3. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. XX asrning 80-yillari oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. O‘zbek xalqining dilidagi g‘oya — mustaqillik g‘oyasi edi, xalq mana shu g‘oyani ko‘tardi. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy insonniing O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O‘zbekistonnng Davlat tili haqida Qonun qabul qildi.
Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib etdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar er olishdi.
O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga etolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib keldi. 1989-2000 yillar mobaynida don etishtirish 2,5 baravar o‘sib, don bo‘yicha chetga qaramlikdan qutulgan ekanmiz, bu muvaffaqiyatga erishishimizda tomorqachilarning ham munosib hissasi bor. YAna qator mahsulotlar ishlab chiqarishda ham tomorqachilarning ulushi katta. Masalan, shu davrda kartoshka ishlab chiqarish, meva, sut mahsulotlari etishtirishda ham ijobiy o‘sishlarga erishildi. Mazkur mahsulotlarning asosiy qismi tomorqadan olinishi hech kim uchun sir emas.
SHuningdek, o‘sha vaqtda hali ham «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» kabi uydirmalar bilan o‘zbek xalqi nafsoniyatiga tegishi davom etardi. O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri O‘zKP Markaziy Komitetining 1989 yil 25 noyabrdagi XVIII plenumida O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Oliy Kengashning XI sessiyasi O‘zbekistonning davlat tili haqidagi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonunnng qabul qilinishi o‘zbek xalqining, respublikamizda yashovchi boshqa xalqlarning madaniy-ma’naviy va siyosiy hayotida ro‘y bergan g‘oyat muhim voqea bo‘ldi.
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A.Karimovning siyosati bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990 yil 24 martida bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik lavozimi joriy etildi. Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili yotadi. SHuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.