Каримов И. А. Бунёдкорлик йулидан. Т. 4. — Т., 1996. — 295-б.
siyosatning mustamlaka hudud aholisining manfaatlari bilan hisoblashmasligi, sotsializm deb atalmish ijtimoiy tuzumning jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi ichki mexanizmi shakllanmaganligi tufayli SSSR davlatining o‘zi barbod bo‘ldi. Tobe bo‘lgan milliy respublikalarning mustaqilligiga yo‘l ochildi.
O‘zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi va buning tarixiy ahamiyati
Sobiq Ittifoq hokimiyatida avgust voqealari munosabat bilan yuzaga kelgan parokandalik uning vaziyatni tuzatishga layoqatsizligidan dalolat berdi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyati respublika xalqini muhofaza qilish borasida qat’iy harakatlar qilishga va shoshilinch choralar ko‘rishga majbur qildi. Shunday vaziyatda:
1991 yil 21 avgust kuni Prezident I. A. Karimovning GKCHP qarorlari O‘zbekiston uchun noqonuniy ekanligi haqidagi farmoni e’lon qilindi. Bu bilan markaziy hokimiyatning respublika ichki ishlariga aralashuviga chek qo‘yildi;
1991 yilning 25 avgust kuni har qanday davlat o‘zini o‘zi muhofaza qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarurligi nazarda tutilib, Prezident
A. Karimovning farmoni bilan Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga olindi. Ichki qo‘shinlar esa bevosita Prezidentga bo‘ysundirildi;
1991 yilning 28 avgustida O‘zbekiston Kompartiyasining plenumi KPSS Markaziy Komiteti bilan aloqalarini to‘xtatgani, uning barcha tashkilotlaridan chiqqanligi haqidagi qarorini e’lon qildi.
Bu choralarning ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda e’lon qilishiga mustahkam zamin tayyorladi. Nihoyat, 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi O‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Shu munosabat bilan Oliy Kengashning «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonotida shunday deyiladi:
« - o‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda hayotdagi o‘zgarishlarini e’tiborga olib;
xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib;
O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;
shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatni bayon etib;
millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;
mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi»1.
Respublika huquqiy maqomining o‘zgarishi, uning mustaqil davlatga aylanishi munosabati bilan amaldagi Konstitutsiyani qo‘llash borasida muammo yuzaga keldi. Shu bois ham, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunga konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. U yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi yaratilgunga qadar amalda bo‘ldi. Ushbu qonunda O‘zbekistonning davlat ramzlari - gerbi, bayrog‘i, madhiyasi yaratilishi lozimligi qayd etildi2.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tasdiqlovchi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi respublika xalqiga nima berdi, degan savolning qo‘yilishi, tabiiy. Chunki bugungi kungacha ongiga boqimandalik ruhiyati o‘rnashib qolgan ba’zi bir avom shaxslar o‘z manfaatlarining davlat tomonidan qondirilishini kutib, moddiy boyliklar o‘zidan o‘zi yaratilmasligi, ular sidqidildan qilingan halol mehnat tufayli jamg‘arilishini tushunmayaptilar. Shunday vaqtinchalik tushkunlik ko‘rinishlari zohir bo‘lishiga qaramay, mustaqillik e’lon qilinishining o‘zi ham O‘zbekiston xalqi uchun juda uzoq vaqt kutilgan oliy ne’mat, deyishga to‘la asos bor. Chunki mustaqillik tufayli:
dunyo xaritasida «O‘zbekiston» degan yangi mustaqil davlat paydo bo‘ldi va o‘zbek xalqining o‘z davlatchiligining tiklashdan iborat asriy orzu- umidi ro‘yobga chiqdi;
respublikada yashayotgan har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqidan kelib chiqib, o‘zining ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritish imkoni yaratildi;
O‘zbekiston xalqi respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi bo‘ldi;
O‘zbekiston o‘z hududidagi barcha tabiiy boyliklarga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi;
milliy, ma’naviy va tarixiy qadriyatlarni qayta tiklash va erkin rivojlantirish uchun sharoit yuzaga keldi;
jahondagi ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, inson manfaatlari va huquqlarining himoyasini ta’minlovchi huquqiy demokratik davlat qurish uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Xullas, O‘zbekiston xalqining ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy manfaatlari ustun ekanligi tan olinib, uning farovonligini ta’minlovchi barcha omillarni qo‘llash uchun sharoit yaratildi.
O‘zbekistonning mustaqilligi tom ma’noda o‘zbek xalqining ezgu niyatlarini aks ettiradi. Buni 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan referendum yana bir marta tasdiqladi. Referendumda shunday savol qo‘yildi: «O‘zbekiston fuqarosi sifatida sizning Oliy Kengash e’lon qilgan O‘zbekiston mustaqilligiga munosabatingiz qanday - qo‘llaysizmi-yo‘qmi? Bu savolga fuqarolarning 98,2 foizi ijobiy baho berib, mustaqilligimizni qo‘llab-quvvatladi»\ Shunday qilib, O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi.
yil 29 dekabrda I. A. Karimovning umumxalq tomonidan muqobillik asosida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylanishi O‘zbekiston hakiqatan ham demokratiya sari intilayotganligining ifodasi bo‘ldi. Bu siyosiy voqeaning tarixiy ahamiyati shundaki, o‘zbek xalqi 130 yillik mustamlakachilikdan keyin tarixda birinchi marta o‘zining davlat rahbarini erkin tanlov asosida sayladi. Saylov yakuniga ko‘ra, I. A. Karimov 86 foiz ovoz oldi. I. A. Karimovning Prezidentlik lavozimiga birinchi bosqichdayoq ko‘pchilik ovozi bilan saylanishi uning O‘zbekiston xalqi oldidagi xizmatlari, mustaqillik uchun kurashlarda fidokor va jasur rahbar bo‘lganligiga xalq javobining ifodasi desak, to‘g‘ri bo‘ladi. O‘z navbatida, Prezident ham lavozimga kirishayotib: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman»1, - deb Oliy Majlisning yig‘ilishida xalq ishonchiga javob berdi.
O‘zbekistonning mustaqillikni e’lon qilishi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘ldi. Ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar respublika mustaqilligini xursandlik bilan qabul qildilar va buni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas, O‘zbekiston BMTning teng huquqli a’zosiga aylandi. Uning davlat mustaqilligini dunyoning 120 dan ortiq mamlakati rasman tan oldi. Ularning 45 tasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Olmoniya, Fransiya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston kabi nufuzli davlatlarning elchixonalari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Xelsinki shartnomasiga imzo chekdi va Yevropa bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishi uchun yo‘l ochdi.
O‘zbekiston Turkiy a, Eron va Pokiston davlatlari tomonidan tashkil etilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘ldi. Turkiya, Xitoy, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy va madaniy hamkorlik haqidagi bitimlar tuzildi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning xalqaro nufuzi oshib borishini I. A. Karimov quyidagicha izohlaydi: «Birinchidan, biz dastlabki kunlardanoq mustaqil ravishda tashqi siyosat yurita boshladik. Tinchlik va hamjihatlik prinsiplarini olg‘a surdik. O‘zbekiston iqtisodiy va ma’naviy salohiyati buyuk davlat ekanini anglatib turdik va bu haqiqatni amalda namoyon eta boshladik.
Ikkinchidan, biz tashqi siyosatni ichki siyosat bilan uzviy bog‘lashning uddasidan chiqdik. Mamlakat ichkarisida osoyishtalikni saqlashga erishdik»2.
Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki jahon hamjamiyati uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
14-ma’ruza
O‘ZBEKISTON HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURISH YO‘LIDA. FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING
BARPO ETILISHI
1. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning xususiyatlari
O‘zbekiston XX asrning so‘nggi o‘n yilligida mustaqillikka erishdi va o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Mustaqil suveren davlat deb e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishni, barcha fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishni, ularga huquq va erkinlik kafolatini berishni, shuningdek, xalq farovonligini oshirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining asl mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolar jamiyatini qurishdan iboratdir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish.
Fuqarolik jamiyatining asoslarini barpo etish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritib, I. A. Karimov shunday dedi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»1.
Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo qilish eski davlat tuzumini, birinchi navbatda, siyosiy tuzumni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotlarni amalga oshirishga kirishishda, avvalo, ikki muhim omilni hisobga olish kerak bo‘ldi: birinchisi - huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda jahon tajribasidan foydalanish; ikkinchisi - milliy davlatchilik va boshqa sohalarda xalqimizning asl merosiga tayanish.
Ayni paytda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan prinsiplarga amal qilinmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va amalga oshirishi;
davlat va jamiyat boshqaruvida qonunning ustunligi;
davlat asosiy organlarining say lab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi;
hokimiyatning taqsimlanishi;
ko‘ppartiyaviylik;
inson huquqlarining ustuvorligi;
inson va davlat manfaatlarining uyg‘unlashuvi va h.k.
Shuningdek, demokratik fuqarolik jamiyati qurishda xalqimizning asl merosi, respublika aholisining o‘ziga xos mentaliteti, ya’ni xususiy atlari hisobga olinmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
aholining ijtimoiy hayotida kollektivizmga intilish, sabr-toqatlilik, andishalilik, hamjihatlik g‘oyasi va jamoatchilik fikrining ustunligiga tayanuvchi «sharqona demokratiya qadriyatlarining mavjudligi»;
aholi asosiy qismining islom diniga e’tiqod qilishi va ko‘plab diniy konfessiyalarning mavjudligi;
respublika aholisining ko‘p millatliligi (100 dan ortiq millat va elatlar vakillarining yashashi);
respublika aholisining yakka partiya, yakka mafkura hukmronlik qilgan jamiyatda yashaganligi;
deyarli 130 yillik mustamlakachilik davrida aholi siyosiy faolligining pasayib ketganligi.
Respublikada demokratik fuqarolik jamiyati qurish borasida yuqorida qayd qilingan jahon tajribasi va millliy xususiyatlarimizning hammasi to‘liq hisobga olindi. O‘zbekistonda qurilayotgan huquqiy demokratik davlat bir qator prinsiplar va huquqiy normalar talablariga javob berishi kerak. Bular quyidagilardan iborat:
shaxs manfaatlari va huquqlarining ta’minlanishi;
Konstitutsiya va qonun ustunligining ta’minlanishi;
qonun oldida barchaning tengligi;
davlatning o‘zini o‘zi muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmga ega bo‘lishi;
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotning raqobat asosida tashkil qilinishi, hech bir sohada monopol hukmronlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
e’tiqod erkinligi va hurfikrlilikning hukmronligi.
Bu talablarni amalga oshirish borasida O‘zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirildi. Lekin demokratik davlatni barpo qilish - to‘xtovsiz jarayon. O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning xususiyatlaridan biri unda shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat qurish yo‘li tanlandi. Adolat va haqiqat g‘oyasi davlatimiz va qonunchilik faoliyatimizning bosh yo‘nalishi bo‘lmish demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Prezident I. A. Karimov demokratik odil jamiyat qurish to‘g‘risida shunday deydi: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. O‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan. U davlatchilik negizlarini belgilash, islomiy qoidalar va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz tariximizdagi ana shu jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat qura olmaymiz»1.
O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati qurilishining o‘ziga xos jixatlaridan yana biri «sharqona demokratiya»2 prinsiplarining qo‘llanila boshlashidir. U xalqimiz tomonidan katta ko‘tarinkilik bilan qabul qilindi. Sharqona demokratiya - milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‘larga hurmat, o‘zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuviga asoslanadigan faoliyatdir. Shuningdek, «sharqona demokratiya» siyosiy tartibsizliklar, boshboshdoqlikni xalqning milliy manfaatlariga zid deb qaraydi. Sharqona demokratiya siyosiy plyuralizm, alternativ jarayon, har bir shaxs yoki guruh manfaatlarini himoya qilishni o‘z faoliyatining eng asosiy qoidalaridan biri deb hisoblaydi.
Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, «Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. Ya’ni Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik fikrining ustuvorligi zaminida shakllanadi. Bizning mamlakatimizda demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilishi, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur»1.
Mustaqil O‘zbekistonda sharqona demokratiyani tiklash va hayotga tatbiq etish borasida katta ishlar bajarilmoqda. Chunki bizda «sharqona demokratiya»ning qadriyatlari demokratiya rivoji uchun ko‘proq qo‘l kelmoqda.
Buyuk taraqqiyot yo‘lidan borayotgan respublikamizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Fuqarolik jamiyati - hokimiyatning davlat organlari va boshqaruvidan tashqaridagi qism. Fuqarolik jamiyatining yetuklik darajasi - fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlariga birlashish darajasi, siyosiy va jamiyat tashkilotlarining ta’siri hamda taraqqiyot darajasi bilan ham belgilanadi. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasi taxminan ikki ming yillik tarixga ega. Uning yuzaga kelishi jamiyat haqidagi fanlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq»2.
Erkin demokratik fuqarolik jamiyati o‘zining bir qancha jihatlari bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatida inson, uning hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy va siyosiy manfaatlari, sha’ni, qadr-qimmati, erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi.
Fuqarolik jamiyatida shaxsning o‘z iqtisodiy va siyosiy turmushini erkin, ixtiyoriy asosda qurishi ta’minlanadi, umuminsoniy huquqlarga alohida e’tibor beriladi, davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi, kuchli davlat funksiyalari tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi. Shu bilan birga, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini bajarishlari, o‘z hududlaridagi ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o‘tkazishdagi faolliklari hozirgidan ko‘ra ancha kuchayadi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipi bo‘lgan ijtimoiy asoslarning davlat asoslaridan ustunligi Konstitutsiyamizning 2-moddasida quyidagicha aks ettirilgan: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar»3.
Fuqarolik jamiyati huquqiy demokratik davlatning negizi, bosh zaminidir. Uni «demokratiya», «qonunning ustunligi» va «inson huquqlari» kabi tushunchalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fuqarolik jamiyati - qonun, axloq- odob, insonparvarlik va adolat prinsiplariga hurmat bilan qaraladigan hur, demokratik, huquqiy, madaniy jamiyatdir, bu aralash iqtisodiyotli ko‘p ukladli bozor jamiyati, tashabbus asosidagi ishbilarmonlik jamiyati, turli qatlamlar manfaatlarining oqilona muvozanatidir.
Respublikamiz fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan jadal borayotganini mustaqillik yillarida amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, vujudga kelgan siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat tashkilotlarining faoliyati yaqqol ko‘rsatmoqda. Demak, oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda yangicha fikrlaydigan komil insonni shakllantirish zarur. Shundagina biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurishdek ulug‘ maqsadimizga erisha olamiz.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, ularning mohiyati va asosiy yo‘nalishlari
Huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiya va mamlakat Prezidenti I. A. Karimovning «O‘zbekiston kelajagi - buyuk davlat», «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida, Oliy Majlisning birinchi chaqiriq I va VI sessiyalarida «O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» nomli ma’ruza va nutqlarida aniq belgilab berildi.
Huquqiy davlatning asosiy belgisi shundan iboratki, bunda davlat huquq doirasida harakat qiladi, uning jamiyat va insonlar bilan munosabatlari huquqiy qoidalarga asoslanadi. Huquqiy davlatning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishida davlat organlari, mansabdor va yuridik shaxslar, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar bevosita ishtirok etadilar. Huquqiy davlatda Konstitutsiya va qonunning ustunligi tobora keng va to‘la ta’minlana boradi. Unda har qanday muammo qonunlar va huquqiy normalarga asosan adolatli hal etiladi. Qonun jamiyat va davlat hayotidagi barcha munosabatlarni tartibga solib turadi. Aytish mumkinki, qonun - huquqiy davlatning poydevori, qonuniylik - uning asosiy prinsipi. Prezident I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida shunday yozadi: «Qonunning ustuvorligi
huquqiy davlatning asosiy prinsipidir... Hech bir davlat organi, hech bir
xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi»\
O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlatni shakllantirish yo‘lidagi kurashi, avvalo, siyosiy islohotlar amalga oshirishida ko‘rinadi. Davlat va jamiyatni boshqarish san’ati hamda mahoratiga, turli tabaqa va guruhlarning o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatga siyosat deyiladi. Respublikamiz siyosiy tizimi tarkibiga: davlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalar, nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar va ommaviy axborot vositalari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy tizim Konstitutsiya, uning asosida qabul qilingan qonunlar hamda boshqa rasmiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Mustaqillik yillarida siyosiy sohada qanday islohotlar amalga oshirildi, degan savol tug‘iladi. Birinchi navbatda, davlat hokimiyatini tashkil qiluvchi idoralar isloh qilindi. Demokratik jamiyat qurish, fuqarolarning erkin ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida, davlat boshqaruvi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida isloh qilindi. Bu prinsipning qo‘llanilishi hokimiyatning suiiste’mol qilinishiga jiddiy to‘siq qo‘ydi, fuqarolarni mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan va tazyiqidan himoya qilishga, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishi uchun shart- sharoit yaratdi.
Davlat hokimiyatining taqsimlanishi huquqiy demokratik davlatga xos bo‘lib, qonun chiqaruvchi (Oliy Majlis), ijro etuvchi (Prezident boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi), sud hokimiyati (Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy Xo‘jalik sudi)dan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning taqsimlanishi Asosiy qonun darajasida mustahkamlangan. Prezident I. A. Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asarida ta’kidlaganidek, «qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilishini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi»1.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek siyosiy islohotlar hokimiyat va boshqaruv organlarida ma’muriy buyruqbozlikning barham topishiga imkoniyat yaratdi. Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslari barpo etila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilab berdi. Bular quyidagilar: xalq hokimiyatchiligi, davlat suvereniteti, qonuniylik, hokimiyatning taqsimlanishi.
Xalq davlatni boshqarishni bevosita yoki saylab qo‘yilgan vakillari orqali amalga oshiradi. Xalqning davlatni bevosita boshqarish vositalari referendum, Oliy Majlisga, xalq deputatlari kengashlariga saylovlar, davlat hayotidagi muhim masalalarni xalq muhokamasiga qo‘yish, xalq deputatlarini muddatidan oldin chaqirib olish, saylovchilarning yig‘ilishlari va boshqalardir.
Oliy Majlis Respublikada oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy Majlis Konstitutsiya asosida saylangunga qadar uning vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining yangi tarkibi
yilning 18 fevralida saylandi, u 1990-1994 yillarda faoliyat ko‘rsatdi. Oliy Kengash birinchi marta Respublika Prezidentini sayladi. U «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni, «O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Oliy Kengash faoliyati davomida 200 ga yaqin qonunlar, 500 dan ko‘proq qarorlar qabul qilindi.
Oliy Majlisga saylov 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunga asosan olib boriladi. Deputatlar Oliy Majlisga umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadilar. 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylash huquqiga, 25 yoshga to‘lganlari esa Oliy Majlisga saylanish huquqiga egadirlar. Oliy Majlisga deputatlarni saylash normasini birinchi chaqiriq Oliy Majlisi 250 kishi qilib belgilagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasi 1994 yil 25 dekabr kuni Oliy Majlisga, shuningdek viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. Nomzodlar ko‘rsatishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga XDPdan 247 nafar, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 146 nafar, hokimiyatning vakillik organlaridan 250 nafar nomzodlar ko‘rsatildi. Nomzodlarning birortasi ham yetarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari qayta saylovlar o‘tkazildi. Natijada birinchi chaqiriq Oliy Majlisga 250 nafar deputat saylandi.
Birinchi chaqiriq Oliy Majlisda hokimiyatning vakillik organlaridan 120 nafar deputat, XDPning 69 kishilik fraksiyasi, «Adolat» partiyasining 47 kishilik fraksiyasi, «Vatan taraqqiy oti» partiyasining 14 kishilik fraksiyasi ro‘yxatga olingan edi.
Oliy Majlisning sessiyalari odatda bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Navbatdan tashqari sessiyalar Oliy Majlis raisining tashabbusi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki Oliy Majlis deputatlarining kamida uchdan bir qismining takliflari bilan chaqiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 86-moddasida ko‘rsatilganiga muvofiq, Oliy Majlis qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy Majlisga havola etiladigan masalalarni oldindan ko‘rib chiqish va tayyorlash, respublika qonunlari va Oliy Majlisning boshqa qarorlari ijrosini nazorat qilib turish maqsadida deputatlar orasidan Oliy Majlisning komissiya va qo‘mitalari saylanadi.
1995 yil 23-24 fevral kunlari birinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident I. A. Karimov «O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari to‘g‘risida» ma’ruza qildi.
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 1995-1999 yillar mobaynida faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 10 ta kodeks, 130 ta qonun qabul qildi. 460 ta turli huquqiy hujjat va qonunlarning qo‘llanish amaliyoti puxta o‘rganilib, ularga 200 dan ziyod qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi1. Qabul qilingan barcha qonunlar va qarorlar jamiyatni demokratlashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish, aholining ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish, jamiyatni ma’naviy yangilash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va mustahkamlashni huquqiy jihatdan ta’minladi.
1999 yil 5 dekabrda ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar o‘tkazildi. 1994 yildagi parlament saylovlarida 2 ta siyosiy partiya va vakillik idoralari o‘z nomzodlarini ko‘rsatib, saylovda ishtirok etgan bo‘lsalar, 1999 yilgi saylovlarda 5 ta siyosiy partiya, vakillik idoralari va saylovchilarning tashabbus guruhlari bu muhim siyosiy tadbirda ishtirok etdilar.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasining birinchi yig‘ilishi 2000 yil 22 yanvarda, ikkinchi yig‘ilishi shu yilning 11 fevralida bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident I. A. Karimov nutq so‘zlab, kelajakda mamlakatimiz oldidagi davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat, sud, huquq, tashqi siyosat, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalar haqida to‘xtaldi. Nutqda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 2001-2004 yillari davomida faoliyat yuritib, davlatimiz tarixida sezilarli darajada iz qoldirdi.
yil 6 dekabrda Oliy Majlisning ikki palatasi parlamentini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarini o‘zgartirish masalalari yuzasidan referendum o‘tkazish haqida tarixiy qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan 2002 yil 27 yanvarda ikki palatali parlamentga o‘tish to‘g‘risida umumxalq referendumi o‘tkazildi.
yil 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chiqiriq Oliy majlisining VIII sessiyasida “Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bunda Qonunchilik palatasiga 120 deputat saylandi. Shuningdek Senatning 84 nafar a’zosi Mahalliy kengashning yig‘ilishida yashirin ovoz berish orqali 14 ta hududdan oltitadan saylandi. Senatning qolgan 16 nafar a’zosi Prezident tomonidan tayinlandi.
yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Prezident I. A. Karimov “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” degan ma’ruza qildi. Unda taraqqiyotimiz muammolarini hal etishga qaratilgan nazariy masalalar ko‘tarildi.
Mustaqillik yillarida respublikamizda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik boshqaruvi davlatimiz boshqaruv tizimining o‘zagi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, SSSR davlati parchalanmagan davrda, 1990 yil 24 martda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasida prezidentlik lavozimi ta’sis etilgan edi. Sessiya Islom Karimovni respublikamizning birinchi Prezidenti etib sayladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (89-moddasi)ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyatning boshlig‘idir. Ayni vaqtda Prezident Vazirlar Mahkamasining raisi ham hisoblanadi. Yangi jamiyat qurish borasidagi tajribalarning ortishi bilan prezidentlik boshqaruvi ham takomillashib bordi. Shu bois ham prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengashining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilib, Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti maqomi belgilab berilgan. Unga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha O‘zbekistonda kamida 10 yil yashagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda vakillik organining deputati va siyosiy partiya a’zoci bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
yil 26 martdagi umumxalq ovoz berishi (referendum) orqali I. A. Karimovning prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. 2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda I. A. Karimov ikkinchi marta O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. «Fidokorlar milliy demokratik partiyasi»dan nomzodi ko‘rsatilgan I. A. Karimov saylovchilarning 91,90 % ovozini olib, saylovda g‘alaba qozondi1. O‘zbekiston xalqi yana bir bor I. A. Karimovga yuksak ishonch bildirdi.
O‘zbekistonda o‘zbek milliy davlatchiligining taraqqiy etishi va respublika prezidentlik boshqaruvining qaror topishida I. A. Karimovning xizmatlari juda katta. Respublikada prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi hokimiyat bo‘linishini adolatli tarzda amalga oshirishga imkoniyat yaratdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining bir-biridan daxlsiz holda ish olib borishi ta’minlandi.
O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi joriy etilishining ikkita muhim jihati mavjud. Birinchisi - qadimdan Osiyoda «sharqona demokratiya» mavjud bo‘lib, u demokratiyaga ham, kuchli hokimiyatga ham keng imkoniyat yaratib bergan. Ikkinchisi - boshqaruvning parlamentar respublika usulidan farqli o‘laroq, prezidentlik respublikasida prezident umumxalq saylovida barcha fuqarolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda prezident o‘z vakolatlarini parlament a’zolaridan emas, balki keng xalq ommasidan oladi. Ana shunday muhim jihatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda boshqaruvning prezidentlik respublikasi usuli shakllandi. Shuningdek, respublikada boshqaruv tizimi ham izchillik bilan isloh qilib borildi. Dastlab respublikada davlat suverenitetini amalga oshiruvchi markaziy boshqaruv idoralari tizimi barpo qilindi. Ular jumlasiga Tashqi va Ichki ishlar, Mudofaa va Adliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa idoralar kiradi.
Bozor munosabatlarining shakllanishiga imkon beruvchi iqtisodiyotni boshqarish tizimi ham shakllana boshladi. Unga Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Prezident huzuridagi Iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha idoralararo kengash va boshqa idoralarni kiritish mumkin. Qayta tashkil etilgan vazirliklar va qo‘mitalarning bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda tuzilishi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan o‘zgartirildi.
Respublikada ijroiya hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlardan biri mahalliy davlat hokimiyati tizimida amalga oshirilgan islohotlardir. Yangi davlat organi - viloyat, shahar va tuman hokimligi boshqaruvi vujudga keldi. Boshqaruvning hokimlik shakli vujudga kelishiga bir qancha omillar sabab bo‘ldi.
Birinchidan, ilgarigi xalq deputatlari kengashlari KPSSning yakkahokimligi tufayli partiya tashkilotlari rahbarlik qiladigan organga aylanib qolgan edi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga bevosita mas’ul bo‘lishi davr talabiga aylandi.
Mahalliy hokimiyat tizimini isloh qilish bir qator zaruriy qonunlar va boshqa hujjatlar qabul qilinishini taqozo etdi. Bular «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi 1993 yil 2 sentabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari to‘g‘risida»gi 1993 yil 2 sentabr, «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi 1994 yil 5 maydagi qonunlar va boshqa muhim hujjatlardir.
«O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, viloyat, shahar va tumanlarda hokim lavozimi ta’sis etildi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimini
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tayinlaydigan, lavozimidan ozod qiladigan, tegishli xalq deputatlari kengashlari esa bu qarorni tasdiqlaydigan bo‘ldi. O‘z navbatida, tumanlar va shaharlarning hokimlarini tegishli viloyat hokimi tayinlaydigan, lavozimidan ozod qiladigan, tegishli xalq deputatlari kengashi esa tasdiqlaydigan bo‘ldi.
Viloyat, shahar, tuman hokimi mahalliy hududning oliy mansabdor shaxsi hisoblanib, tegishli hudud ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakolat muddati besh yil, ular o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradilar, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
Boshqaruvning tarixiy va milliy shakli bo‘lgan hokimlik institutining tiklanishi va joriy qilinishida davr talabi namoyon bo‘ldi va u mustaqillikning dastlabki yillarida ko‘plab murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini yaratdi. Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi boshqarish organlari yanada rivojlandi va takomillashdi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda o‘zini o‘zi boshqarish an’analarining ildizi ancha qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyingi yillarda mahalla, qishloq boshqaruvi yangicha mazmun bilan boyidi. Bu organlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Mahalla - O‘zbekiston milliy an’analariga mos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish shakllaridan biri. Aytish mumkinki, mahalla - milliy qadriyatlarimiz beshigi, tariximiz va davlatimiz salohiyatining in’ikosi. Prezident I. A. Karimov uning jamiyatimizda tutgan o‘rniga katta baho berib: «Ma’lumki, asrlar mobaynida mahalalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. To‘y-ma’rakalar ham, hayitu xasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda»1,
degan edi. 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun mana shu ulug‘ ishni amalga oshiruvchi huquqiy asos bo‘ldi. Mahalla boshqaruvning eng ta’sirli shakli sifatida tan olindi. Shu maqsaddan kelib chiqib, respublikada «Mahalla» xayriya jamg‘armasi tashkil topdi.
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonun jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etishi huquqini ro‘yobga chiqaradi, o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini, madaniy-ommaviy, ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda davlat organlariga yordam berishga jalb etiladi. Fuqarolarning yig‘inlarida ikki yarim yil muddatga mahalla raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadilar. Fuqarolar yig‘ini shu hududdagi yuqori organ hisoblanadi, u tegishli xalq deputatlari kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda zaruratga qarab chaqiriladi»1.
Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yanada rivojlanishi aholining jamiyatni boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Fuqarolik jamiyati va huquqiy demokratik davlat barpo etish davlat hokimiyatining mustaqil uchinchi tarmog‘i, ya’ni sud hokimiyatini izchil isloh qilishni talab etdi. Sud hokimiyati inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning qudratli quroli, shaxs va jamoat xavfsizligining kafolatidir. Mustaqillik yillarida sud organlarining maqomi, funksiyalari va tuzilishi tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mustaqil sud hokimiyati tashkil qilishning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratib berdi. Mustaqil sud hokimiyatining asosiy prinsiplari «Sudlar to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol etuvchi xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonunlarda mustahkamlab qo‘yildi. «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun 1993 yilning 2 sentabrida Oliy Kengashning XIII sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasida besh yil muddatga saylanadigan sud organlarining tizimi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy va Oliy Xo‘jalik sudlari;
viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar.
Konstitutsiya va «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda sud hokimiyati, uning asoslari va sudyalarning mustaqilligi mustahkamlab qo‘yilgan. Sud hokimiyati, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan farqli o‘laroq, mustaqil holda ish yuritadilar. Respublikada odil sudlov umuminsoniy demokratik prinsiplar asosida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari - jinsi, irqi, millati, tili, dini, shaxsi, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdirlar.
Prezident I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo‘lib qolishi lozim»2. Hozirgi davrda o‘tkazilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar ham ana shu maqsadlardan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilishi maqsad qilib qo‘yilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mohiyati pirovard natijada kadrlar masalasiga borib taqaladi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida yangi qurilajak jamiyat talablariga to‘la mos keladigan kadrlar siyosati ishlab chiqildi. Yangi sharoitda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish mustaqillikni mustahkamlashning dolzarb vazifasi bo‘lib qoldi. Puxta o‘ylab chiqilgan kadrlar siyosati mamlakat kelajagini belgilab beradigan asosiy omillardan hisoblanadi.
Natijada davlat siyosatining muhim tarmog‘i hisoblangan kadrlar masalasida jiddiy kamchiliklarni bartaraf qilishga kirishildi. Avvalambor, davr talabiga mos mahalliy boshqaruv organlari va ijroiya hokimiyatini mustahkamlashga katta e’tibor qaratildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda ijroiya hokimiyatga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimining ta’sis etilishi bu ishlarning amaldagi natijasi bo‘ldi. Mustaqillik yillarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda siyosiy va axloqiy yetuklik, tashkilotchilik qobiliyati, ishbilarmonlik va tadbirkorlik, xalq bilan birdamlik kabilar qo‘yiladigan asosiy talablardir. Zarur kadrlar tayyorlash maqsadidan kelib chiqib, 1995 yilning sentabrida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi ta’sis etildi. Akademiya o‘tgan davr ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun ko‘plab rahbar kadrlarni tayyorlab berdi.
Jamiyat siyosiy tizimida demokratiyaning zaruriy va qonuniy belgisi bo‘lgan tom ma’nodagi ko‘ppartiyaviyliksiz uni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mustaqillik yillarida jamiyatda demokratlashuvni ta’minlashning siyosiy mexanizmi - turli ijtimoiy guruh a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy va boshqa manfaatlariga xizmat qiladigan ko‘ppartiyaviylik yuzaga keldi. Davlat, hukumat va parlamentni shakllantirishda siyosiy partiyalarning mavqei, ishtiroki tobora ortib bormoqda.
Xalqning ko‘ppartiyaviylik tizimi asosidagi faollik darajasi hozirgi davrga kelib demokratiya mezonlarini belgilab bermoqda. Jamiyatimiz ijtimoiy- siyosiy hayotida ko‘ppartiyaviylikning qaror topishi - huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy talablaridan biri. Siyosiy partiya fuqarolik jamiyatining muhim unsuri hisoblanadi. Siyosiy partiyalar, ko‘ppartiyaviylik fuqarolar siyosiy huquqlarini amalda tatbiq etishning usullari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 va 34-moddalarida belgilab berilgan.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning qabul qilgan bir qancha qonunlari siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asos yaratdi. Bular «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida»gi (1991 yil 15 fevral), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992 yil 2 iyul), «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi (1996 yil dekabr), «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998 yil 28 aprel) qonunlardir.
yilning 26 dekabrida birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qabul qilgan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunining 1- moddasida: «Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir»1, deb ko‘rsatilgan.
Ayni vaqtda respublikada 4 ta siyosiy partiya va bitta ijtimoiy harakat faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular quyidagilar:
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (1991 yilda tashkil topgan);
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (1995 yilda tashkil topgan);
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (1995 yilda tashkil topgan);
«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (1998 yilda tashkil topgan);
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (2004 yilda tashkil topgan).
yildan respublikada «Xalq birligi» harakati faoliyat yuritmoqda.
Bulardan tashqari, respublikada 2300 ga yaqin jamoatchilik birlashmalari va nodavlat tashkilotlar mavjud. Bular - davlat va jamiyatdagi turli masalalarni hal etishda tobora faol ishtirok etayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, «Nuroniy» jamg‘armasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik jamg‘armasi va boshqa ko‘plab tashkilotlardir.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha siyosiy partiyalarning dasturlari va ularda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviyat sohalari bo‘yicha ilgari surilgan maqsad va vazifalar davlatning hozirgi siyosati bilan mos tushadi. Siyosiy partiyalar faoliyatining mushtarakligi jamiyat a’zolarini, ular qaysi partiyaga a’zoligidan qat’i nazar, yagona maqsad sari yetaklaydi. Partiyalarning nomlari turlicha bo‘lsa ham, ular umumiy siyosiy faoliyati mazmuniga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshash. Bu ijtimoiy-siyosiy uyg‘unlik bozor munosabatlariga o‘tish davrida jamiyatni demokratlashtirishda, ijtimoiy tabaqalar va toifalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik hamda hamjihatlik munosabatlarini vujudga keltiradi.
Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni juda katta. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati oshib bormoqda. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyati uchun to‘la huquqiy asos yaratilgan. Konstitutsiyaning 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkinligi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, Oliy Majlis qabul qilgan bir qancha qonunlarda ham ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Bu «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi (1997 yil 26 dekabr) qonunlardir. Ommaviy axborot vositalari aholining yangicha tafakkuri va ongini shakllantiruvchi, ularning xohish-irodasini xolisona ifodalovchi, inson manfaatlarini faol himoyalovchi omildir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining turlari va soni birmuncha ko‘paydi. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni haqida I. A. Karimov: «Ommaviy axborot vositalari har bir kishi o‘z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo‘lishi kerak. Ayni shu ommaviy axborot vositalari jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish olib borishi lozim» , - deb ta’kidlagan edi.
Ommaviy axborot vositalari milliy mustaqillik, demokratik islohotlar, davlat siyosatining mohiyatini odamlar ongiga yetkazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yagona bir maqsad - huquqiy-demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgandir.
15-ma’ruza
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY
TARAQQIYOTI
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllantirilishi va uning asosiy prinsiplari
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalardagi islohotlar uchun keng imkoniyatlar ochildi. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘lini, ya’ni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo‘lini tanlab oldi. Mamlakatimizning xususiyatlari, xalq an’analari va milliy urf-odatlari, kishilarning turmush tarzini inobatga olgan holda, bozor munosabatlariga o‘tishning «o‘zbek modeli» ishlab chiqildi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, «bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf- odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqtisodiyotni biryoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi» 1.
O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga kirgan ko‘pgina ilg‘or mamlakatlarning tajribasiga tayanib, respublika bo‘yicha keng miqyosda tub islohotlarni amalga oshirish va bozor iqtisodini shakllantirishga kirishdi.
Mustaqillikka erishilgan vaqtda respublikamizning iqtisodiy ahvoli qanday edi? Ma’lumki, sobiq Ittifoqdan O‘zbekistonga salbiy iqtisodiy meros qolgan edi. I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bu nochor iqtisodiy ahvolning sabablariga batafsil to‘xtalib o‘tgan.
Bu salbiy iqtisodiy merosning asosiy ko‘rinishlari quyidagilar edi:
mo‘rt va zaif, biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligiga asoslangan xo‘jalik;
xomashyoni sodda qayta ishlash, texnika va texnologiyani chetdan keltirishga asoslangan ishlab chiqarish;
respublikaning yoqilg‘i, g‘alla, shakar, go‘sht-sut va boshqa shu kabi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha boshqa mintaqalarga qaram bo‘lib qolganligi;
respublikada og‘ir ekologik vaziyatning vujudga kelganligi;
ishlab chiqarish samaradorligining pastligi, boqimandalik kayfiyatining hukmronligi va h.k.
Sobiq Ittifoqdan qolgan ana shu salbiy iqtisodiy merosni «bartaraf qilish» ishiga O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kirishildi. Bunda respublikani iqtisodi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqish, mo‘ljallangan iqtisodiy islohotlar strategiyasini amalga oshirishda mamlakatimizning qanday salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanligini ham
hisobga olish kerak bo‘lar edi. O‘zbekistonning o‘ziga xos shart-sharoitlari va salohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
respublikadagi demografik vaziyat: aholi tabiiy o‘sishi kattaligining (u aholini ish joylari bilan ta’minlash muammosini paydo qiladi); migratsiyaning deyarli yo‘qligi (sanoat ishlab chiqarishini qishloqqa yaqinlashtirish muammosi bilan bog‘liq);
respublikaning geografik joylashuvi, ya’ni Sharq bilan G‘arbni o‘zaro bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining markazida, Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan o‘rtada, nihoyat, jahon portlaridan yiroqda joylashganligi;
respublikaning tabiiy va iqlim sharoiti: texnik o‘simliklar (paxta, kanop), oziq-ovqat mahsulotlari (g‘alla) yetishtirishga qulay, sug‘oriladigan yerlarning ko‘pligi, lekin suv tanqisligining mavjudligi;
foydali qazilma imkoniyatlari: oltin, mis, gaz, neft zaxiralarining yetarli darajada ekanligi, lekin temir, ko‘mir, yog‘ochning yetishmasligi va h.k.
Bozor iqtisodi haqida so‘z ketganida, avvalambor, tovar-pul munosabatlariga asoslangan hamda ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida harakatlanadigan iqtisod tushuniladi. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston oldida taraqqiyotning ikki yo‘li mavjud edi: birinchisi - markazdan boshqariladigan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan sobiq iqtisod; ikkinchisi - bozor munosabatlariga asoslangan iqtisod. Kechagi tarixdan ma’lumki, birinchi yo‘l o‘zining samarasiz ekanligini isbotladi. Sobiq SSSR va boshqa sotsialistik mamlakatlar nafaqat iqtisodiy taraqqiyotda, balki aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash borasida ham rivojlangan G‘arb mamlakatlaridan ancha orqada qoldi. O‘zbekiston taraqqiyotning ikkinchi yo‘li - iqtisodni bozor munosabatlari asosida rivoj lantirish yo‘lini tanladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv zarurat va davr taqozosi bo‘lib qoldi. Chunki u umumbashariy hodisa, jahon sivilizatsiyasining rivojlanishi yo‘lidagi muqarrar bosqich hisoblanadi. Qolaversa, bizda, ya’ni Sharqda bozor sharoitidagi iqtisodiy rivojlanish juda uzoq vaqt davom etgan qadimiy jarayon bo‘lib, odamlar azal-azaldan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar.
Bozor iqtisodiyotining bir qancha muhim xususiyatlari bor. Bu xususiyatlar tovar ishlab chiqaruvchining mustaqil iqtisodiy faoliyat yuritishi, mulkning turli shakllarda bo‘lishi va ularning teng huquqliligi, monopolizmga yo‘l qo‘ymaslik va ishlab chiqarishning erkin raqobati uchun keng yo‘l ochib berish, iste’molchilar ehtiyojini qondirishning birinchi o‘ringa chiqishi, ishlab chiqaruvchining o‘zi yaratgan mahsulotiga o‘zi egalik qilishi, uni erkin sotishi yoki sotmasligi uchun imkon berilishi, tovar ishlab chiqaruvchining o‘zi mulk egasi bo‘lib, uni o‘zi bilganicha ishlatishi mumkinligi, ishlab chiqarilgan tovarga bozorda tan olinadigan ijtimoiy zarur mehnatning sarflanishi lozimligi, narx-navoning erkinligi va boshqalardan iborat.
Jahon tajribasida bozor munosabatlarini shakllantirishning ikkita yo‘nalishi mavjud: birinchisi - stixiyali, tartibsiz, rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi - boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti.
O‘zbekiston ikkinchi, ya’ni boshqariladigan iqtisodiyot yo‘lini tanladi. O‘zbekiston tanlagan yo‘lning xususiy ati shundan iboratki, uning maqsadi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdir. «Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiy oti markazlashtirilgan rejali bozordangina emas, balki erkin bozordan ham farq qiladi. U mustaqil iqtisodiy andozadan iborat bo‘ladi. Uning erkin bozordan muhim farqi shundan iboratki, u iqtisodiy va ijtimoiy asoslarning sintezi hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi, to‘la-to‘kis ham bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash maqsadini ko‘zlaydi»1.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bozor iqtisodiga o‘tishning o‘ziga xos milliy yo‘li keyinchalik «o‘zbek modeli» deb atala boshlandi. Mustaqillikka erishilganidan so‘ng, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu Prezident I. A. Karimov ilmiy asoslab bergan va olg‘a surgan islohotlarning besh prinsipidir. Ular quyidagilar:
iqtisodning siyosatga nisbatan ustunligini ta’minlash;
bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
qonunlarning va ularga rioya etishning ustunligi;
kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish;
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish.
Bu prinsiplar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda «o‘zbek modeli»ning ajralmas
qismi hisoblanadi. Ular o‘zida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy qonuniyatlarini, respublikaning milliy xususiyatlari va sharoitlarini aks ettirgan.
Birinchi prinsip - iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi. Bu prinsip iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari uchun poydevor vazifasini o‘tashini va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Unda iqtisodiyotning o‘ziga xos obyektiv qonunlarining mavjudligi, bu qonunlarsiz iqtisodiy faoliyat yuritish mumkin emasligi hisobga olingan. Iqtisodiyot siyosiy kurashlar va mafkuraviy tazyiqlardan xoli, o‘ziga xos ichki qonunlarga asosan rivojlanishi lozim. Lekin siyosat taraqqiy otning zaruratidan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin.
Ikkinchi prinsip - bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi. Bu prinsipda davlat islohotlarning ustun yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etilishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan davrda davlat boshqaruv mexanizmini qo‘ldan chiqarmasligi kerak. Bunda faqat davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. Ma’lumki, taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi davlat hamisha tub o‘zgarishlarda peshqadam bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda totalitar, rejali, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotidan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda. Shu sababli
G‘arb mamlakatlarining boshidan kechgan stixiyali, tartibsiz bozor iqtisodiyoti bizda ham bo‘lishi shart emas. Jahon tajribasi demokratik jamiyatda davlatdan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy institut bo‘lmasligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda evolyutsion yo‘l bilan bosqichma- bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiyotda davlat monopoliyasini tugatishni anglatadi va bu davlat ishtirokida amalga oshiriladi. Keng qamrovli islohotlarning dasturlarini davlat keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi.
Uchinchi prinsip - Konstitutsiya va boshqa qonunlarga rioya etishning ustunligi. Bu huquqiy davlat qurishning zarur shartidir. Unga ko‘ra, barcha fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga majburdirlar. Qonuniylikni qaror toptirish muammosi respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun barqaror huquqiy zamin yaratish bilan bog‘liqdir. Faqat shundagina iqtisodiy o‘zgarishlar sezilarli natija berishi mumkin. Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik xususiyati yuridik qonunlarni ham ularga mos ravishda o‘zgartirib borishni talab qiladi.
Huquqiy davlatda va ijtimoiy hayotni boshqarishda qonunchilik asosiy vositadir. Qonunning ustunligi prinsipi siyosiy tizimning bozor iqtisodiyoti talablariga monand tarzda demokratlashuvini bildiradi. Bu prinsip bozor iqtisodiyoti sharoitida inson huquqlari va erkinligini ta’minlash asosiy vazifa ekanligini anglatadi.
To‘rtinchi prinsip - kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bu prinsip hayotga bozor iqtisodi to‘la joriy qilinayotgan davrda aholining demografik tarkibini hisobga olib, uni ijtimoiy himoyalashning choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Ushbu prinsip kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish zaruratidan kelib chiqadi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiy otiga o‘tish modeli bozor iqtisodi hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan, xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan bozor xo‘jaligi yaratilishni anglatadi. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning mohiyati ijtimoiy adolatni ta’minlash, kishilarda boqimandalik kayfiyatini bartaraf etish, ularning faolligini oshirish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, aholining muhtoj qatlamlarini ishonchli himoya qilishdan iborat. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi.
Beshinchi prinsip - bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish. Bu prinsip - O‘zbekistonda bozor iqtisodiga o‘tish yo‘lining xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish O‘zbekistonda evolyutsion yo‘l bilan tamoman yangi bozor tizimining yaratilishini bildiradi. Bu prinsipning asosiy mazmuni va maqsadi - soxta inqilobiy sakrashlar, fojiali oqibatlar va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, madaniy yo‘l bilan normal taraqqiyotga o‘tish. U totalitar rejali iqtisoddan sekin-asta bozor tuzumiga o‘tishni shoshma-shosharliksiz, tinch amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum bir vaqt va tayyorgarlik zarur bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotiga evolyutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich o‘tilishi
Ma’lumki, G‘arb mamlakatlarining ham rivojlangan madaniy bozor iqtisodiga erishishi uchun bir necha yuz yillab vaqt kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham bozor aloqalari hali shakllanib ulgurmagan sharoitda mavjud bo‘lgan aloqalarni buzib yuborishning oqibati iqtisodni izdan chiqarishi, aholining turmush darajasini keskin pasaytirib yuborishi va turli ijtimoiy larzalarga sabab bo‘lishi mumkin edi. Bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish prinsipi mash’um «falaj qilib davolash» yo‘lini inkor etdi.
A. Karimov O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyatlariga to‘xtalib, shunday degan edi: «Xalqimizda «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang - boshpanasiz qolasiz», degan naql bor. Unda respublika aholisining ruhiyati to‘la aks etgan. Shuni hisobga olib, O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish andozasiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo‘l bilan o‘tish asos qilib olingan. Bozor iqtisodiy oti tomon sakrashlarsiz, inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki izchillik bilan bosqichma-bosqich borish kerak»1.
O‘zbekistonda shakllanayotgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti:
yuridik va jismoniy shaxslarning ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish uchun konstitutsiyaviy, qonuniy va huquqiy kafolatlar va erkin bozor konyukturasini rag‘batlantirishni;
mulkning barcha turlarining hamda xo‘jalik yuritishning barcha shakllarining yuridik teng huquqliligini;
iqtisodiy munosabatlar subyektlari faoliyatining eng ko‘p darajada erkinligini;
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini hamda iqtisodiy munosabatlarda milliy an’analarni, urf-odatlarni, xalq turmush tarzini to‘la hisobga olishni;
insonning hayot faoliyati va uni rivojlantirish uchun munosib shart- sharoitlarni, ishonchli ijtimoiy kafolatlarni, aholining turmush darajasini og‘ishmay oshirib borishni;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini, xalqaro mehnat taqsimotida teng huquqlilik hamda o‘zaro manfaatdorlik asosida faol ishtirok etishni nazarda tutadi .
Tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
kishilar turmush farovonligini ta’minlovchi va muntazam rivojlanuvchi iqtisodiy tizimni yaratish;
tadbirkorlik va tashabbuskorlikni har tomonlama o‘stirishning asosi bo‘lgan xususiy mulkchilikni vujudga keltirish;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinlik berish;
iqtisodiy otda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish orqali uning samaradorligini oshirish, moddiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borish;
kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish.
Respublikada iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish obyektiv zarurat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholining tub maqsadlariga mos keladi, deyish mumkin.
Iqtisodiy islohotlar esa quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib borildi:
bozor iqtisodining huquqiy asoslarini - davlat boshqaruvi, mulkchilik, xo‘jalik yuritish tartibi, tashqi iqtisodiy faoliyat, ijtimoiy kafolatlar bilan bog‘liq 100 dan ortiq qonunlar, farmonlar va boshqa hujjatlarni yaratish;
davlat mulkini xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish;
bozorning bir-biriga bog‘lovchi va rivojlanishini ta’minlaydigan tarkibiy qismlari - tovar birjalari, moliya va bank tizimi, sug‘urta va auditorlik tizimi, pul va qimmatbaho qog‘ozlar bozori, soliq tizimi, mehnat bozori hamda boshqa strukturalar, ya’ni bozor infrastrukturasini yaratish;
avtomobil sanoati, televizorlar, shakar, qand lavlagi, neftni qayta ishlash, gazdan neft olish va xalq xo‘jaligining boshqa yangi sohalarini yaratish;
qishloqda haqiqiy bozor munosabatlarini shakllantirish, yerga mulkchilik masalasini tubdan hal qilish, mulkchilikning turli shakllarini shakllantirish, qishloq xo‘jaligini boshqarishning yangi tizimini yaratish, paxta yakkahokimligi va uning oqibatlarini tugatish, dehqon (fermer) xo‘jaliklari, kichik korxonalar, pudrat va ijara jamoalarini tuzish, dehqonlarni yer bilan ta’minlash, qishloq infratuzilmasini o‘zgartirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilish, ya’ni respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalarning yaratilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasalar tizimining yaratilishi, respublikaning xalqaro moliya tashkilotlariga a’zo bo‘lishi, xorij investitsiyalarining mamlakatga kirib kelish mexanizmining yaratilishi;
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qonunlar majmuining qabul qilinishi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash choralarining ko‘rilishi, ichki iste’mol bozorining himoya qilinishi, kam ta’minlangan oilalar, yoshlar ijtimoiy himoyasining kuchaytirilishi, sog‘liqni saqlash, onalar va bolalar salomatligi, kadrlar tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlarni ko‘rish.
Yuqorida aytilganidek, bozor munosabatlariga o‘tishning prinsiplaridan biri unga bosqichma-bosqich o‘tishdir. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi davrlar bo‘yicha bir necha bosqichda amalga oshirildi:
birinchi bosqich - 1991 yilning 1 sentabridan 1994 yilning o‘rtasigacha;
ikkinchi bosqich - 1994 yilning o‘rtalaridan boshlab, 1997 yil o‘rtalarigacha;
uchinchi bosqich - 1997 yil o‘rtalaridan keyingi davr.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yangi iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan bog‘liq edi. «Iqtisodiy otni isloh qilish jarayonlari mustahkam huquqiy negizga asoslangandagina ular barqaror va sobitqadam boradi»1, - degan edi O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ldi. Unda jamiyatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga asoslanganligini belgilovchi mavjud turli mulk shakllari va ularning teng huquqliligi, xususiy mulk daxlsizligi va uning davlat tomonidan qo‘riqlanishi (53-modda), mulkka egalik qilish huquqi (36-modda) mustahkamlangan.
Respublikamizda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida bozor munosabatlariga o‘tishning ikkita muhim masalasi hal qilindi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish va tanglikka barham berish. Iqtisodni barqarorlashtirish uchun respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishga qaratilgan choralar ko‘rildi.
Yangi iqtisodiy munosabatlar va ularning manbai, mohiyatini mulkning xilma-xil shakllari belgilashini hisobga olib, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, ularning huquqiy asosini yaratish asosiy vazifa bo‘lib qoldi. Tabiiyki, eski ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xizmat qilgan qonunlarning birontasi yangi sharoit uchun ishlay olmasdi. Shu sababli eng avval islohotlar uchun huquqiy negiz yaratildi. Yangi qabul qilinadigan qonunlar O‘zbekistonning xususiyatlarini va qonunchilik sohasidagi jahon tajribasini inobatga olishni taqozo etar edi.
«Isloh qilishning birinchi bosqichida biz huquqiy asoslarni yaratishda o‘zimizga xos yondashuvlarni, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘yicha o‘z mexanizmimizni vujudga keltirdik»2, - deb ta’kidlaydi Prezident I. Karimov.
Birinchi bosqichda mulkchilik, xo‘jalik yuritish tartibi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq 26 ta qonun qabul qilindi. Bular orasida mulkchilik, tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, banklar to‘g‘risidagi qonunlar asosiy o‘rin tutdi. Bu qonunlar bozor tizimiga asos soldi, unga o‘tish chora-tadbirlarini belgiladi. Bu davrda, qonunlardan tashqari, Prezidentning islohotlarga taalluqli 82 ta farmoni ham qabul qilindi. Qonunchilik bilan birga, iqtisodni boshqarish tizimi ham isloh qilindi. Ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi o‘rniga demokratik bozor boshqaruv tizimi qaror topa boshladi. Jumladan Moliya vazirligi, respublika Ulgurji va birja savdosi aksionerlik uyushmasi, respublika Mol-mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, respublika Markaziy banki, respublika Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tashkil qilindi. Iqtisodiy islohotlar tufayli korxonalar
ham mustaqillikka ega bo‘ldi, ilgarigidek vazirliklarga emas, tarmoq konsernlari, korporatsiyalari va uyushmalariga birlashdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida mulkiy islohotlarga katta ahamiyat berildi. Chunki mustaqillik tufayli sobiq sovet davridagi monopollashgan davlat mulkidan xilma-xil mulkchilikka o‘tish bozor iqtisodiyotining asosiy shartiga aylandi. Prezident I. A. Karimov e’tirof etganidek, «mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi»1.
Mulkiy islohotlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunlarga binoan amalga oshirilib, u ko‘p ukladli iqtisodiyotni yuzaga keltirishning asosiy sharti bo‘lib qoldi. Bu islohotlar bosqichma-boqich amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarni bosqichma-boqich amalga oshirish prinsipiga asosan narxlarni erkinlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Narxlar birdaniga erkin qo‘yib yuborilmadi. Narx ustidan davlat nazorati saqlab qolinib, u bosqichma-bosqich erkinlashtirildi. Narxlarning birdaniga qo‘yib yuborilishi aholini iqtisodiy qiyin ahvolga solishi muqarrar edi. Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida dastlab eng muhim iste’mol tovarlariga dotatsiyali narxlar qo‘llandi. 1992 yildan boshlab texnika vositalari va ayrim iste’mol mollarining narxlari erkinlashtirildi. 1994 yilning kuzida iste’mol mollarining narxi erkin qo‘yib yuborildi, ammo ayrim tovarlar uchun dotatsiyalangan narxlar saqlab qolindi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi rejali davlat narxlaridan erkin narxlarga o‘tish bilan yakunlandi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichining (1994 yilning o‘rtalaridan
yilning o‘rtalarigacha) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ldi: davlat mulkini xususiylashtirishni davom ettirish, iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, milliy pul - so‘mning qadr-qiymatini mustahkamlash, iqtisodiyot strukturasini tubdan qayta qurishga erishish.
Islohotlarning ikkinchi bosqichi o‘zbek milliy puli - so‘mning 1994 yil 1 iyulda muomalaga kiritilishidan boshlandi. 1994 yilning 1 yanvarida rubl muomaladan chiqarib yuborildi. So‘m-kuponlar 1994 yilning 1 iyuligacha muomalada bo‘lib, keyinchalik 1000:1 nisbatida yangi so‘mlarga almashtirildi. Shu kundan boshlab, o‘zbek so‘mi milliy valuta vazifasini o‘tay boshladi. O‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish miqyosi kengaydi. Davlat mulkini xususiylashtirish davom etib, ko‘pgina korxonalar yopiq va ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Xususiylashtirish jarayoni oqibatida aholi o‘rtasida mulkdorlar safi kengayib bordi. Investitsiya kompaniyalari (XIF) xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini aholiga sotish bilan shug‘ullandilar. Davlat korxonalarini xususiy lashtirishdan tushgan mablag‘ning 50 % ularni rivojlantirish uchun sarflandi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodning o‘sishiga erishildi. Yalpi ichki mahsulot o‘sib bordi. Davlatning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashi uning barqaror rivoj lanishini ta’minladi. Katta miqdordagi investitsiyalar ishlab chiqarishni kengayotirishga sarflandi. Bu bosqichda iqtisodda chuqur tarkibiy siljishlar yuz berdi. Iqtisod milliy manfaatlarni ko‘zlab tubdan qayta qurila boshlandi. Bozor infrastrukturasi shakllandi. Iqtisodiyotda yangi sohalar (avtomobil sanoati va boshq.) paydo bo‘ldi.
Bu davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli mamlakatda sanoat ishlab chiqarishi o‘sdi. Aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ichki bozorni tovarlar bilan to‘ldirishda sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlar uchinchi bosqichining (1997 yilning ikkinchi yarmidan keyingi davr) asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
mulkdorlar sinfini shakllantirishni davom ettirish;
iqtisodda raqobat muhitini yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish;
mamlakatning eksport salohiyatini oshirib borish;
bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
mamlakatga chet el investitsiyalarini keng ko‘lamda jalb etish.
Prezident I. A. Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning XIV
sessiyasidagi (1999 yil 14 aprel) «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning I sessiyasida so‘zlagan nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va takliflar islohotlarning uchinchi bosqichi uchun asos qilib olindi. Chunki ularda iqtisodni erkinlashtirish g‘oyasi ilgari surildi. Bu g‘oyaning asosiy jihatlarini quyidagilar tashkil etdi:
davlatning korxonalar va xususiy biznesni nazorat qilishini hamda boshqaruvchilik funksiyalarini qisqartirish;
jamiyatda mulkdorlar sinfi ko‘pchilikni tashkil qilishiga erishish;
xorij sarmoyalarini keng jalb qilish uchun huquqiy shart-sharoitlarni yaratish;
kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning hal qiluvchi mavqega ega bo‘lishiga erishish;
mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash.
Islohotlarning uchinchi bosqichida mulkdorlar sinfini shakllantirishga katta e’tibor berildi. Mulk egalari alohida ijtimoiy guruh - mulkdorlar sinfini tashkil etdi. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «birinchi galdagi asosiy vazifa - mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish lozim. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, biz oldimizga qo‘ygan maqsadni - xususiy mulkchilik yetakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish maqsadini amalga oshirishimiz kerak»1. Demak, mulkdorlar jamiyatning iqtisodiy jihatdan eng faol qatlamini tashkil etib, bozor iqtisodiyoti ularga tayanadi.
Bu davrda kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirish iqtisodni erkinlashtirishning asosiy mezoni deb belgilandi. Uchinchi bosqichda kichik va o‘rta biznesni xususiylashtirishni yana davom ettirib, yalpi milliy mahsulotda ularning ulushini kamida 25 % ga yetkazish vazifa qilib qo‘yildi. Bu davrda biznes o‘zini o‘zi moliyalashtirishi va ishlab chiqarishga jadal kirib borishi kerakligi rejalashtirildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni raqobat muhitini shakllantirish bilan bog‘liq. I. A. Karimov aytganidek, «raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1. Shuning uchun ham raqobat muhitini yaratish maqsadida may da va o‘rta korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklarining soni ko‘paytirildi. Respublikada antimonopol siyosat olib borildi. Monopol korxonalar hisobidan yangi korxonalar vujudga keldi.
Islohotlar natijasida bozor infratuzilmasi shakllandi. Islohotlarning uchinchi bosqichi bank tizimini erkinlashtirishni va ixtisoslashgan banklar o‘rniga universallashgan banklar salmog‘ini ko‘paytirishni vazifa qilib qo‘ydi. Chunki bu sharoitda bank hammaga xizmat qiluvchi, bozor talabiga binoan ishlovchi moliyaviy muassasaga aylanishi kerak. Shuningdek, investitsiya siyosatini yanada erkinlashtirish, fond bozorini kengaytirish, aholiga aksiyalar sotish va aholidan chiqqan investorlar sonini ko‘paytirish mo‘ljallandi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini ham erkinlashtirish bu davrning asosiy vazifalaridan bo‘lib qoldi. Ma’lumki, mustaqil O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari eksport va import, chetdan kapital kiritish va chetga kapital chiqarish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda qatnashish, boshqa mamlakatlar bilan ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama aloqalar o‘rnatish kabi vazifalarni anglatadi. Bu bosqichda xorij kapitalining mamlakatga kirib kelishini ko‘paytirish rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi hamda «Kafolatlar va xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlariga asosan, xorij kapitalining mulkiy daxlsizligi qonun bilan kafolatlandi. Xorij investorlarining O‘zbekistondagi erkin faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Shunday qilib, islohotlarning uchinchi bosqichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha tadbirlar iqtisodni erkinlashtirish, bozor mexanizmini keng ko‘lamda joriy qilish, iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish, xalq farovonligini oshirish kabi sohalarga qaratildi.
O‘zbekiston mustaqillik tufayli o‘zining taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgiladi, iqtisodni o‘zining milliy manfaatlari yo‘lida rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldi. O‘tgan davrda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlar respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash uchun xizmat qilmoqda. Ular natijasida quyidagilarga erishildi:
iqtisodda paxta yakkahokimligi cheklandi;
iqtisodiy ahvol barqarorlashdi, ya’ni uzluksiz pasayishga barham berildi, aksincha, o‘sishga erishildi;
xomashyoni milliy sanoatning o‘zida qayta ishlab, undan tayyor mahsulot olishga o‘tildi;
yoqilg‘i-enegetika mustaqilligiga erishildi;
don mustaqilligi qo‘lga kiritildi;
milliy ishlab chiqarishni o‘stirish hisobiga mamlakatning eksport salohiyati ko‘tarildi;
bir qancha yirik sanoat korxonalarining qurilishi (O‘zDEUavto, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshq.) tufayli O‘zbekiston zamonaviy sanoatga ega mamlakatga aylantirildi;
mustaqillik yillarida shaharlarimizning ko‘rki oshdi va h.k.
Mustaqillik davrida davlat mulkini xususiylashtirish tufayli ko‘p ukladli
iqtisodiyot yuzaga keldi. Natijada davlat mulkidan boshqa mulk turlari, jumladan individual xususiy mulk, korporativ xususiy mulk, aksiyadorlar mulki, paychilar mulki, jamoa mulki, aralash mulk va boshqa turli mulk shakllari vujudga keldi.
Bu yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun imkoniyat yaratdi. O‘zbekistonda yangi - mulkdorlar sinfi shakllandi. Shuningdek, bu yillarda davlatning faol investitsiya siyosati mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratdi. Iqtisodiyotning ustuvor sohalariga davlat investitsiyalari hamda xorij kapitali jalb qilindi.
O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham faol ishtirok etmoqda, chunki barqaror iqtisodiy o‘sishni busiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Respublikamiz dunyoning ko‘pgina davlatlari, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar bilan keng iqtisodiy munosabatlar o‘rnatgan. Hozir O‘zbekiston xalqaro savdo-sotiq va kredit bozorlarida faol ishtirok etmoqda. U bir qancha xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning a’zosidir.
Islohot yillarida aholining daromadi o‘sib bordi. Aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat yuritildi. Bu siyosatni esa mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining yuzaga kelganligi tufayligina olib borish imkoniyati tug‘ildi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq farovonligini ko‘tarishga qaratilgan. Unga erishishning yagona yo‘li - bozor munosabatlariga o‘tish, rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirish va aholining o‘z mehnati bilan halol boylik orttirishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish.
16-ma’ruza
O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY-MADANIY TARAQQIYOTI
Ma’naviy qadriyatlarimizning tiklanishi va uning milliy mafkurani shakllantirishdagi o‘rni
O‘zbekistonda mustaqillik uzoq va mashaqqatli kurashlar natijasida amalga oshdi. Ma’lumki, tarixda Vatanimiz hududida bosqinchilarga qarshi kurashlar, erk va Vatan ozodligi uchun hayot-mamot janglari doimo bo‘lib turgan. Xalqimiz Vatan istiqloli yo‘lida jonini fido qilganlar - milliy qahramonlarimizni abadiy yuragida saqlab qoladi va ular bilan faxrlanadi.
Bosqinchilar Vatanimizni vayron qilish va boyliklarimizni talash bilan cheklanmay, minglab vatandoshlarimizni qirib, ko‘pchilikni qul qilib, o‘z yurtlariga haydab ketishdan ham tap tortmadilar. Hatto ilm yo‘li bilan yaratilgan boylik - xalqimiz ma’naviyati durdonalarini, ya’ni mahalliy yozuvlar, kitoblar, tilimiz, urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, tariximizni yo‘q qilishga harakat qildilar. Bugun endi ozod xalqimiz oldidagi eng sharafli vazifa va burch bosqinchilar tomonidan yo‘q qilish darajasiga yetkazilgan ma’naviy qadriyatlarimizni tiklashdir.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy arab istilochilarining xalqimizga o‘tkazgan zulmini «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarida shunday deb yozadi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi bilgan. Ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi» 1.
Istiqlol - xalqimiz orzu qilgan buyuk haqiqat. Vatan mustaqilligini saqlab qolishning yagona yo‘li - ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va milliy mafkurani shakllantirish edi.
Mafkura bevosita ma’naviyat bilan bog‘liq, chunki mafkura ana shu ma’naviy boyliklar, boy qadriyatlar asosida shakllanadi va rivojlanadi. Mafkura muayyan bir ijtimoiy guruh, davlat yoki jamiyatning tub manfaatlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beruvchi, yo‘naltirib turuvchi va himoya qiluvchi, siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy va boshqa qarashlarining butun bir tizimi, umumlashmasi ma’nosini bildiradi. Har qanday vaziyatda inson va uning ongi birinchi o‘rinda turadi. Uni tarbiyalash, qayta tarbiyalash, ongini o‘stirish, o‘zgartirish, to‘g‘ri yo‘ldan boshqarib borish zarur. Chunki mafkurasiz odam, jamiyat va davlat o‘z taraqqiyotini yo‘qotishi aniq.
«Odamlarga shuni anglatish kerakki, - deb ta’kidlagan edi I. A. Karimov respublikamizning atoqli shoir va yozuvchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda - bizga berilgan imkoniyat yuz yilda bir marta kelishi mumkin. Asosiy masala shundan iboratki, mustaqillikni saqlab qolishimiz, uni kelajak avlodlarga omon yetkazishimiz, qadrini to‘g‘ri tushunishimiz lozim. Endi qaddimizni ko‘tarishimiz kerak» 2. Ilm-fan, adabiyot va san’atning eng qadimiy markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan, dunyo xalqlari tan olgan Vatanimiz mustamlakachilikning og‘ir toshi ostidan chiqib oldi. O‘zbekiston mustaqillikka qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-siyosiy qiyinchiliklar, azob- uqubatlar girdobida qolib ketgan edi.
Mustaqillik respublika ilmiy jamoatchiligi oldiga uning mohiyatini xalqimizga tushuntirib berishdek murakkab vazifani qo‘ydi. Mustaqillikning qadriga yetgan, uni o‘z e’tiqodiga aylantira olgan xalqgina uning yo‘lida jonini fido qilishga tayyor turadi.
Bu vazifalarni bajarish uchun, eng avvalo, xalqimizni o‘z kuchiga ishontira bilish kerak. Qolaversa, birinchidan, o‘zbek xalqining jahon xalqlari ichida o‘zining alohida salohiyati va o‘rniga egaligini; ikkinchidan, davlatchilik tarixi bizda boshqa hamma xalqlarnikidan qadimiyroq ekanligini; uchinchidan, o‘zbek xalqi jahon durdonalari xazinasiga bebaho hissasini qo‘sha oladigan ma’naviy barkamol olimlarni yetkazib bergan xalq ekanligini; to‘rtinchidan, mustahkam mustaqil davlat vujudga keltirish ishiga xizmat qiladigan, qadimiy boy davlatchiligimiz, iqtisodiy rivojlanish yo‘limizni ta’minlovchi iqtisodiy baza mavjudligini ko‘rsatib berish lozim. Bu sohada sustkashlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham milliy mafkurani vujudga keltirish hayot talabi bo‘lib qoldi. 1992 yil 2 iyulda bo‘lib o‘tgan Oliy Kengashning X sessiyasida I. A. Karimov: «Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g‘oyalar oz emas, ularning ichida eng ulug‘i, eng olijanobi - O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlash. Ana shu maqsad, ana shu g‘oya atrofida birlashsak, aslo xor bo‘lmaymiz» 1, - degan edi.
Prezident 1992 yilda nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «Istiqlol va ma’naviyat», «O‘zbekiston: milliy istiqlol, siyosat, iqtisod, mafkura», «Elni Vatan manfaati birlashtiradi» asarlarida va 1993 yil 23 aprelda bir guruh shoir va yozuvchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida milliy mafkurani yaratish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
1993 yilning 7 dekabrida Konstitutsiyamizning bir yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident I. Karimov nutq so‘zlab: «Mafkuraviy masalani hal etmasdan, uni amalga tatbiq qilmasdan turib, Konstitutsiya belgilab bergan maqsadlarga erishish, oldimizga qo‘ygan talablarga javob berish mushkul bo‘ladi» 2, - degan edi.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i kerak:
xalqimizning azaliy an’analari, urf-odatlari, ruhiyati, tili va diniga mos, hamohang g‘oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka qat’iy ishonch, mehr- oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat kabi yuksak tuyg‘ularni singdirish;
milliy istiqlol mafkurasi orqali xalqda uning o‘zidagi qudrat va himoyaga suyanib, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatida hamda ilg‘or davlatlar o‘rtasida teng huquqli va munosib o‘rin egallashga intilish hamda ishonch hissini tarbiyalash;
sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish;
milliy istiqlol mafkurasining negizini vatanparvarlik, milliy iftixor, insonparvarlik, baynalmilallik kabi yuksak umuminsoniy xususiyatlar bilan boyitgan holda rivojlantirish.
Milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va maqsadi mustaqillikni mustahkamlashdir. Har qanday g‘oya yoki mafkura xalq, jamiyat ma’naviyatining mahsulidir.
Aytish mumkinki, milliy ma’naviyat masalasi hech qachon shu bugungidek yuksak maqomda dasturiy vazifa qilib qo‘yilmagan edi. Milliy ma’naviyatimizning ildizlari esa umuminsoniy qadriyatlar, islom ta’limoti, o‘zbek milliy urf-odatlari bilan butunlay hamohang va chambarchas bog‘liqdir. Ma’naviyat davlat tomonidan o‘z xalqining ta’lim va tarbiyasini qo‘llab, uni ongli rivojlantirishdir. Buyuk mutafakkir Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir», degan mashxur o‘giti doimo jamiyatimiz ma’naviy rivojining asosi bo‘lib qolaveradi.
Barcha davrlarda jamiyat taraqqiyoti rivojining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Jamiyat ma’naviy kamolotini ta’minlash uchun, birinchi navbatda, ma’naviyatning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilovchi ilmiy muammolarni yaxshi bilish talab qilinadi. Bu borada sobiq Ittifoq davridagidek quruq shiorlar va mavsumiy tadbirlar bilan amaliy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Afsuski, bizda ma’naviyatning mohiyati va tarixiy taraqqiyotning o‘tish davridagi hal qiluvchi ahamiyati ilmiy adabiyotda chuqur, mukammal yoritib berilgan emas. Ma’naviyatning mohiyati va jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati masalasi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning asarlari, maqolalari va nutqlarida mukammal tarzda, hozirgi kunning dolzarb masalalari bilan bog‘liq holda yoritib berilgan. Ularda ma’naviyat va ma’rifatning tub nazariy va amaliy muammolariga doir ellikdan ortiq muhim jihatlar ko‘rsatib berilgan. Ilm-fan, amaliy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu muammolarning asosiy yo‘nalishlari haqida qisqacha quyidagilarni qayd etish mumkin.
Birinchidan, ma’naviyat faqat insonga xos bo‘lgan xususiyatdir. Ma’naviyatli odam Inson degan buyuk va sharafli nomga muyassar bo‘ladi. Lekin ma’naviyat insondagi tug‘ma xususiyat emas: u hayotiy tajriba natijasida shakllanadi va rivojlanadi. Insonda ma’naviyatni egallashga imkon beruvchi, irsiyat qonunlari bilan belgilanuvchi tug‘ma imkoniyatlar ham bor, albatta. Lekin bu tug‘ma imkoniyatlar mehnat, hayot tajribasi, jamoatchilik bilan qilingan aloqalar tufayli sayqal topadi, e’tiqodga aylanadi. Shu sababli Yurtboshimiz ma’naviyatning ijtimoiy mohiyati haqida u «Insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi», degan chuqur falsafiy fikrni bildirgan edi.
Ikkinchidan, Przident Islom Karimov o‘z asarlarida ma’naviyat insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat, millat, shaxs taraqqiyoti va kamolotining asosiy omili ekanligini ham ishonarli dalillar bilan ko‘rsatib o‘tgan. Ma’naviyat insonga faqat mohiyatgina emas, balki muayyan maqsad hamda kelajakka qat’iy ishonch, katta umid va kuch-qudrat ham baxsh etadi. Inson aqli, qo‘li bilan nimaiki yaratmasin, uning zamirida ma’naviyat yotadi. Ma’naviyat tajriba, amaliy malaka va tafakkurning in’ikosi shaklida namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, shaxs ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining kurtagi, bir bo‘lagidir. Shaxs ma’naviy kamoloti odamlarning ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlari, jamiyat hayotidagi sharoit va imkoniyatlar asosida shakllanadi. Ma’naviyat inson, xalq, davlat va jamiyatning tub omillarini nazariy-falsafiy tahlil etishning yuksak ifodasidir.
To‘rtinchidan, ma’naviyat odamlarning yuksak axloq-odob me’yorlari, huquqiy mezonlar, adolatli mafkuraviy e’tiqodga asoslangan insonparvarlik va halollik bilan sug‘orilgan munosabatlarining ham asosidir. Jamiyatda inson boshqa insonlarsiz yashay olmaydi. Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, ahillik va samimiy muloqotga intilishning ehtiyoji ham ma’naviyatning ko‘rinishidir. Hatto jamiyatning o‘zi ham kishilar o‘rtasidagi yuksak ma’naviyatga asoslangan o‘zaro munosabatlar ifodasidir.
Beshinchidan, Prezident Islom Karimov asarlarida olg‘a surilgan chuqur falsafiy-nazariy g‘oyalardan yana biri ma’naviy atning cheksizligi masalasidir. Ma’naviy atning mohiyati, uning qirralari va rivojlanish imkoniyatlari shunchalik kattaki, uni o‘lchab yoki poyoniga yetib bo‘lmaydi.
Har bir tarixiy davr, sharoit, ehtiyoj va imkoniyatlar ma’naviy atning yangi mezonlarini yaratadi. Bu mezonlar tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichlarida inson kamolotining yangi yo‘nalishlariga bo‘lgan ehtiyojning ifodasidir. Jamiyat oldinga qarab taraqqiy qilgani singari, uning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan ma’naviy kamolot ham uzluksiz davom etaveradi.
Oltinchidan, Yurtboshimiz ko‘rsatib o‘tganidek, ma’naviy kamolotning negizi ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq. Ma’naviy kamolotga intilish insonga xos fazilatdir. Bilim, amaliyot taraqqiyotining har bir bosqichi rivojlanishning oxirgi nuqtasi bo‘la olmaydi. Ma’naviy kamolotning har bir bosqichi aniq davrlarning o‘ziga xos ehtiyoj lari va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Taraqqiyot har qanday ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ehtiyojlarning ro‘yobga chiqishi esa taraqqiyotning yanada ilgarilab borishiga imkoniy at yaratadi. Ijtimoiy taraqqiyotning tub mohiyati bilan belgilanuvchi har qanday ehtiyoj inson faoliyatining maqsad va yo‘nalishlariga ham ta’sir etadi. Shuningdek, ma’naviyatning yangi cho‘qqilariga yetishish ehtiyoji shaxs va jamiyat kamolotining hal qiluvchi omilidir. Shu sababli ma’naviyat insonga havo bilan suvdek zarur.
Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekiston fuqarolarida shakllanayotgan yangi ma’naviy ehtiyoj - Vatanga muhabbat, tanlagan yo‘limiz va yurtimizning istiqboliga qat’iy ishonchdir. Istiqlol qo‘lga kiritilganidan so‘ng, biz o‘z kuchimiz, qudratimizga ko‘proq ishona boshladik, qadr-qimmatimizni teranroq angladik.
Ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyoj inson uchun moddiy ne’matlarni o‘zlashtirish, yeyish-ichish, kiyinishga nisbatan muhimroq. Negaki, ma’naviyat barqaror bo‘lmagan joyda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish madaniyati ham yuksak bo‘lmaydi. Yuksak ma’naviyat va aqliy salohiyat sohibi bo‘lgan kishilargina kelajakni oldindan ko‘ra olishga, har qanday og‘ir sharoitda ham yuksak maqsadlarga iymon va e’tiqod bilan intilishga qodir.
Tarixda bunga misollar ko‘p. Bir vaqtlar yaponlar Ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir sharoitlarda «oldin xalqning miyasini to‘ldirish kerak, shundan keyin uning qorni ham to‘yadi», degan umummilliy shiorga asoslanib ish ko‘rdilar. Ular mamlakat tarixidagi og‘ir va murakkab sharoitda milliy burch va mas’uliyat, vatanparvarlik tuyg‘usi targ‘ibotini kuchaytirdilar. Natijada o‘z burchi va mas’uliyatini anglash tez vaqt ichida mamlakatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylantirdi. Hozir O‘zbekistonda ham jamiyat taraqqiyotining ana shu muhim masalasiga katta e’tibor berilayotgani istiqbolimizning rejalari chuqur ilmiy asos va jahondagi ilg‘or tajribaga tayanganidan dalolatdir.
Bugun yurtdoshlarimizda mamlakat, millat oldidagi burch va mas’uliyat, vatanparvarlik, millatparvarlik, milliy ruh, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirishni davr talab etmoqda. Shuningdek, ona tilini rivojlantirish va uni hayotning barcha sohalarida kengroq, to‘laroq qo‘llash imkoniyatlarini izlash, Vatandan uzoqlashishni og‘ir judolik deb tushunish, tabiat muhofazasi, vijdon erkinligi mezonlariga rioya qilish, ijtimoiy adolatning milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan qoidalariga tayanib ish yuritish zarur. Ajdodlarimiz boshlagan ulug‘ ishlarni ochiq ko‘z va sog‘lom aql, davrning sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida rivojlantirish, har qanday sharoitda ham milliy manfaatlar ustuvorligini his qilish va ularni adolat, insonparvarlik, do‘stlik mezonlaridan chekinmay himoya eta bilish ham kerak.
Har qanday yangi jamiyat o‘z mafkurasi bilan vujudga keladi. Mafkurasiz jamiyat bo‘ladi, deyish jiddiy xatodir. O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy sohalarda bo‘lganidek, ma’naviy sohada ham o‘zining aniq yo‘liga ega bo‘lmog‘i kerak. Bu borada Prezidentimiz I. A. Karimovning: «Xalqimizning ma’naviy poydevori - bo‘lajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkam. Buni hech kim inkor qila olmaydi» 1, - degan fikrlari e’tiborga loyiqdir.
Demak, oldimizda turgan eng muhim masala milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Mafkura har bir jamiyatning o‘z ichidan xalq ma’naviyatining mahsuli sifatida o‘sib chiqmog‘i kerak. Ma’lumki, g‘oyalar majmuining muayyan tizimi mafkurani vujudga keltiradi. Mafkura jamiyatning turli sohalari haqidagi yangi ilmiy, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, huquqiy, diniy, badiiy, axloqiy qarashlarning yig‘indisidan iborat. Mafkura - dunyoqarashni tashkil etuvchi fikrlar va g‘oyalar majmui.
Jamiyat taraqqiyotini yuksak ma’naviyat va mafkurasiz tasavvur etish qiyin. Mafkura muvaqqat bo‘la olmaydi. U millatning uzoq taraqqiyoti istiqbollarini belgilab, hatto, uning pirovard maqsadlarini ham aniqlab berishi, qanday jamiyat quramiz, degan savolga ham to‘la javob berishi kerak. Millat mafkurasining shakllanishida milliy g‘urur katta ahamiyatga ega. Millatda o‘ziga xos g‘urur, faxrlanish hissi bo‘lmasa, Vatan va millat ravnaqiga ishonch, muhabbat paydo bo‘lmaydi. O‘zbek xalqi g‘ururi va faxrining hayotbaxsh ildizlari mavjud. Bular quyidagilar:
Vatanimizning buyuk, ko‘p ming yillik tarixiy o‘tmishida uning Sharq ma’rifatparvarligi, umuman jahon ma’naviyati tarixiga qo‘shgan hissasi;
ulug‘ vatandoshlarimizning jahon miqyosida tan olinishi, din, adabiyot va san’at daholarining borligi;
yurtimizda bebaho madaniyat, san’at va me’morchilik yodgorliklarining ko‘pligi;
o‘zbek xalqida o‘z ona tili, urf-odatlari va qadriyatlari bilan faxrlanish hissining paydo bo‘lganligi;
o‘zbek yerining serhosilligi, tabiat boyliklarining ko‘pligi, iqtisodiyotning mamlakat kuch-qudratini rivojlantirish imkoniyatlari;
O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi1.
Dunyoda sanoqli millatlargina insoniy at sivilizatsiyasiga o‘zining
munosib hissalarini qo‘shgan. O‘zbeklar ana shundaylar safidagi millatdir. Bu millat eski zamondan faxrlanib, yangi zamonga kurashlar orqali kirib keldi.
Yana bir jihat haqida to‘xtalib o‘tish zarur. Hech bir mafkura davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilmasligi lozim. U fikrlar, g‘oyalar va qarashlar majmuini o‘zida saqlab qolgan holda uyushmalar va partiyalarning o‘z fikrlarini erkin ifoda qilishlariga yo‘l ochib bermog‘i kerak. Har qanday g‘oya va ta’limot aniq maqsadga qaratilgani kabi har qanday mafkura ham ma’lum bir manfaatga bo‘ysungan bo‘ladi. Milliy mafkuramizning asosiy maqsadi insonparvar demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurishdek yagona umummilliy g‘oya atrofida fuqarolarni birlashtirishdan iborat.
Bizdagi milliy mafkuraning qudrati xalqimizning mo‘g‘ullarga qarshi mustaqillik uchun kurashgan Mahmud Torobiy va sarbadorlar harakatlarida yaqqol ko‘ringan edi. Amir Temur ana shu mustaqillik orzusini o‘zining harakatlarida mujassamlashtirdi. Xalq orzusini sun’iy yo‘l bilan vujudga keltirib bo‘lmaydi. Uni bo‘rttirib ko‘rsatish esa mafkuraga nisbatan xalq nafratini paydo qiladi. Rahbarning xalqdagi mustaqillik va vatanparvarlik g‘oyasini boshqa tomonga burib yuborib, sun’iy mafkurani yaratishi ham davlat uchun katta xavfni vujudga keltiradi. Xalq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda o‘ziga jasur yo‘lboshchi kerakligini his qildi. Ulamolar esa Amir Temurga fatvo berib, xalqni uning ketidan ergashish va to‘planishga chaqirdi.
Mo‘g‘ullar zulmidan ezilayotgan xalqlar Temurni bosqinchilardan ozod etuvchi haloskor sifatida kutib oldilar. Bu Amir Temur davlati barpo bo‘lishining asosi edi. Xalq ma’naviyatini Amir Temur yanada yuksaklikka ko‘tardi. Buyuk xalq esa markazlashgan va qudratli davlat atrofida birlashdi.
Bugun biz yangi davlat, yangi jamiyat qurayotgan ekanmiz, bu tizimdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va tafakkurida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar mutlaqo yangicha ma’no kasb etayotganining guvohimiz. Avvalo, shaxs bilan davlat, inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar batamom yangicha mazmun va shakl topishi, yangi qoida va prinsiplarga asoslanishi kerak. Bularning barchasi yangicha qadriyatlar va demokratik prinsiplarga, o‘z turmush va tafakkur tarzimizga mos, biz barpo etayotgan adolatli jamiyat talablariga javob beradigan munosabatlar bo‘lmog‘i darkor. Bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro jamiyat taraqqiyoti, uni o‘stirishga bo‘lgan o‘z munosabati va o‘rnini, kerak bo‘lsa, o‘z burchini ana shu asosda aniqlab olishi zarur.
Mamlakatda yashayotgan barcha xalqlarning manfaatlarini teng himoya qilish, milliy munosabatlarning barcha muammolarini qonunlar, sotsial adolat mezonlari asosida hal qilish respublika rahbariyati olib borayotgan ichki siyosatning eng muhim jihatlaridandir. Bu ham ma’naviyatning ko‘rinishlaridan biri.
Bugungi kunda xalqimiz millatlararo ahillik, fuqarolar totuvligini avaylab-asrab, demokratik prinsiplar asosida milliy davlatchilikni komil ishonch bilan tiklamoqda. Ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar xilma-xilligi asosida rivojlanib bormoqda. Bu sharoitda, Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi darajasigacha ko‘tarilmasligi kerak. Ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, e’tiqod, bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan xalq mafkurasi umummilliy mafkura bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy turmush tarziga, tili, dili va ruhiyatiga asoslanib kelajakka yuksak ishonch, mehr-oqibat, ma’rifatni ongimizga singdirishga xizmat qilishi, ulug‘ maqsad yo‘lida hammamizni ruhan birlashtiruvchi vosita bo‘lishi aniq.
Davlatning qudratini oshirishda iqlim sharoitlari va tabiiy boyliklarning ham ahamiyati bor. Lekin bu mas’uliyatli vazifani hal qilishdagi asosiy omil
yuksak ma’naviyatli insonlardir. Agar yetuk ma’naviy omil bo‘lmasa, tabiiy boyliklari benihoya ko‘p mamlakat ham rivojlangan ma’naviy kamolotning eng yuqori cho‘qqisi - hozirgi zamon fani, texnikasi, texnologiyasi, madaniyati borasidagi yutuqlarni to‘liq egallash, milliy meros va qadriyatlarni ular bilan bog‘lagan holda yangi bosqichga ko‘tarolmaydi. Buning uchun yoshlar chuqur zamonaviy bilimga, yetuk malakaga ega bo‘lishlari zarur. Xalq ta’limini rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash borasidagi tadbirlar O‘zbekiston davlati olib borayotgan siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanganligining sababi ham ana shunda. Yoshlarni bilim olishga da’vat etish ham hozirgi kunda amalga oshirilayotgan mafkuraviy ishlar tizimiga kiradi.
Binobarin, milliy g‘oya va mafkura qoidalarini yoshlar ongiga muvaffaqiyatli singdirish barcha murabbiylarning o‘z vazifalariga vijdonan, mas’uliyat bilan ijodiy yondashishlariga bog‘liq.
Bozor munosabatlari sharoitida madaniyatni rivojlantirish muammolari
Insoniy atning ko‘p ming yillik tarixida boshlanayotgan yangi XXI asr madaniyat asri sifatida maydonga kelmoqda. U kelgusida mamlakatlar taraqqiyotini belgilashning bosh mezoni bo‘lib xizmat qiladi, deyish mumkin. Buning sabablari ko‘p bo‘lib, quyida ularning ayrimlariga to‘xtalamiz.
Birinchidan, madaniyatsiz jamiyat rivojlana olmaydi. Madaniyatning tarkibiy qismlari bo‘lmish ilm va ma’rifat taraqqiyotning negizidir. Zamonaviy yo‘llar, binolar, zavod-fabrikalarni qurish uchun uni yaratuvchilariga, eng avvalo, madaniy saviya, aqliy salohiyat, tarixiy tajriba kerak bo‘ladi. Savodsiz, chuqur bilimga ega bo‘lmagan odam hech bir sohani rivojlantira olmaydi. Madaniy saviyasi sayoz me’mor hech qachon yaxshi loyiha yarata olmaydi. Iqtisodiy taraqqiyotni rivojlantirish uchun ham bilim, tajriba, jahon ilm-fan yangiliklari va ishlab chiqarish texnologiyasi sirlaridan xabardor bo‘lish lozim. Demak, moddiy taraqqiyot uchun ham, iqtisodiy taraqqiyot uchun ham yuksak ma’naviyat va madaniy rivojlanish zarur. Shu bois ham madaniyat jamiyat rivojining darajasini belgilovchi mezon.
Ikkinchidan, madaniyat barcha sohalarda ravnaq topmasa, hayot farovon bo‘lmaydi. Madaniyat - hayotning bir sohasigina emas. U ilmu fan, adabiyot va san’at bilan cheklanib qolmaydi, balki inson hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘ladi. Ya’ni siyosiy sohada - siyosiy madaniyat, yuridik shaxslar va tartibni saqlash xodimlari uchun - huquqiy madaniyat, tabiatni saqlash uchun - ekologik madaniyat, ishlab chiqarishda - mehnat madaniyati, qishloq xo‘jaligida - agrar madaniyat, aholining bo‘sh vaqtini taqsimlashda - dam olish madaniyati, uy-ro‘zg‘orda - turmush madaniyati, kundalik turmushda - kiyinish va muomala madaniyati, muomalada - nutq madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi va h.k. Hattoki, madaniyati yetarli bo‘lmagan ishchi yetishtirgan mahsulot ham xaridorga manzur bo‘lmaydi.
Uchinchidan, madaniyatsiz jamiyatda vahshiylik ildiz otadi. Shu sababli mamlakatlar taqdiri ma’naviyatli rahbarning boshqarishiga bog‘liq bo‘ladi. Demak, jamiyatdagi madaniy omillar - ilm, ma’rifat, adabiyot va san’at, din va mafkuraning taraqqiyoti mamlakat taraqqiyotini belgilaydi.
To‘rtinchidan, madaniyat zavol topgan joyda urush-janjallar boshlanadi. Tarixdan ma’lumki, yovuzlikka qarshi ezgulik, yomonlikka qarshi yaxshilik, zulmatga qarshi esa ziyokorlik doimo kurash olib borgan va adolat g‘olib kelgan. YUNESKOning Toshkentda o‘tgan sessiyasida Prezidentimiz: «Men madaniyat va ma’rifat dunyoni jaholat va vahshiylikdan, diniy va milliy ekstremizmdan, etnik qarama-qarshilik, mintaqaviy mojaro va urushlardan saqlay olishiga ishonaman» 1, - degan edi.
Beshinchidan, ma’naviy madaniyatsiz insoniyat o‘zligini yo‘qotadi. Insoniyat qanchalik ilgarilab taraqqiy esa, unga shunchalik yuqori darajadagi madaniyat kerak bo‘ladi.
Har qanday inson ma’naviy ravnaq topmasdan yuksak madaniyatli bo‘lishi mumkin emas. Ma’naviyatsiz esa madaniyat bo‘lmaydi. Mustaqilligimizning tobora mustahkamlanishi respublikaning har bir sohada o‘z yo‘lini tanlab olish imkonini beradi. Biz bugungi kunda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlab ola bilgan millatmiz. Yangi iqtisodiy taraqqiyot davrida har bir millat oldida o‘zligini saqlab qolish uchun milliy madaniyatni rivojlantirish vazifasi turadi. Milliy madaniyatning rivojlanishida milliy mentalitet katta o‘rin tutadi.
O‘zbek milliy mentaliteti hech qachon milliy nigilizm botqog‘iga botgan emas. Milliy madaniyatimizning o‘ziga xosligini saqlash va tiklashga alohida e’tibor berishimiz kerak. Shuningdek, milliy o‘zlikni anglash jarayonida milliy madaniyatimiz jahon madaniyati va umumbashariy qadriyatlar ideallaridan hamda ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas.
Demak, jamiyat madaniyatining shakllanishida milliy ma’naviyat, milliy g‘oya, milliy mentalitet bilan birga, zukkolik, intellektual faollik, axloqiy yetuklik, shaxsning huquqiy bilimlarni egallashi va madaniy saviyasining yuksakligi asosiy o‘rin tutadi. Mustaqillik bizga ana shunday imkoniyatlarni yaratib berdi.
Mustaqillik tufayli madaniy ne’matlar va ashyolar ishlab chiqarish, madaniyatni boshqarish, ma’naviy boyliklarni taqsimlash va iste’mol qilish, umumjahon madaniy boyliklaridan bahramand bo‘lish, milliy fe’l-atvor, milliy madaniyat, milliy turmush tarzini shakllantirish, vatandoshlarimizda milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, dunyoqarash, milliy o‘zlikni anglash imkoniyatlari yaratildi. Ayni vaqtda, milliy madaniyatimiz o‘ziga xos tarzda rivojlanib bormoqda.
Mustaqillik yillarida madaniyatga yondashuvda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Uning mazmunini umuminsoniy qadriyatlar, milliy manfaat, ma’naviylikning mafkuradan xoliligi, davlat siyosatida ma’naviyat va maorifning ustunligi tashkil etadi. Agar sovet davrida madaniyat sohasi davlat budjetidan ta’minlangan bo‘lsa, mustaqillik sharoitida bu ishlar to‘rtta manbadan, ya’ni davlat budjeti, homiylar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar, madaniyat muassasalarining tijorat faoliyatidan ta’minlanmoqda.
Shunga qaramay, madaniyat sohasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat budjetining o‘rni ham tobora ortib bormoqda. Buni tushunsa bo‘ladi, chunki O‘zbekistonda madaniyat sohasiga kiruvchi muassasalar, madaniy yodgorliklar va inshootlar behisob. 1992 yilda respublikada 9310 ta madaniyat yodgorligi qayd qilingan bo‘lsa, ulardan 6721 tasi davlat muhofazasida. 90-chi yillarning boshida 62 ta muzey ishlab turgan. 1992 yilning o‘zida bu muzeylarni 2,2 million odam ziyorat qilgan.
Mustaqillik yillarida badiiy qimmatga ega bo‘lgan madaniyat obidalarini ta’mirlash ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Qabul qilingan «Meros» dasturi orqali yangi madaniy inshootlar qurilishi va bor obidalarni qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar, birinchi navbatda, tarixiy shaharlar - Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qarshi, Toshkent va boshqa joylarda olib borilmoqda. Agar 1990 yilda tarixiy obidalarni tiklash ishlariga 12,4 mln. so‘m sarflangan bo‘lsa, bu raqam 1996 yilda 643,6 mln. so‘mni tashkil qildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy mamlakatlar ham sarmoya ajratmoqdalar. Masalan, Samarqanddagi Qusam ibn Abbos madrasasini ta’mirlashga Iordaniya hukumati 100 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratdi.
Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mahalliy budjetlarning ulushi ham ortib bormoqda. Masalan, 1994 yilda respublika budjetidan bu ishlarga 64 129,2 ming so‘m ajratilgan bo‘lsa, mahalliy budjetlardan 92 479 ming so‘m ajratildi. Shu pullardan 30 573,9 ming so‘mi teatr-konsert tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 62 154 ming so‘mi o‘quv muassasalari tarmog‘ini mustahkamlashga sarflandi 1.
Shuni nazarda tutish kerakki, 1998 yilda respublikada 9 538 ta madaniyat muassasasi bor edi. Ulardan 53 tasi teatr-konsert, 3 458 tasi madaniy- ma’rifiy, 27 tasi o‘quv muassasasi edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni asbob-uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlash nihoyatda mushkul bo‘ldi. Shunga qaramay, bu muassasalarni moddiy ta’minlovchi davlat va mahalliy organlar bevosita shu ish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Prezidentimiz I. Karimovning 1996 yil 31 dekabrdagi «Musiqa tahsilini yaxshilash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, o‘quv yurtlariga 6,5 ming dona musiqa anjomlari ajratildi.
Madaniy oqartuv muassasalarini ta’minlanishda sezilarli o‘zgarishlarga qaramay, bu sohada ham yechilmagan muammolar mavjud. Ayniqsa, kutubxonalarni kitoblar bilan ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda. Agar 1991 yilda respublika kutubxonalari fondida 5 mln. 189 ming 100 nusxadan iborat kitob bo‘lgan bo‘lsa, 1998 yilda bu ko‘rsatkich 1 mln. 802 ming 700 nusxani tashkil etdi. 1996 yilda har bir qishloq kutubxonasiga o‘rta hisobda 1,5 ta kitob ajratilgan. 1997 yilda 1084 kutubxona ta’mirtalab holatda edi, shulardan 163 tasi avariya holatiga kelib qolgan edi 1.
Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga va ko‘rsatishga alohida e’tibor berilishi kerak. Shuningdek, milliy o‘zini o‘zi anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko‘p millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib qolishi mumkin emas.
Milliy tiklanish g‘oyasining asosiy vazifasi oldin o‘tgan voqealar va tarixda alohida o‘rin tutgan ayrim shaxslarni, eski tizimni tanqid qilishdan iborat emas. Maqsad - iqtisodiy va madaniy taraqqiyotimizga to‘sqinlik qilayotgan barcha illatlardan tezroq qutulib, rivojlanish yo‘liga chiqib olish. Milliy g‘oyaning vujudga kelishida o‘zbekona fe’l-atvor katta ahamiyatga ega. Xalqimiz ongida insof va diyonat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash zarur. O‘shanda turmushimizda uchrab turgan dilni siyoh qiluvchi voqealarning barham topishiga erishamiz.
Madaniyatning ma’naviy jihatlaridan biri - dunyoqarash. Insonning ilmiy dunyoqarashi madaniyatni ilmiy boshqarish jarayonidagina shakllanadi. Madaniyatning ijtimoiy turmushdagi ma’naviy omillari estetik did va estetik madaniyatdir. Estetik did voqelikdagi, ya’ni tabiat va insondagi go‘zallikni, nafosatni chuqur idrok etish, uni baholash, undan zavqlanish, o‘zida go‘zallikni chuqur his qila olishni shakllantirish ko‘nikmasining majmuidan iborat bo‘lsa, estetik madaniyat estetik did orqali his etilgan va baholangan g‘oyalarni amaliy hayot talablari bilan bog‘lashdir. Zero, milliy xususiyatlar estetik did va estetik madaniy atda yanada aniqroq ko‘rinadi. Inson ichki tuyg‘ulari, ehtiyojlari va hayotga munosabatini ifodalagani uchun millatga xos betakror belgilar odamlarning estetik didi va madaniyatida aks etib turadi.
Shu sohadagi ulug‘vor vazifalardan biri ta’lim va tarbiya tizimini isloh qilishdan iborat. U respublikada quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchidan, ta’lim tizimini yangi, ya’ni bozor sharoiti talablariga moslashtirish;
ikkinchidan, mustaqillik tufayli milliy va tarixiy qadriyatlarning tiklanish imkoniyatlarini ta’lim tizimiga yoyish;
uchinchidan, tayyorlanayotgan kadrlarning malakasini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish.
Shu munosabat bilan ta’lim quyidagi bosqichlarda amalga oshirilmoqda:
maktabgacha ta’lim - uch yoshdan olti yoshgacha;
boshlang‘ich ta’lim 1-4-sinflarni o‘z ichiga oladi, o‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi;
umumiy ta’lim - 5-9-sinflar doirasida bilim beriladi;
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi - o‘qish muddati uch oydan kam bo‘lmagan akademik litseylar, kasb-hunar letseylari, kollejlar;
oliy mutaxassislik ta’limi - odatda, 18-19 yoshdan boshlanib, kamida 4 yil davom etadi.
Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavrlik hamda magistraturaga bo‘linadi. Bakalavrlik muayyan yo‘nalish bo‘yicha bazaviy ta’lim berish demakdir. Unda o‘qish muddati kamida 4 yil davom etadi, u oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy kasbiy ta’lim bo‘lib, bakalavrlik negizida yana 2 yil davom etadi. Yakuniy kvalifikatsiya davlat attestatsiyasi va magistrlik diplomini himoya qilish bilan yakunlanadi;
aspirantura - nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi.
Doktorantura - doktor ilmiy darajasi uchun 3 yil davom etadi. Dissertatsiya himoyasidan keyin fan doktori ilmiy darajasi beriladi.
Qo‘shimcha kasbiy ta’limga qayta tayyorlash va malaka oshirish kiradi.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish uni bosqichma- bosqich o‘tkazish prinsipi asosida olib boriladi.
Birinchi bosqich - 1997-2001 yillar. U 4 yil mobaynida joriy etildi. Bu bosqichda quyidagi vazifalar bajarildi: milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi; yangi talablarga javob beradigan pedagogik kadrlarni tayyorlash; o‘quv standartlarini yaratish va yangi o‘quv dasturlari ustida ishlash; umumta’lim maktablarini tuzilishi jihatdan qayta qurish; uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy himoyalash, kafolatlash.
Ikkinchi bosqich - 2001-2005 yillarni o‘z ichiga olib, bunda milliy dastur keng miqyosda to‘liq amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich - 2005 yildan keyingi yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘plangan barcha tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida kadrlar tayyorlash tizimi umumlashtiriladi. Hozir davlatimiz jahon davlatlari bilan birgalikda ta’lim va tarbiya tizimini davr talablari darajasida takomillashtirish borasida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.
Respublikada «Kamolot», «Umid», «Ulug‘bek» yoshlar jamg‘armalari, «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Jahon adabiyoti» jurnalining tashkil qilinishi, «Sharq taronalari» xalqaro festivalining Samarqandda o‘tkazilayotgani keng jamoatchilikning katta qiziqishini uyg‘otmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistondagi 59 ta oliy, 258 ta o‘rta maxsus, 75 ta kollejlarda jami 360 ming nafar talaba bilim olmoqda.
Mustaqillik sharoitida yashash va ishlash respublikamizdagi har bir inson qalbini g‘ururga to‘ldirish bilan birga, ularga ulkan mas’uliyat ham yuklaydi.
Respublika ilmiy jamoatchiligi oldida turgan asosiy vazifa ma’naviy hayotimiz, ilm-fan rivoji va barcha izlanishlarimizni eski mafkura qoldiqlaridan xalos etish, tozalashdir. Respublika ilmiy jamoatchiligi ustuvor soha - madaniyat va uning milliy manbalari, o‘zlikni anglash, estetik didni tarbiyalash, ta’lim va tarbiyani isloh qilish yo‘lidagi harakatlarda ongli, vijdonan ishtirok qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
17-ma’ruza
O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI MUNOSABATLARI
1. O‘zbekiston tashqi siyosatining prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari
XX asrning oxirlariga kelib, yer yuzidagi siyosiy vaziyat tubdan o‘zgardi. Bu, birinchi navbatda, qudratli davlat - AQSH bilan muvozanatni ushlab turishga uringan sobiq Sovet Ittifoqining parokandalikka uchrab, tarqalib ketishi bilan bog‘liq. Sobiq SSSR hududida bir qancha mustaqil mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston davlati dunyoga keldi. Endilikda ushbu mustaqil davlatlar jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topish, xalqining oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashqi siyosat yuritmoqdalar.
Mustaqillikka erishgan har bir davlat o‘z tashqi siyosatini amalga oshirar ekan, unga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni chuqur o‘rganish, tahlil qilish, undan kelib chiqadigan maqsadlar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalardan davlatlarning o‘zaro muloqoti qonun-qoidalari va yo‘nalishlarini aniqlab olishi kerak. Xalqaro miqyosda o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan davlatlar uchun bu juda murakkab jarayon, albatta. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Prezident buni tan olgan va ta’kidlagan edi. «O‘zining xalqaro obro‘-e’tiborini qozonish va mustahkamlash, xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida o‘zini qaror toptirish uchun ko‘p ishlarni qilish, ba’zida esa umuman boshidan boshlashga ham to‘g‘ri keladi»1.
Haqiqatan ham endigina mustaqillikka erishgan O‘zbekiston uchun juda ko‘p ishlarni boshidan boshlashga to‘g‘ri keldi. Chunki sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatning subyekti bo‘la olmas edi. Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatning oldida ko‘zbo‘yamachilik, rasmiyatchilik yuzasidangina tuzilgan bo‘lib, u hech bir tashqi muammoni mustaqil hal qilish huquqiga ega emas, bu borada tajribaga ham ega emas edi. Shu sababli O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatishi tashqi siyosat prinsiplari va asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish bilan birga olib borildi.
Tashqi siyosatning prinsiplari va yo‘nalishlarini aniqlashga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatdi.
Birinchidan, tashqi siyosat davlat ichki siyosatining mantiqiy davomi bo‘lib, mamlakat oldida turgan muhim vazifalarni samarali bajarish uchun qulay sharoit yaratish demakdir.
Shu maqsaddan kelib chiqib, tashqi siyosat oldida uchta muhim vazifa turadi. Bular quyidagilar:
o‘tish davrini boshidan kechirayotgan respublikada mavjud siyosiy barqarorlikka tashqaridan bo‘layotgan tahdidining oldini olish va shu orqali islohotlarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish;
uzoq vaqt davomida ma’muriy buyruqbozlikning bir elementi sifatida iqtisodiy jihatdan «Markaz»ga qaram bo‘lib, inqirozga uchragan respublika ishlab chiqarishiga jahonning ilg‘or texnika va texnologiyasi yutuqlarining kirib kelishi uchun imkon yaratish;
O‘zbekiston aholisining chet ellar bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ehtiyojlarini qondirish uchun keng yo‘l ochib berish.
Ikkinchidan, respublikaning tashqi siyosatiga O‘zbekistonning dunyo xaritasidagi geostrategik joylashuvi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu qadim zamonlarda ham karvon yo‘llarining yerimizdan o‘tishiga imkon yaratgan, dunyo mamlakatlarining o‘zaro savdo va madaniy aloqalarida ko‘prik yo‘li vazifasini o‘tagan. Bugungi kunda ham O‘zbekiston bu sohada O‘rta Osiyoda yetakchi o‘rin tutadi. Shu bilan birga, hududimizning dengiz yo‘llaridan uzoqda joylashganligi savdo va madaniyat sohasida aloqalar o‘rnatish imkoniyatlarini cheklaydi va birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olib, mustaqillikka erishilganiga bir yil to‘lmasdanoq Prezident I. A. Karimov boshchiligida O‘zbekiston tashqi siyosatining yo‘llarini aniq belgilashga qaratilgan prinsiplar ishlab chiqildi. Ular
A. Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li»: asarida o‘z aksini topdi. Bu prinsiplar quyidagilar:
o‘zining milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgani holda, o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
odamlar va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish uchun kurashish;
inson huquqlari, hujum qilmaslik, nizoli masalalarni hal etishda kuch ishlatishdan va kuch ishlatib tahdid qilishdan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarni tan olish;
respublikaning tashqi siyosatini teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida qurish;
tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinsiplarini ro‘yobga chiqarishga va mafkuraviy qarashlaridan qat’i nazar, barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalar o‘rnatishga intilish;
O‘zbekiston ichki milliy qonunlarida xalqaro huquq normalarining ustunligini tan olish;
O‘zbekistonning to‘la ishonch prinsiplari asosida ikki tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatishi va rivojlantirishi, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qilishi.
Prinsiplar haqida gap ketganda, bir narsaga e’tiborni qaratish kerak. U ham bo‘lsa, bu prinsiplarning respublika uchun mutlaq yangilik emasligi. Ular uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlarda sinovdan o‘tgan, amalda qo‘llanib kelayotgan prinsiplardir. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga doimiy
a’zo bo‘lib kirmoqchi ekan, oldindan o‘rnatilgan tartibni tan olishi va unga bo‘ysunishi shart. Lekin bu - masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa, O‘zbekiston milliy davlat manfaatlarining ustunligini yodda tutadi va mustaqil davlat qiyofasini yo‘qotmaslikka harakat qiladi. Buni I. A. Karimov alohida qat’iyat bilan ta’kidlagan: «Agar, - deydi u, - integratsiya mamlakatimizning ozodligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini cheklab qo‘ysa yoki qandaydir mafkuraviy majburiyatlar bilan bog‘lansa, u holda chetdan olib kelinadigan har qanday integratsiya biz uchun nomaqbul» 1.
Yuqorida sanab o‘tilgan prinsiplar u yoki bu shaklda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qayd qilingan. Uning 17-moddasida Respublikaning «tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga» asoslanganligi aytiladi. Bu qoidalar O‘zbekiston tashqi siyosatining yo‘nalishlarini aniqlashga asos bo‘ladi. Yo‘nalishlar esa manfaatlar, iqtisodiy, madaniy, tarixiy, milliy va diniy an’analar ta’sirida shakllanadi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari xususida so‘z yuritganda, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlash haqida g‘amxo‘rlik qilish xususida to‘xtalish lozim. Chunki har qanday islohot va taraqqiyotning negizida tinchlik va barqarorlik yotadi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mavjud imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanib, bu omillarning qaror topishi uchun kurashyapti.
Tashqi siyosatning ikkinchi muhim yo‘nalishi O‘zbekiston iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, jahon standartlari darajasiga ko‘tarish masalasi bilan bog‘liq. Bunda tashqi siyosat O‘zbekistonga jahonning eng ilg‘or texnikasi va texnologiyalari, chet el investitsiyalarining kirib kelishiga va respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmog‘i lozim. Bu borada O‘zbekiston ulkan salohiyatga ega bo‘lib, uni jahon hamjamiyatiga ko‘rsata bilish kerak. Shuningdek, bozor munosabatlarini shakllantirayotgan O‘zbekiston uchun bu sohada ulkan yutuqlarga erishgan va rivojlangan mamlakatlarning tajribasi alohida ahamiyatga ega. Uni o‘rganish va amalda qo‘llash iqtisodimizni yuksaltirishning muhim garovi bo‘ladi.
Ma’lumki, milliy totuvlik har qanday mamlakat barqarorligining asosidir. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi ko‘pmillatli davlat uchun bu juda dolzarb masala. Buning ustiga mamlakatimizda istiqomat qilayotgan qozoq, turkman, qirg‘iz, rus va boshqa millat vakillarining asosiy qismi boshqa davlatlarning tub aholisini tashkil qiladi. Ular o‘rtasidagi qarindosh-urug‘chilik, qon- qardoshlik munosabatlari doimo davom etib turishini ta’minlash lozim. Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan o‘zbeklarning milliy ehtiyojlarini qondirish O‘zbekiston bilan bog‘liq. Bundan tashqari, tili, urf-odatlari, ma’naviyati, milliy an’analari o‘xshash bo‘lgan turkiy xalqlar borki, ular doimo bir-biriga yaqinlashishga, umumiy muammolarni birgalikda hal qilishga intiladilar. Bularning barchasi davlat tashqi siyosatining muhim muammolaridir.
Sharqda qadim-qadimdan madaniy aloqalarga juda keng o‘rin berilgan. Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Eron va Arab mamlakatlarining madaniyatlari o‘zaro uyg‘unlikda shakllangan, bugungi kunda ham ularning bir-biriga ta’siri katta ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Bu xalqlar madaniy va ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishi har qanday taraqqiyotning negizini tashkil qiladi. Ushbu muammolarni hal qilishda tashqi siyosat katta ahamiyat kasb etadi.
Tashqi siyosatning yana bir yo‘nalishi diniy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. O‘zbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Shu sababli musulmon mamlakatlaridagi ba’zi muqaddas obidalarni ko‘rishni, xususan Makkaga haj safari qilishni har bir musulmon orzu qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida ham islom qadriyatlari bilan bog‘liq joylar mavjud, ularni ziyorat qilishni chet ellik musulmonlar o‘zlari uchun sharaf deb biladilar. Bularning barchasini xalqaro huquqning normalari asosida tashkil qilish ham tashqi siyosatning vazifalaridandir.
Respublika oldida ko‘ndalang turgan eng dolzarb muammolardan biri - Orol muammosi. Bu masala Orol dengizi atrofidagi davlatlargagina emas, balki jahon hamjamiyatiga ham taalluqlidir. O‘zbekiston jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning e’tiborini Orol fojiasiga qaratishni o‘zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi va shu yo‘nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarning hal qilinishi aloqa-transport kommunikatsiyalarining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Savdo-sotiq, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalarni mustahkamlashning eng yaqin va qulay yo‘llarini izlab topishning o‘zi siyosatning alohida muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
Tashqi siyosatning bulardan boshqa yo‘nalishlari ham bo‘lishi mumkin. Ular obyektiv zarurat tufayli paydo bo‘ladi, rivojlanadi va ehtiyoj yo‘qolgach, o‘z-o‘zidan qolib ketadi.
Xullas, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati sinovdan o‘tgan xalqaro prinsip va normalarga rioya qilishi bilan birga, milliy manfaatlarning ustunligiga asoslanadi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi turlicha ko‘rinishga ega. Ulardan biri xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishdir. Jahondagi eng nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bilan mustahkam aloqalarning o‘rnatilishi respublikamiz uchun alohida ahamiyatga ega.
yilning 2 martida O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 46-sessiyasida ovozga qo‘yilmasdan, yakdil ma’qullash asosida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu bilan respublika xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning to‘laqonli subyektiga aylandi. Prezident I. A. Karimov ta’biricha, «Birlashgan Millatlar Tashkiloti - bu barcha davlatlarning, mintaqalarning va butun jahon hamjamiyatining eng muhim muammolarini muhokama qilish va yechish uchun tuzilgan noyob tashkilotdir»1.
Bugungi kunda jahonning 185 ta mamlakati BMT a’zosi hisoblanadi. Ularning har biriga o‘zining jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni va to‘lov qobiliyatiga mos keladigan darajadagi badallar belgilangan. O‘zbekistonning to‘laydigan badali respublika milliy daromadining 0,13 foizini tashkil etadi. 1998 yilda O‘zbekistonning badali 840 ming AQSH dollarini tashkil etdi 2.
1993 yil 24 oktabrda Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi. Bu vakolatxona tarkibiga BMTning Taraqqiyot dasturi (PROON), Axborot va ijtimoiy aloqalar bo‘limi, Narkotik moddalarga qarshi kurash bo‘limi (YUNDKP), BMTning Fan, madaniyat va ta’lim masalalari bo‘limi (YUNESKO), Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi vakolatxonasi, BMT Bolalar jamg‘armasining vakolatxonasi (YUNISEF), Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Ko‘ngillilar dasturi (DOON) va bir qancha tashkilotlar hamda vakolatxonalar kiradi. BMTning ana shunday keng imkoniyatlaridan O‘zbekiston ham foydalanishga intilib kelmoqda.
Prezident I. A. Karimovning e’tirof etishicha, «...biz o‘zimizning bunday obro‘li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e’tiborini qaratish imkoniyati deb bilamiz, faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan - oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib, to tinchlik o‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ega». Mazkur imkoniyatdan foydalanishni nazarda tutib, Prezident I. A. Karimov o‘zining BMT Bosh Assambleyasining 48-(1993 yil sentabr) va 50-(1995 yil oktabr) sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida bir qancha aniq takliflarni aytdi. Ularni quyidagicha umumlashtirish mumkin, ya’ni Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va hamkorlik masalalari yuzasidan BMTning seminarini chaqirish; Markaziy Osiyoni yadrosiz mintaqa deb e’lon qilish; BMT Xavfsizlik kengashi huzurida vujudga kelib turgan xalqaro nizolarni tahlil qilish va buning uchun maxsus guruh tashkil etish; Markaziy Osiyoda narkobiznesga qarshi birgalikda kurash olib borish uchun BMTning mintaqaviy komissiyasini tashkil etish; Orol bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish va boshqalar.
Ana shu barcha takliflarning natijasi o‘laroq, O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yilning sentabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 dan ortiq mamlakatlari, shu jumladan AQSH, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya,
Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtirok etdilar. Seminarda uchta muhim muammo - Markaziy Osiyoda mustahkam xavfsizlik tizimini yaratish; iqtisodiy hamkorlik va infratuzilmali kommunikatsiyalar; iqtisodiy xavfsizlik tizimini yaratish va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi va muayyan takliflar bildirildi.
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining tashabbusi bilan Toshkentda «Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli mintaqa» mavzuida xalqaro konferensiya chaqirildi. Konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik, Islom konferensiyasi tashkiloti hamda boshqa 50 dan ortiq davlat va xalqaro tuzilmalarning vakillari qatnashdilar. Ushbu anjumanning siyosiy ahamiyatiga baho berib, Prezident I. A. Karimov shunday degan edi: «Mazkur konferensiya Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi xavf va tazyiqlarga qarshi turish borasidagi yakdillik bilan qilinayotgan sa’y- harakatlarining dastlabki natijasidir. Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilish tashabbusi - Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik, barqarorlikni hamda bu mintaqada istiqomat qilayotgan kishilarning tinchligini ta’minlash, mintaqani barqaror rivojlantirish va gullab-yashnatish borasidagi manfaat va maqsadlari mushtarakligining yangi bir ko‘rinishidir» :.
Respublikaning BMT bilan hamkorligi faqat bu masalalar bilan tugamaydi. Bu uzluksiz jarayon bo‘lib, unda iqtisodiy, inson huquqlari va boshqa bir qancha muammolarni hal qilish borasida hamkorlik qilinamoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 90 dan ortiq xalqaro shartnomalar va konvensiyalarga, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha 38 ta konvensiyaga qo‘shildi. BMT Kotibiyati ajratib bergan 22 ta asosiy bitim va konvensiyalardan 19 tasini O‘zbekiston ratifikatsiya qildi. Ular orasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar, Iqtisodiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro bitimlar, Bolalar huquqlari, Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyalar bor .
O‘zbekiston BMTning turli sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ham hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu borada YUNESKO bilan hamkorlikka alohida o‘rin berilgan.
YUNESKO - BMTning fan, madaniyat, ta’lim va axborot sohalariga ixtisoslashgan tashkiloti. U universal xalqaro institut bo‘lib, jahon bo‘yicha fan, madaniyat va ta’limning milliy tizimlarini birlashtirib turadigan chinakam ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Ayni vaqtda ularni jahon intellektual taraqqiyoti tajribasi bilan boyitmoqda, butun insoniyatning boy ma’naviy merosidan xalqlarni bahramand etmoqda. Bu tashkilotga 183 ta davlat a’zo bo‘lib, u har yili 200 ga yaqin turli tadbirlar o‘tkazadi.
1993 yil 29 oktabrda YUNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekiston YUNESKOning a’zoligiga qabul qilindi. O‘tgan davr ichida O‘zbekiston YUNESKO rahnamoligida bir qancha ulkan tadbirlar o‘tkazdi. Jumladan:
1994 yil oktabrda Fransiyaning Parij shahrida Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi nishonlandi;
Xiva va Buxoro jahon madaniy qadriyatlari ro‘yxatiga kiritildi. Ularda 411 ta madaniy obyekt bor;
«Ipak yo‘li - muloqot yo‘li» deb nomlangan yirik ilmiy tadqiqot Markaziy Osiyoga alohida ahamiyat berib, amalga oshirilyapti;
Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi;
Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi Parij da keng miqyosda nishonlandi;
«Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» nomli olti jildli asar tayyorlanib, nashr qilinyapti. Uning to‘rt jildi bosilib chiqdi;
Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi;
davlat ta’limi siyosatidagi islohotlar borasida qiymati 215 ming AQSH dollar bo‘lgan ishlar bajarilyapti. Ularning natijalarini amaliyotga tatbiq qilishni «Osiyo taraqqiyoti» bankining 40 mln. AQSH dollari miqdorida kredit bilan ta’minlashi rejalashtirilgan;
Usmon Qur’oni va O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti «Sharq qo‘lyozmalari kolleksiyasi»ni YUNESKOning «Jahon xotirasi» registriga kiritdi.
yil 6 noyabrda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi Toshkentda o‘tkazildi. Uning yakunida O‘zbekiston Respublikasining taklifi bilan «Jahon madaniyati va a’zo mamlakatlarda YUNESKO faoliyati» deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada BMT Bosh Assambleyasi 2000 yilni xalqaro jahon madaniyati yili deb e’lon qilganligi munosabati bilan turli tadbirlarni o‘tkazish taklif qilindi1. O‘tkazilgan tadbirlar, birinchidan, O‘zbekistonning barcha sohalarda jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi xalqaro miqyosda tan olinganidan dalolat bersa, ikkinchidan, O‘zbekistonning istiqboliga va tezkorlik bilan rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Respublikamiz jahon hamjamiyatiga kirib borishida turli mintaqalarda joylashgan davlatlar va birlashmalar bilan aloqalarni rivojlantirayotgani ham muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar - Yevropa Ittifoqi, YEXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan hamkorlik qilmoqda. 1996 yil fevral oyida Yevropa Ittifoqi Kengashi bilan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi darajasida muzokaralar boshlandi. Iyul oyida esa Florensiya shahrida ushbu bitim imzolandi. Rossiyadan keyin ikkinchi bo‘lib Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
Yevropa Ittifoqi bilan sherikchilik va hamkorlikni O‘zbekistonning xavfsizligi va taraqqiy otini ta’minlashga qo‘shilgan yana bir hissa sifatida qarash lozim. Chunki imzolangan bitim sherikchilik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalar bilan bir qatorda siyosiy sohani ham nazarda tutadi, u munosabatlarni tashkil qilish va rivojlantirishning huquqiy negizini tashkil qiladi.
Yevropada muhim va katta mavqega ega bo‘lgan tashkilotlardan biri Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)dir. Bu tashkilot bilan O‘zbekistonning ham o‘zaro hamkorligi kengayib bormoqda. Tashkilot rahbarlari O‘zbekistonga muntazam tashrif buyurmoqdalar. 1996 yil Lissabon sammitida O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning ishtirok etishi O‘zbekistonning YEXHT bilan muzokaralarini rivojlantirishda asosiy voqea bo‘ldi 2.
Mazkur anjuman doirasida O‘zbekiston xavfsizlik masalasida o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Respublikamiz delegatsiyasining YEXHTning Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirish to‘g‘risidagi da’vati yaxshi qabul qilindi va u Lissabon deklaratsiyasida hujjatlashtirildi. Bu mintaqada tinchlikni saqlash, mojarolarning oldini olish niyatini ifoda etgan amaliy qadam bo‘ldi. Lissabon uchrashuvlarida xavfsizlik modelining jahon bo‘yicha bo‘linmasligi va ta’sir doirasining tengligi to‘g‘risidagi asosiy qoidani O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu uchrashuvlarda O‘zbekistonning mojarolar bo‘layotgan mintaqalarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.
yil sentabrda Toshkentda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining «Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar» mavzuidagi xalqaro seminar-kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda 21 ta mamlakat ekspertlarining 29 ta xalqaro va nohukumat tashkilotlaridan vakillar qatnashdilar. Seminar-kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropa Ombudsman instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari bo‘yicha masalalari ko‘rib chiqildi va turli maslahatlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yevropadagi boshqa nufuzli tashkilotlar, jumladan NATO bilan ham munosabatlarini rivojlantirmoqda. Prezident I. A. Karimovning ta’kidlashicha, «...o‘z tarkibida demokratik davlatlarni birlashtirib turgan NATO faqat Yevropa qit’asidagina emas, balki o‘zining siyosiy ustqurmasini mustahkamlash va «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturi hisobiga juda katta Yevroosiyo mintaqasida tinchlik o‘rnatuvchi omil bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturiga 1995 yil iyul oyida qo‘shilgan bo‘lib, bu dasturdagi ishtirokimizga o‘z mustaqilligimiz va suverenitetimizni mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy- texnikaviy yutuqlardan bahramand bo‘lish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarimizni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraymiz» 1.
NATO va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlik mavjud. O‘zbekiston 1995 yilda AQSHda, 1997 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan harbiy mashqlarda qatnashgani tufayli, o‘z ofitserlari va askarlarining harbiy- texnik tayyorgarligi mavqeini yanada ko‘tarishga erishdi.
Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu xalqlarning o‘zaro tarixiy, etnik-madaniy va ma’naviy-ruhiy yaqinligi iqtisodiy va gumanitar sohalardagi muammolarni samarali hal qilishga yordam beradi.
Turkiy tilli davlatlarning sammitlari (eng yuqori darajadagi davlat rahbarlarining uchrashuvlari) an’anaga aylanib qoldi. Hozirgacha bunday uchrashuvlardan beshtasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar chog‘ida fan, madaniyat, ta’lim, iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari sohalarida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilanyapti, ularni amalga oshirish yo‘llari ishlab chiqilyapti.
O‘zbekiston rahbariyati turkiy tilli davlatlarning har bir sammitida turli dolzarb muammolarni muhokamaga qo‘yish borasida tashabbuslar bilan chiqmoqda. Masalan, 1998 yil 9 iyunda Qozog‘istonda bo‘lgan uchrashuvda Prezident I. A. Karimov hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari uchun milliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘sib kelayotgan avlodni XXI asr talablari va muammolariga javob beradigan darajada har tomonlama tayyorlash eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlab, bu muammolarni hal etish uchun xalqaro tuzilmalarning resurs, imkoniyat va investitsiyalarini jalb etishni taklif qildi 2.
Ayni kunda turkiy tilli davlatlar o‘zaro hamkorlikda bir qancha muammolarni hal qilyaptilar. Jumladan:
Transkavkaz yo‘nalishi bo‘yicha Yevropa qit’asiga yo‘l ochilyapti;
yirik xalqaro konsorsiumlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish bo‘yicha birmuncha ishlar qilindi;
«Turkiston - umumiy uyimiz» g‘oyasining amalga oshirilishi natijasi o‘laroq Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil etildi;
atoqli arboblarning, mashhur eposlarning yubileylari va boshqa tarixiy voqealar birgalikda nishonlanyapti va h.k.
Bularning barchasi turkiy tilli xalqlarning tobora yaqinlashuviga yordam bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tomonlama aloqalardan tashqari, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga ham harakat qilyapti. Ayniqsa, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarga alohida e’tibor bermoqda. Bu borada, birinchi navbatda, O‘zbekistonga yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishi uchun imkoniyatlar yaratish nazarda tutilmoqda. Bu davlatlar bilan aloqalarni tashkil qilishda I. A. Karimovning ta’kidlashicha, bir prinsipga amal qilinyapti, ya’ni «O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz» \
O‘zbekiston ana shu maqsaddan kelib chiqib va o‘z manfaatlarini hisobga olib, barcha mamlakatlar bilan teng huquqli munosabatlarni amalga oshirmoqda. Bugungi kunda 10 milliard AQSH dollaridan ortiq (ular doim ko‘payib bormoqda) chet el sarmoyalari ishtirokida 200 dan ortiq investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston chet el investitsiyalarini respublikamizga jalb qilishning eng samarali yo‘li qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, deb hisoblaydi. Hozirgi kungacha dunyoning 80 ta mamlakati sarmoyalari ishtirokida tuzilgan 3200 dan ortiq qo‘shma korxona ro‘yxatga olingan. Bu hamkorlik natijasi yuqori sifatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga olib kelmoqda. Respublikada ishlab chiqarilgan an’anaviy mahsulotlar - paxta, rangli metall bilan birga kalava, benzin, avtomobil sotish yo‘lga qo‘yildi 1.
Mazkur yutuqlarning asosi respublika rahbariyati tomonidan chet el investitsiyalari kirib kelishiga huquqiy kafolatlarning yaratilishidir. Ushbu masala birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida muhokama qilingan va qator qonunlar qabul qilingan edi. Jumladan «Chet el investitsiyalari» hamda «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida»gi qonunlar investorlar uchun qo‘l keldi. «DEU» avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash, «Zarafshon- Nyumont» va shu kabi ko‘plab korxonalarning samarali faoliyati yuqorida yaratilgan kafolatlarning natijasidir.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishidagi yana bir muhim yo‘nalishi - MDH davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarning mustahkamlanayotgani bilan bog‘liq. Bu yo‘nalish muayyan xususiyatlarga ega. Chunki sobiq Ittifoq davrida bu mamlakatlarning iqtisodiyoti o‘zaro chambarchas bog‘liq edi. Ittifoqning tarqalib ketishi an’anaviy aloqalarning susayishiga, ba’zi soxalarda esa umuman uzilib qolishiga olib keldi.
MDHning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin uning dunyoga kelishi xususida to‘xtalib o‘tish lozim. 1991 yilning 8 dekabrida Rossiya, Ukraina, Belorussiya respublikalarining rahbarlari B. Yelsin, L. Kravchuk, S. Shushkevichlar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tuzish haqidagi shartnomani imzoladilar va bu hamdo‘stlik ilgari Ittifoqqa kirgan davlatlar uchun ochiq deb e’lon qilindi. 1991 yil 31 dekabrda Ashxobodda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari rahbarlarining Minskdagi uchrashuvida MDHga sobiq SSSR respublikalarining teng huquqda kirishi kelishib olindi. Uning tarkibiga kirgan davlatlar MDHning ta’sischilari deb hisoblanishi haqidagi taklif ma’qullandi.
yil 21 avgustda 11 ta davlat «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomidagi MDH shartnomasini imzoladi. Shu masala yuzasidan qabul qilingan Olmaota Deklaratsiyasida MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas, deb ko‘rsatildi.
yilgi Minsk uchrashuvida MDHning Nizomi tasdiqlandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. MDHning 1993 yil 4 sentabrdagi Moskva yig‘ilishida iqtisodiy ittifoq tuzish to‘g‘risida kelishib olindi. 1994 yil 21 oktabrda MDH davlat boshliqlarining kengashida iqtisodiy integratsiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi va iqtisodiy ittifoqning Davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi tuzildi. Uning maqsadi iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.
1995 yil 26 maydagi Minsk uchrashuvida MDHning chegaralarini birgalashib qo‘riqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rildi va 7 ta davlat ana shu shartnomaga qo‘shildi. O‘zbekiston esa bu shartnomaga qo‘shilmadi, u har bir mustaqil davlat o‘z chegaralarini o‘zi qo‘riqlamog‘i kerak, degan fikrda turdi. MDH tashkil etilganidan boshlab 1300 dan ko‘proq masalalar muhokama qilindi va hujjatlar qabul qilindi. Lekin bu hujjatlarning ko‘pchiligi amalda bajarilmay kelmoqda.
MDH haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida o‘zini namoyon qila olmayapti. Buning turli sabablari bor. Birinchidan, ba’zi bir davlatlar eski ittifoqni qandaydir o‘zgacha bir shaklda tiklashga intilyaptilar. Prezident I. A. Karimov O‘zbekistonning MDHga bo‘lgan munosabatini quyidagicha ifoda etdi: «...qabul qilingan qarorlarning (MDH tomonidan. - E. A.) MDH doirasida bajarilishini ta’minlaydigan mexanizmlarni chinakamiga, amalda izlash o‘rniga, davlatlar o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni muayyan mazmun bilan boyitish o‘rniga, ko‘proq eski davrlarni qo‘msash hissi paydo bo‘lmoqda. Davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni - parlament, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi idoralar - Muvofiqlashtiruvchi yoki Yuqori Kengash, ko‘plab amaldorlar ishlaydigan Ijroiya yoki Ma’muriy Qo‘mita, birlashgan harbiy- siyosiy tuzilmalar va shu kabilarni tashkil etishga harakat qilinmoqda. ...Sobiq SSSR chegaralarida allaqanday Ittifoqlarga biqinib olish - bunday siyosat o‘tmishning turli mafkuraviy andozalarini o‘ylab, o‘zimizni jahon iqtisodiyoti nazaridan chetda, qashshoq hayot kechirishga mahkum etishdan boshqa narsa emas» 1. Ana shu nuqtai nazardan O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga har qanday zarar yetkazadigan uyushma yoki tashkilotni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Shuning uchun ham respublikamiz ko‘proq ayni paytda MDHga a’zo bo‘lgan, ilgari sobiq Ittifoqqa kirgan davlatlar bilan ikki tomonlama o‘zaro manfaatdor aloqalarni rivojlantirishga e’tibor bermoqda va bu borada muayyan natijalarga erishdi ham. Buni Rossiya bilan hamkorlik qilish misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyadorlari ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni 260 taga
yetdi. Shunday hamkorlik Ukraina, Belarus va boshqa davlatlar bilan ham rivojlantirilmoqda.
O‘zbekistonning O‘rta Osiyodagi mustaqil davlatlar bilan aloqalari tufayli jahon hamjamiyatiga kirib borishi muhim bir yo‘nalish bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos jihatlarga ham ega. Ma’lumki, qardosh Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston xalqlarining tarixi, madaniyati, tili, dini bir-biriga yaqin. Ular ming yillar davomida bitta iqtisodiy, ma’naviy- madaniy makonda yashab, qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynichilik, birodarlik ruhi bilan o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham ular juda ko‘p masalalar va muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiladilar. Sobiq SSSRning tarqalib ketishi munosabati bilan bu qardosh davlatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalari yanada faollashdi. Mustaqillik yillarida mazkur davlatlar prezidentlarining 20 dan ortiq siyosiy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar chog‘ida barcha uchun umumiy bo‘lgan quyidagi muammolar muhokama etilib, ular bo‘yicha qarorlar qabul qilindi:
Orol fojiasi oqibatlarini tugatish;
yagona iqtisodiy makon tashkil etish;
o‘zaro integratsiyani kuchaytirish;
uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan foydalanish;
Afg‘oniston tomonidan keskinlik va beqarorlikning kuchayishi xavfining oldini olish va shu kabilar.
Amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘z natijalarini bermoqda. O‘tgan davrda davlatlar o‘zaro hamkorligining huquqiy va tashkiliy asoslari yaratildi, Davlatlararo Kengash tuzildi, Hamdo‘stlik dasturlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Ijroiya Qo‘mita, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Qatnashuvchi davlatlar iqtisodiy integratsiyasining 2000 yilgacha mo‘ljallangan va 53 ta loyihani o‘z ichiga olgan dasturi ishlab chiqildi, yagona iqtisodiy makon vujudga keltirish uchun asos solindi, deyish mumkin1.
O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatida dunyoning barcha mintaqalarida joylashgan davlatlar bilan teng huquqli aloqalarni amalga oshirmoqda.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi yana bir omil - mamlakatimizni dunyoga tanitish masalasi bilan bog‘liq. Bu borada respublikamiz Prezidentining sa’y-harakatlarini ta’kidlab o‘tish lozim. Masalan, I. A. Karimov 1993 yilda Shveysariyadagi «Forum fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning besh yo‘nalishdagi, ya’ni oltin ishlab chiqarish, gaz, neft, ko‘mir zaxiralari, paxta va meva-sabzavot yetishtirish, rivojlangan transport kommunikatsiyalari va turizmni tashkil qilishning keng imkoniyatlarini atroflicha ochib berdi. Davlatimiz rahbari qaysi bir mamlakatga tashrif buyurmasin, albatta, biznes vakillari, tadbirkorlar, bank xodimlari bilan uchrashib, O‘zbekistonning imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab beradi. Masalan, o‘zining Amerikaga tashrifi davomida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining O‘zbekiston Prezidenti sharafiga uyushtirgan qabul marosimidagi nutqida u shunday degan edi: «Agar juda ulkan tabiiy va mineral xomashyo resurslari hisobga olinsa, bu - birinchisi.
Dostları ilə paylaş: |