O‘zbekiston tarixi


Ikkinchisi, rivojlangan energetika bazasi, kommunikatsiya va infrastruktura; uchinchisi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə14/18
tarix19.09.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#145327
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ўзбекистон тарихи-2005 академия

Ikkinchisi, rivojlangan energetika bazasi, kommunikatsiya va infrastruktura;
uchinchisi, arzon ishchi kuchi va uning yetarli darajada yuqori malakaliligi;
to‘rtinchisi, O‘zbekistonning to‘lovga qodirligi, muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarning yo‘qligi, oltin, valuta resurslari hisobga olinsa, O‘zbekistonda biznesni birgalikda amalga oshirish uchun ochilayotgan juda katta istiqbollari aniq ko‘rinmoqda»\
Bundan tashqari, chet el biznesining qonun bilan kafolatlanganligi investorlarning e’tiborini jalb qilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatini amalga oshirar ekan, birinchi navbatda, o‘z manfaatlarining ustunligi prinsipidan kelib chiqadi. Tashqi siyosat mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, O‘zbekistonga chet el investitsiyalari, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu siyosat aholining tinch va farovon hayotini ta’minlashga, mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy mavqeini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
XULOSA
Buyuk davlat qurishni oliy maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekistonning ayni kunda barcha siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy imkoniyatlari yetarli. Mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar buning dalilidir. Mavjud juda ko‘plab omillar bilan bir qatorda, kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan boy tajribamiz ham bor. 2700 yillik buyuk davlatchilik o‘tmishimiz bor.
Faxr bilan aytish lozimki, ming yillar davomida O‘zbekiston hududidagi tub o‘troq aholining boy madaniy merosi shakllandi. Uning asosini o‘ziga xos ishlab chiqarish usuli, yuksak dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, betakror murakkab me’morchilik va shaharsozlik san’ati tashkil qiladi.
Bu qadimiy yurtdan buyuk allomalar, siyosatchilar va sarkardalar yetishib chiqqan. Ular qoldirgan ilmiy, madaniy va ma’naviy meros jahon taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Mamlakatimiz dunyoning chekkasida qolgan ovloq hudud emas, balki jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biridir. Ming yillar davomida islom ta’limotining insonparvarlik g‘oyalari asosida shakllangan xalq ma’naviyati tobora sayqallashib, bir qancha tarixiy bosqichlarning tazyiqidan sog‘-omon o‘tib va bugungi kunda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlab, uning taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. I. A. Karimovning ta’biri bilan aytganda, «ulug‘ maqsad yo‘lida turgan muammolar va tahdidlarni aniq tushunish jamiyatni birlashtiradi, jipslashtiradi, har bir kishiga o‘zining mas’uliyatini, o‘z o‘lkasi, jonajon Vatanining tarixi va hayotdagi murakkab voqealarga daxldorligini puxta o‘ylash, yanada chuqurroq anglash imkonini beradi. Ana shularning hammasini tushunishgina o‘tish bosqichida yangilanish va jamiyatni isloh qilish yo‘lida boshdan kechirishga to‘g‘ri kelayotgan juda katta qiyinchiliklar va mashaqqatlarni yengishda odamga kuch va qat’iyat bag‘ishlashi mumkin»1.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari shundan dalolat beradiki, davlatimiz o‘z kelajagini aniq va to‘g‘ri belgilab olgan, xalqning ozodligi va farovonligini ta’minlash yo‘lidagi buyuk maqsadlari hamda intilishlaridan uni hech qanday g‘arazli kuch qaytara olmaydi.

ADABIYOT
Узбекистон Республикасининг Конституцияси. Т., 2003.
Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг «Узбекистон Республикасининг давлат мустациллигини эълон цилиттт туFрисида»ги 1991 йил 31 август царори // Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. 1991. № 11. 245-м.
Узбекистон Республикасининг «Узбекистон Республикаси давлат мустациллигининг асослари турисида»ги 1991 йил 31 август цонуни // Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. 1991. № 11. 246-м.
Узбекистон Республикасининг «Сиёсий партиялар туFрисида»ги 1996 йил 26 декабрь цонуни // Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси.

  1. № 2. 36-м.

Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг «Узбекистон Республикасининг Давлат мустациллиги туFрисида»ги баёноти // Узбекистоннинг янги цонунлари. №3. Т., 1992. Ш-Ш-б.
Олий Мажлиснинг инсон хуцуцлари буйича вакили (Омбудсман) туFрисида // Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. 1997. № 4-5. 102-м.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin