O‘zbekiston tarixi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə10/18
tarix19.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#145327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Ўзбекистон тарихи-2005 академия

Industrlashtirish sanoatni, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirish ma’nosini bildiradi. Umuman olganda, sanoatlashtirish, har qanday davlatning, jumladan O‘zbekistonning ham taraqqiyotini belgilaydigan soha ekanligi aniq. Boz ustiga, o‘sha paytda Ittifoq G‘arb mamlakatlaridan birmuncha orqada qolib ketgan edi. Shuning uchun sanoatlashtirish siyosatining kun tartibiga qo‘yilishini obyektiv zarurat deyish ham mumkin. Lekin masalaning mohiyatini sanoatlashtirish qay tartibda, qanday muddatda, qanday manbalar hisobiga amalga oshirilishi va O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olish-olmasligiga doir muammolar belgilaydi. Agar ana shu muammolar inobatga olinsa, sho‘rolar davrida hayotga tatbiq qilingan siyosat O‘zbekistonning mutanosib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi ma’lum bo‘lib qoladi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ldi:

  1. umuman, ishlab chiqarishni tashkil qilishda, jumladan sanoatlashtirishda iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Ularni e’tiborga olmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, biron-bir hali pishib yetilmagan bosqichni sakrab o‘tish mumkin emas. Shu nuqtai nazardan, sobiq SSSRni sanoatlashtirish borasida rivojlangan G‘arb mamlakatlari 40-50 yilda qo‘lga kiritgan ko‘rsatkichlarga 4-5 yilda erishish mumkinligi haqidagi g‘oya asosida ehtirosga berilib belgilangan rejalar nafaqat bajarilmadi, balki samarasizlikning namunasi bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekiston sanoati 1933 yilda ishlab chiqarish rejasini 72 % ga bajardi, mahsulot tannarxi og‘ir sanoatda 30 % ga oshdi, ko‘p korxonalar yilning 30­40 % davomida ishlamay turdi, F. Xo‘jayev nomidagi poyafzal fabrikasi mahsulotining - 30 %, Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi mahsulotining - 40 % yaroqsiz (brak) deb topildi2. Buni «zo‘riqish» kasalligi desa ham bo‘ladi, ya’ni imkoniyat va reja mos kelmasa, nafaqat ko‘zda tutilgan natijaga erishilmaydi, balki inqiroziy vaziyat yuzaga keladi;

  2. sanoatni o‘ta tezkor odimlar bilan rivojlantirishda davlatning moddiy imkoniyatlari yetarli emasligini inobatga olmaslik jamiyatda ijtimoiy tanglikka olib keldi. Sanoat korxonalarining qurilishi uchun mablag‘, asosan, qishloq mehnatkashlarini qaqshatqich ekspluatatsiya qilish va aholining turmush darajasini o‘ta past darajada ushlab turish hisobiga jamlandi. Natijada aholini kishi boshiga oziq-ovqat bilan ta’minlash 1940 yilning boshlarida ham 1924 yilga nisbatan 10-15 % kamroq bo‘lgan3. Oziq-ovqat mahsulotlarini kartochka asosida taqsimlash 1937 yil oxirlaridagina bekor qilindi. 1932-1933 yillarda sobiq Ittifoq, jumladan O‘zbekiston hududlarida hukmronlik qilgan ochlik tufayli millionlab odamlarning qirilib ketishi bolsheviklar sanoatlashtirish siyosatining mudhish oqibatlari deb qaralmog‘i lozim;

  3. sanoatni, birinchi navbatda, og‘ir sanoatni rivojlantirishdan, eng avvalo, siyosiy maqsadlar, ya’ni davlatning harbiy qudratini mustahkamlash ko‘zlandi. To‘g‘ri, bu haqda har qanday davlat ham g‘amxo‘rlik qilishi zarur. Lekin bu o‘rinda gap davlatning mudofaa qobiliyatini yetarli darajada mustahkamlash xususida emas, balki harbiy qudratni butun dunyoda sotsialistik tuzum, umumjahon sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat qiladigan darajaga ko‘tarish to‘g‘risida ketyapti. Sovetlar o‘zini butun jahonga muxolif sifatida qo‘yayotgan bir davrda, tabiiyki, harbiy sanoatning asosi bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarining o‘zini ishlab chiqarishsiz ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasdi. Ushbu yo‘nalish, ya’ni og‘ir sanoatni rivojlantirishga ustunlik berish ishlab chiqarishning bir tomonlama rivojlanishiga olib keldi. Natijada iste’molni qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar Sovetlar davrida faqat ikkinchi darajali bo‘lib qolaverdi;

  4. sobiq Ittifoq sanoatni rivojlantirish masalasida faqat davlatning ichki imkoniyatlaridan foydalanish prinsipiga amal qildi, chunki siyosiy manfaatlarga ustun ahamiyat bergan davlat butunjahon iqtisodiy hamjamiyatiga qarshi turishga majbur bo‘ldi. Oqibatda davlat jahonning ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. SSSRda umuman ilmiy texnika taraqqiyoti bo‘lmadi, deya olmaymiz. Lekin erishilgan natijalar kamroq yo‘qotishlar orqali qiyinchiliklarsiz, qurbonlarsiz, xalqning boshiga tushgan azob-uqubatlarsiz ham qo‘lga kiritilishi mumkin edi;

  5. sanoat ishlab chiqarishini haddan tashqari ixtisoslashtirish O‘zbekistonning markazga qaramligini kuchaytirdi. Respublikada qurilgan korxonalar asosan xomashyo ishlab chiqarish va unga dastlabki ishlov berishga, Ittifoqning rivojlangan mintaqalaridan keltirilgan tayyor agregatlardan zarur texnikani yig‘ishga moslashtirildi.

Umuman olganda, bolsheviklar yuritgan sanoatlashtirish siyosatining bosh g‘oyasini davlatning kuch-qudratini, birinchi navbatda, harbiy qudratini butun dunyoda Sovetlar hokimiyatini o‘rnatishga xizmat qiladigan darajaga yetkazish tashkil etardi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin