MEHNAT XAVFSIZLIGI STANDARTLAR TIZIMINI TASDIQLASH VA AMALDA TATBIQ ETISH TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qarorining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1996 yil 29 iyunda tasdiqlagan 273-sonli “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajarish, jamiyat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va o‘qitish ishlarini tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida, buyuraman: 1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalari, tashkilotlari va muassasalari “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi” davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilsin, ilovalarga muvofiq tasdiqlansin va amalda tatbiq etilsin.
2. Boshqarma, markaz, direksiya, aksiyadorlik jamiyati, mintaqaviy temir yo‘l uzellari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga:
- jamiyatning barcha xodimlarini ushbu buyruq bilan tanishtirish ishlari tashkil etilsin;
- joylarda standartlar tizimining barcha talablari so‘zsiz bajarilishi ta’minlansin;
- mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu standartlar tizimiga muvofiqlashtirilsin.
3. 2007 yil 6 sentabrda tasdiqlangan 243-NZ sonli Jamiyat korxonalarida “Mehnat muhofaza qilish standartlarni joriy qilish to‘g‘risida”gi buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Jamiyat bosh menejeri - bosh muhandisi v.b. Z.E. Maxamatov zimmasiga yuklatilsin.
11-12.10.2023 - YIL PEREGONLARDA VA STANSIYA HUDUDIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH TALABLARI VA ELEKTRLASHTIRILGAN UCHASTKALARDA ELEKTR XAVFSIZLIGI QOIDALARI (E-3, 4-BAND)