Ari chaqqanda Ari chaqayotganini sezmaslik qiyin, chunki u og‘riqli bo‘ladi.
Chaqilgan joy pushti-qizil rangda bo‘ladi.
Dog‘ atrofida oq doira hosil bo‘ladi, uning atrofidagi teri qizaradi va qichishni boshlaydi.
Asalari chaqqanidan so‘ng terida uning nishi qoladi. Agar nish bo‘lmasa, boshqa shunga o‘xshash hasharot, masalan, qovog‘ari chaqqan bo‘lishi mumkin.
6. Bitlar Bitning chaqqani mayda, ammo teri uning so‘lagiga reaksiya qaytaradi.
Odatda bu izlar ko‘p va qizil rangli noaniq dog‘ ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
Ayrim hollarda chaqilgan joyda qon izi ham bo‘lishi mumkin.
7. Kanalar
Odatda kana chaqqanda qo‘ltiq osti yoki boshqa nam va soq bilan qoplangan yuzada dog‘lar paydo bo‘ladi. Chaqilgan joyda qotib qolgan qonni ham ko‘rish mumkin. Ba’zan kanaga terining ichiga kirib olish uchun bir qancha vaqt kerak bo‘ladi. Kanalarni olib tashlash uchun mahsus asbob yoki pinset yordamida undan xalos bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun kanani teriga maksimal yaqin qismidan ushlab, sekinlik bilan tepaga tortish kerak. Ehtiyot bo‘ling, qaltis harakat qilmang va uni siqib o‘ldirmang. Odatda bu hasharot bir marta chaqadi. Agar “buqa ko‘zi” kabi yaqqol alomatni ko‘rsangiz, Laym kasalliliga chalinish xavfi yuqori. Bu toshmani qizil dog‘ atrofidagi oq-qizil doiradan ham tanib olish mumkin. Kana chaqqanda tezda tibbiy xizmat ko‘rsatilishi shart. Hasharotlar chaqqanidan so‘nggi qichishdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Hasharot chaqqanida avvalambor uning o‘zini yoki nishini olib tashlash kerak. asosiysi, jarohatlangan yuzani oqar suvda sovunlab yuving.
Shish va qichishni kamaytirish uchun chaqilgan joyga muz bosing.
Qichishga qarshi losondan foydalaning.
Iste’mol sodasi va suvdan bo‘tqasimon aralashma tayyorlab, uni shishgan joyga 10 daqiqaga qoldiring.
AVGUST 2-3.08.2023 YIL 1) Baxtsiz xodisalarni vidio rolik orqali ko‘rsatib taxlil qilish