«O’zbеkistоn tеmir yo’llаri» aj



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə22/53
tarix15.11.2022
ölçüsü1,49 Mb.
#69192
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
1TузбФизикадан топширик сиртки1 семестр

m=10kg massali to’p o’qi trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida tezlikka ega bo’lgan. Shu nuqtada u ikki bo’lakka bo’linib ketdi. m1=3kg massali kichik bo’lak dastlabki yo’nalishda u1=400m/s tezlik oldi. Katta ikkinchi bo’lakning bo’linishdan keyingi tezligi u2 topilsin.




  1. Massasi m1=10kg bo’lgan, tezlik bilan harakatlanayotgan shar massasi m2=4kg, tezligi bo’lgan boshqa bir shar bilan to’qnashadi. Urilish to’g’ri noelastik deb hisoblab, quyidagi ikki hol uchun sharlarning urilishdan keyingi tezligi u topilsin: 1) kichik shar shu yo’nalishda harakatlanayotgan katta sharni quvib yetadi; 2) sharlar bir – biriga tomon harakatlanadi.




  1. Temiryo’l platformasiga qurol o’rnatilgan. Platformaning qurol bilan birgalikdagi massasi M=15t. Qurol ufqqa nisbatan φ=60o burchak ostida yuqoriga, yo’l yo’nalishida o’q otadi. Agar o’qning massasi m=20 kg va u tezlik bilan uchsa tepki natijasida platforma qanday tezlik bilan orqaga yuradi?




  1. Avtomobil massasi 1t. Avtomobil harakatlanayotganda unga o’z og’irligining 0,1 qismiga teng bo’lgan ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Agar avtomobil o’zgarmas tezik bilan: 1) qiyaligi har 25 m yo’lda 1 m balandlikka ko’tariladigan toqqa chiqayotsa, 2) huddi shu qiyalikdagi tog’dan tushayotgan bo’lsa, avtomobil motorining tortish kuchi topilsin.




  1. Haydovchi yo’ldagi to’siqdan 25 m narida avtomobilga tormoz bera boshladi. Avtomobilning tormoz kolodkalaridagi ishqalanish kuchi o’zgarmas va 3840 N gat eng. Avtomobilning og’irligi 1T. Avtomobil to’siq oldida to’xtashga ulgurishi uchun, u qanday maksimal tezlikda yurishi mumkin? G’ildiraklarning yo’lga ishqalanishi hisobga olinmasin.




  1. Avtomobilning og’irligi 9,8·103N. Avtomobil harakatlanganda unga o’z og’irligining 0,1 qismiga teng bo’lgan o’zgarmas ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Avtomobil 0,5km masofada o’z tezligini dan gacha oshirish uchun, uning dvigateli qancha miqdorda benzin sarf qiladi? Dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 20%, benzinning issiqlik berish qobiliyati 4,6·107J/kg ga teng.




  1. Balandligi 1m, og’ma tomoni uzunligi 10 m bo’lgan qiya tekislikdan 1 kg massali jism sirg’anib tushmoqda. Jismning 1) qiya tekislikning asosidagi kinetik energiyasi, 2) shu asosdagi tezligi, 3) to’xtaguncha yo’lning gorizontal qismida bosib o’tgan masofasi topilsin. Yo’lning hamma qismida ishqalanish koeffitsiyenti o’zgarmas va 0,05 ga teng deb olinsin. Dastlab jism gorizond bilan burchak tashkil qilgan qiya tekislikda keyin gorizontal sirtda sirg‘anadi. Jismning qiya va gorizontal tekislikda o‘tgan masofalari teng bolsa ishqalanish koeffitsienti topilsin.




  1. Tosh balandligi 25m bo’lgan minoradan tezlik bilan gorizontal otilgan. Toshning harakat boshlanishidan bir sekund o’tgach kinetik va potensial energiyasi topilsin. Tosh massasi m=0,2kg ga teng. Havoning qarshilik kuchi hisobga olinmasin.




  1. Tayyora R=200 m radiusli Nesterov halqasini yasamoqda. Agar tayyoraning tezligi =100m/s bo’lsa, uchuvchining eng pastki nuqtadagi o’rindiqqa bosim kuchi F uchuvchining og’irlik kuchi P dan necha marta katta bo’ladi?




  1. Harakatsiz aravachada turgan odam 2kg massali toshni gorizontal yo‘nalishda oldinga tomon uloqtirganda aravacha 0,1 m/sek. tezlik bilan orqaga g‘ildiraydi. Aravacha bilan odamning og‘irligi 100kG ga teng. Otilgan toshning xarakat boshlanishidan 0,5sek o‘tgandan keyingi kinetik energiyasi topilsin. Toshning xarakatida xavoning qarshiligi xisobga olinmasin.




  1. Uzunligi l=50 sm bo’lgan chilvirga bog’langan yukcha ufq tekisligida aylanmoqda. Agar aylanish chastotasi n=1 s-1 bo’lsa, chilvir tiklik bilan qanday φ burchak hosil qiladi?




  1. Uzunligi l=1m bo’lgan ipga bog’langan yukcha ufq tekisligida aylanmoqda. Agar ip tiklikdan φ=600 burchakka og’gan bo’lsa, aylanish davri T aniqlansin.




  1. Agar velosiped g’ildiragi qoplamasi va asfalt orasidagi sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti f=0.3 bo’lsa, velosipedchi R=50 m radiusli aylanishdan o’tishda qanday eng katta vmax tezlikka erishishi mumkin? Aylanish bo’ylab harakatlanganda velosipedning tiklikdan og’ish burchagi φ qanday bo’ladi?




  1. Minoradan ufq tekisligi yo’nalishida =20m/s tezlik bilan otilgan m=1 kg massali jism t=3s dan keyin yerga tushadi. Yerga tushish paytida jism ega bo’lgan kinetik energiya T aniqlansin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.




  1. Tosh ufq tekisligiga φ=600 burchak ostida yuqoriga otilgan. Toshning boshlang’ich paytdagi kinetik energiyasi To=20J. harakat trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida toshning kinetik T va potensial P energiyalari aniqlansin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.




  1. 2,5 kg massali qo‘zg‘almay turgan jismga 5 kg massali jism urilgandan keyin u 5 j kinetik energiya bilan xarakatlanadi. Urilishni markaziy va elastik xisoblab, birinchi jismning urilishdan oldingi va keyingi kinetik energiyasi topilsin.





  1. Yüklə 1,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin