Liberal raxbar Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi, o’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi. Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi. Aybdorga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi. O’zini xaddan tashqari ehtiyot qiladi. Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi. Talabchan emas, sust nazorat qiladi. Suiste’molchilikga bevosita yo’l qo’ymasa ham o’zini bilmaslikka soladi. Bunday rahbar tashqaridan ko’rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko’zga tashlanib turadi.
Mavzu bilan tanishish davomida "qaysi uslub yaxshi?" degan savol ko’p tug’iladi. Bunga javoban aytamizki, rahbar uslubdan yuqorida turishi lozim, u uslublarni yuqoridan "tomosha" qila olishi va vaziyatga muvofiq keladiganini tanlab qo’llay bilishi lozim. Lekin, bunday ta`rif ham o’zining cheklanishiga ega. Rahbar u yoki bu uslubni qo’llar ekan, doimo guruh ustidan nazorat etish, uni "etaklash" vazifasini oladi. Bu esa jamoa faolligini, uning tashabbusini boshqarishdir. Beixtiyor, deyarli afsonaga aylangan voqea esga tushadi. Aytishlaricha, AQShning bir yirik kompaniyasi bir vaqtning o’zida hamma filiallaridagi yuqori bo’g’in rahbarlarini mehnat ta`tiliga chiqarib yuborgan. Oradan bir hafta o’tgach, ba`zi tashkilotlarda ishlab chiqarish hajmi o’zgarmay, oldin qanday bo’lsa shundayligicha davom etavergan. Ayrimlarida esa ishlab chiqish sur`ati birdaniga pasayib, rahbarning "yo’qligi" sezilib qolgan.