«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


- MA’RUZA.MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə11/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Ma\'ruza matin

3- MA’RUZA.MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.


Reja:
1.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
2.O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar.
3.Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
4.Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.


1.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.

1985 yil aprel plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qilindi.


Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to‘planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi.
Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo‘lingan edi.
Ulardan birinchisi 1985-1987 yillar bo‘lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o‘z ichiga olgan. Biroq, qayta qurish o‘zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat:
1.Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo‘q edi.
2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi.
3.M.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi. Sotsializmga xos mulkiy munosabatlar, ijtimoiy sohadagi siyosat, yakkapartiyaviy rahbarlik, mustabid boshqaruv usuli hech qachon demokratiya bilan kelisha olmas edi. Bir so‘z bilan aytganda, qayta qurish mustaqillikka intilishni yanada tezlashtiruvchi omil bo‘ldi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O‘zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo‘lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi.
1989 yil oktyabrda “Davlat tili to‘g‘risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O‘zbek tilini o‘qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o‘zbek tilidagiadabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o‘quv yurtlarida o‘qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o‘zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo‘ldi. O‘zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o‘tkazish amaliyotini tugatdi.
I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O‘zbekiston Oliy Kengashida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to‘ldirdi va g‘oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. SHundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari intilayotgani uning yangi Ittifoq shartnomasini ishlab chiqish jarayoniga respublika manfaati nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar. Ular o‘z erlari, suvlari, o‘rmonlari va erosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga o‘zlari egalik qilolmas edi.
80-yillarning oxiri, 90-yillarning boshida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talabini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989yil 20sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz“, - degan edi.
Biroq, markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas,to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligi ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi.
1990yil bahorida Boltiq bo‘yidagi Latviya, Litva, estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildi. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSRga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenlik haqida deklaratsiya qabul qildilar.
Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada baxs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz – kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respublikalar – kuchli markaz“ der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi.
SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi.
1990yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar.
1990yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi.
SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi.Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz loyihasini qabul qilmadi. SHu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991yil fevral- mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi.
Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi.
Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi.
Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1991 yil 20 fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga „Ha“ deb javob berdilar.
Demak, o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1991 yil 12 martda bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: „Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi“,–degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.
1991 yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi.Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi.
Ishtirokchilar tomonidan „Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi.
Bu hujjat „9+1“ (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991- yil 3- iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan respublikalar o‘rtasida vakolatlar taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. SHu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma“ni imzolash 1991 yil 20avgust kuniga qoldirildi.
SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir „imkoniyat“ vujudga kelgandi.
Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rahbariyatining Bayonoti“da M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifasini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar.
BayonotdaPrezidentvakolatlarivitse-prezidentG.I.YAnaevgao‘tkazilganligi e’lonqilindi.Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi.
Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda sobiq Ittifoqda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi: O.D.Baklanov–SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov–SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S.Pavlov–SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo–SSSR ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev–SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov–SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T.YAzov–SSSR mudofaa vaziri, G.I.YAnaev–SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. SHu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi.
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtai nazarini bildirib, respublikada favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991 yil 20 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi.
Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1991 yil 20 avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz“.
Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“,–deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi. (Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991 yil, 21 avgust soni.)
1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi.
Farmonda SSSR da favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19 21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi.Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi.
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.I.A.Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlar sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi.
Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A.Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.
1991 yil 28avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati „Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991 yil 31 avgust kuni chaqirish haqida qaror“ qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi.
1991yil28avgustkuniO‘zbekistonKompartiyasiMQvaMarkaziynazoratkomissiyasiningqo‘shmaplenumibo‘libo‘tdi.PlenumdaPrezidentI.A.Karimovningmamlakatda19–21 avgustkunlarisodirbo‘lganvoqealarvarespublikapartiyatashkilotlariningvazifalarito‘g‘risidagiaxborotitinglandivamuhokamaqilindi.
PlenumRespublikaKompartiyasiniKPSSMQbilanharqandayaloqalarnito‘xtatishga,KPSSningbarchatuzilmalaridanchiqishga,uningmarkaziyorganlaridagio‘zvakillarinichaqiribolishgaqarorqildi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin