ayniqsa shuhrat qozongan edi. Injil anhori bo‘yida 
joylashgan Ixlosiya madrasasi va Xalosiya xonaqohi Husayn 
Boyqaro hukmronligi davrida barpo qilingan. 
O‘qitish tanlov asosida olib borilib, har oylik tanlovda 
bo‘sh talabalar tushirib qoldirilib, o‘qishni faqat kuchlilar 
davom ettirishgan.
Ulug‘bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda 
Samarqandda, 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar qad ko‘ta-
radi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga “Bilim olish har 
bir musulmon ayol va erkakning burchidir”, degan xitobnoma 
o‘yib yozib qo‘yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy 


147
shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan, Samarqand 
madrasasi zamonasining dorilfununi edi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin