O‘zbekiston temir yullari


II. Sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi bilan bog‘liq holda zararning jabrlanuvchiga to‘lanadigan miqdori



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə9/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

II. Sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi bilan bog‘liq holda zararning jabrlanuvchiga to‘lanadigan miqdori
11. Xodimga jarohat yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoxud olishi mumkin bo‘lgan yo‘qotgan ish haqi (daromadi) to‘lanadi.
Zarar har oyda jabrlanuvchining kasbiy mehnat faoliyatini yo‘qotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda, sog‘ligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyalarda, shuningdek belgilangan hollarda bir martalik nafaqalar to‘lashda qoplanadi.
Ish haqi yoki uning bir qismi to‘lanayotganda, jarohat olishi tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalari, shuningdek mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarning boshqa turlari yetkazilgan zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Shuningdek jabrlanuvchining jarohat olgandan keyingi ish haqi ham zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Bunda jabrlanuvchilarga — mehnat jarohati bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga zararni to‘lash miqdori belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
12. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig‘i undiriladigan o‘rindoshlik ish joyi bo‘yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug‘uruq ta’tillari davri uchun to‘langan nafaqalar kiritiladi.
Barcha ish haqi turlari soliqlar ushlab qolingunga qadar hisoblangan summalarda hisobga olinadi.
O‘qish davrida to‘lanadigan stipendiya (zararni qoplash to‘g‘risida murojaat qiluvchining xohishiga ko‘ra) ish haqiga tenglashtiriladi.
13. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo‘yilmalari yoki paylari bo‘yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to‘lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to‘xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).
14. O‘rtacha oylik ish haqi mehnat jarohati olish yoki mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlikdan yoxud mehnatga layoqat darajasi pasayishidan (fuqaroning tanlovi bo‘yicha) oldingi oxirgi o‘n ikki oy mobaynidagi ish (xizmat, muddatli harbiy xizmatdan tashqari) bo‘yicha aniqlanadi. Kasb kasalligiga chalingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi ham bunday kasallikka sabab bo‘lgan ishni to‘xtatishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy bo‘yicha belgilanishi mumkin.
O‘rtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladigan oylar sonidan (fuqaroning xohishiga ko‘ra) ish oyning birinchi kunidan boshlanmaganligi yoki to‘xtatilmaganligi munosabati bilan to‘liqsiz ish oylari hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish munosabati bilan beriladigan ta’til oylari (shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan oylar), shuningdek xodim nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yoki mehnat jarohati tufayli yetkazilgan zarar to‘lovini olib kelgan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolani yoki davolash muassasasining o‘zganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasiga ko‘ra qariyalarni parvarish qilish mobaynidagi ish vaqti chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlangan oylar bevosita boshqa oldingi oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoni bo‘lmaganda hisoblashdan chiqarib tashlanadi. Bunday almashtirish, jarohatlanishdan yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi ish joyidan qat’i nazar, oxirgi ikki yil doirasida amalga oshiriladi.
15. O‘n ikki oydagi ish uchun o‘rtacha oylik ish haqi mazkur Qoidalarning 14-bandida ko‘rsatilgan ish haqining umumiy summasini o‘n ikkiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda o‘n ikki oydan kam ishlagan taqdirda, o‘rtacha oylik ish haqi haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Ish davri to‘liq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni to‘lash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: butun ishlangan vaqt davomida olingan ish haqi (daromad) kunlar soniga bo‘linadi, hosil bo‘lgan summa bir yil uchun o‘rta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi ish kunlari soniga ko‘paytiriladi.
Haqiqiy ish haqi miqdori to‘g‘risidagi hujjatlarni olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda zararni to‘lash miqdori zararni to‘lash to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hollarda ham yetkazilgan zararni to‘lash miqdori xuddi shu tartibda hisoblab chiqiladi.
16. Balog‘atga yetmaganlar mehnat jarohati olgan taqdirda, zarar uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilikda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
17. Agar bir ish beruvchida ishlangan davrda mehnat jarohati takroran olingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining xohishiga ko‘ra birinchi yoki takroriy mehnat jarohati olingandan ilgarigi tegishli davrlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Zararni to‘lash miqdori kasbga doir mehnatga layoqatsizlikning umumiy foiziga qarab hisoblab chiqiladi.
Agar mehnat jarohatlari turli ish beruvchilarda ishlaganda olingan bo‘lsa, u holda zararning to‘lov miqdorini aniqlash har bir ish beruvchi tomonidan, tegishli mehnat jarohati bo‘yicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlik foiziga qarab alohida amalga oshiriladi.
18. Chet ellarda ishlagan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) chet elda ishlaganlik uchun to‘lovlarni chiqarib tashlagan va mazkur Qoidalarning 8-bandini hisobga olgan holda umumiy asoslarda hisoblab chiqiladi.
19. Ishlab chiqarish ta’limini (amaliy mashg‘ulotni) o‘tash davrida mehnat jarohati olgan fuqarolarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) jabrlanuvchining qaysi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qiganligiga qarab, shu kasb (mutaxassislik) stavkasi (maosh)dan kelib chiqqan holda (ammo 2 razryaddan past emas) hisoblab chiqiladi. O‘qish (amaliy mashg‘ulot) davomida ish haqi (daromad) olgan shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) shu davr uchun hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchilarning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) o‘qish davrida to‘langan stipendiya bo‘yicha ham hisoblab chiqilishi mumkin.
20. Mehnat jarohati tufayli o‘zining roziligi bilan vaqtincha yengilroq, kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan jabrlanuvchiga ish haqi mehnatga layoqati tiklangunga qadar mehnat jarohati olgandan avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Boshqa ishga o‘tkazish zarurligi, uning davom etish muddati va tavsiya etiladigan ish turi TIEK xulosasiga muvofiq belgilanadi.
21. Agar jabrlanuvchi mehnat jarohati tufayli avvalgi ishini bajara olmagan taqdirda ish beruvchi jabrlanuvchini uning xohishiga ko‘ra TIEK xulosasiga muvofiq, o‘z hisobidan yangi kasbga o‘qitishi shart.
Yangi kasbga o‘qitish davrida jabrlanuvchiga mehnat jarohati olgunga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) to‘lanadi. Mazkur davrda zararni qoplash summasini to‘lash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin