76
Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi.
Tabriz
va
G‘azna ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi. Ozarbayjon
aholisi Xorazmshoh qiyofasida o‘zini gurjilar zo‘ravonligidan
ozod etuvchi xaloskorni ko‘rdi. Gurjilar ko‘pdan beri Ozar-
bayjonni talar, ularga qarshi turadigan kuch topilmas edi.
endi
Ozarbayjon xalqi Jaloliddin siymosida qudratli kuchga
ega bo‘lgan edi. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjon harbiy
yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o‘lkani
o‘z davlatining markazi sifatida tanlaydi.
Tabriz shahrini
yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Ozarbayjon
egallangach,
Jaloliddin Manguberdi o‘z qo‘-
shi
nini Gurjiston tomon boshlaydi.
1225-yil avgustda
Garni
qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor
keltiradi va Tiflisga qarab yuradi.
1226-yilda Gurjiston to‘liq
egallanadi.
Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh
qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: