18-19.10.2023 - YIL IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA ZAHARLANISHNI OLDINI OLISH. QON KETISH TURLARI VA QON KETISHNI TO`XTATISH USULLARI
Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish usullari Barcha holatdagi og‘ir zaharlanishlarda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Shifokor yetib kelgunga qadar quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Jabrlanuvchini zudlik bilan toza havoga olib chiqish;
Jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarini ko‘targan holatda yotqizish;
Nafas olishiga xalaqit beruvchi to‘siqlarni yo‘qotish (tugmalarni yechish, yoqani ochish, kamarni bo‘shatish);
Jabrlanuvchi uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik (yurgizish taqiqlanadi);
Jabrlanuvchi nafas olmasa, unga sun’iy nafas oldirish.
QON KETISH TURLARI VA QON KETISHNI TO‘XTATISH USULLARI. O‘rtacha statistik odamning qon tomirlari bo‘ylab taxminan 4-5 litr qon aylanib yuradi. Agar qon tomirlarining devorlariga zarar yetsa, ulardan qon sizib chiqa boshlaydi. 2-2,5 litr qon yo‘qotilishi inson uchun o‘lim xavfini tug‘diradi. Qon tomirlarida qon bosimining pasayishi insonning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan miyaga kislorod yetkazib berishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir kishi zarurat tug‘ilsa, qon ketishida birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak.
Qon ketganda to‘g‘ri ko‘rsatiladigan birinchi yordam jabrlanuvchining omon qolishiga yordam beradi.
QONKETIShI
Yirik arteriyalar va venalar jarohatlanganda qon yo‘qotilishi hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qonni qisqa vaqt ichida to‘xtatish va tezda shoshilinch yordamni chaqirish kerak. Hatto qon tomirlariga ozgina zarar yetganda ham qon ketishini o‘z vaqtida to‘xtatish juda muhimdir. Chunki yengil, ammo davomli qon yo‘qotish bilan birga inson hushini yo‘qotishi mumkin.
Noto‘g‘ri ko‘rsatilgan dastlabki yordam jabrlanuvchiga zarar yetkazishi mumkin, ya’ni: ko‘p qon yo‘qotish, jarohat joyining infektsiyalanishi va yallig‘lanishi.
Agar qon ketishi juda kuchli bo‘lmasa ham, birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin jarrohga murojaat qilish kerak, chunki faqatgina jarohatga ishlov berish va unga chok qo‘yishdan keyin qon ketishini batamom to‘xtatish mumkin. Qon ketish joyiga qarab, gastroenterolog, onkolog, pulmonolog, ginekolog kabi tor soha mutaxassislariga murojaat qilish kerak bo‘lishi mumkin.
Qonketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:
Agar qon ketishi og‘ir bo‘lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko‘tarish kerak.
Qonni vaqtincha to‘xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo‘l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo‘yish mumkin.
Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.
Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo‘lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo‘nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.