O‘zbekiston temir yullari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə17/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

8-9.11.2023 – YIL
ELELKTR KABELLARIGA XIZMAT KO`RSATISHDAGI XAVFSIZLIK TALABLARI.BALANDLIKDA VA YUQORIDAGI ISHLARNI BAJARISHDA UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI TOG`RISIDA TUSHUNTIRISH OLIB BORISH (NBT-311 SONLI YORIQNOMA 1-BO`LIM)


Balandlikda va yuqorida ishlashga belgilangan vositalarga qo‘yilgan talablar.
13. Korxonalarda yuqoriga kutarilish va tushish, ularda ishlashda quyidagi vositalardan foydalaniladi: suyab quyib ishlatiladigan narvonlar, qo‘sh narvonlar. Barcha narvonlarning oyoq (tetiva) qismlariga ularning inventar raqamlari, kelgusi sinov muddati, qaysi tashkilot yoki sexga qarashliligi yozilgan bo‘lishi kerak.
14. Yuqoriga chiqish vositalarining tuzilishi va sinov tartiblari:
15. Suyab ishlatiladigan narvonlar ikki xil bo‘ladi: yog‘och va metall narvonlar.
16. Yog‘och narvonlarning zinalari qattiq turdagi qora qayin (buk), shumtol (yasen) va eman (dub) daraxt yog‘ochlaridan tayyorlanadi, narvonlarning yon oyoqlari esa yuqori navli qarag‘ay (sosna) dan yasaladi. Narvon zinalari uning oyoq qismlariga uyib kiritilib namga chidamli yelim bilan mustahkamlanadi, ularga mix yoki burama mix ishlatish mumkin emas. Narvon oyoqlari taxtalarida ikkinchi tomoniga o‘tmagan yuzaki ko‘zlar bo‘lishi mumkin. Narvonlarning taxta qismlari silliqlangan bo‘lishi, issiq tabiiy olif moylariga tuydirilib, quritilib rangsiz lak surtilishi lozim. Narvonlarni buyashga yo‘l quyilmaydi. Narvonlarning har 2 metrida zinalarni mahkam tortib turuvchi, diametri 8 mm.dan kam bo‘lmagan metall boltlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
17. Suyab quyiladigan narvonlarning uzunligi 5 metrdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
18. Yog‘och narvonlarning va qo‘sh narvonlarning oyoqlarining pastki uchlariga sirg‘anib ketmaslik uchun metall uchliklar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, silliqlangan yuzalarda esa narvon oyoqlarining pastki qismlariga rezina yoki sirg‘anmaydigan materiallardan tayyorlangan boshmoqlar kiydirilgan bo‘lishi lozim.
19. Yog‘och narvonlar zinalari oralig‘i 300 dan 340 mm. gacha, yer satxidan birinchi zina oralig‘i 400 mm. dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Yog‘och narvon va qo‘sh narvonlar oyoqlarining yuqori oraliq qismi
300 mm pastki qismi oraliqlari 400 mm. dan kam bo‘lmasligi kerak.
21. Narvonlarning yog‘och qismlariga metall detallar parchinlash (zaklyopka) yoki boltlar yordamida mustahkamlanadi.
22. Truba yoki simlarga suyab va ilib ishlatiladigan narvonlarning uchki qismlari maxsus ilmak yoki ushlab turgichlar qisqichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
23. Suyab quyib ishlatiladigan narvonlarni 75 gradusdan ortiq burchakda ishlatish uchun ularning ustki qismi mustahkam joyga mahkamlamasdan o‘rnatishga yo‘l quyilmaydi.
24. Barcha ko‘chma va qo‘sh narvonlar tayyorlangan korxonada va ish joyida davriy sinalishi kerak:
-metall narvon va qo‘sh narvonlar har 12 oyda bir marotaba;
-yog‘och narvon va qo‘sh narvonlar har 6 oyda bir marotaba;
-osib ishlatiladigan narvonlar har 6 oyda bir marotaba sinovdan o‘tkaziladi. Yog‘och va metall narvonlarning statik sinovi 75 gradus burchak ostida suyab quyib sinaladi.
25. Narvon va qo‘sh narvonlar zinalarga, yon oyoqlariga statik yuklarni osish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Har-bir sinov jarayoni 2 daqiqani tashkil qiladi. Narvonlarning yon oyoqlari 2 marta sinaladi. Birinchi marta navbatma-navbat har-bir oyoqqa 100 kg. yuk osiladi, ikkinchi marta esa ikki oyoqqa 200 kg.yuk osish yo‘li bilan sinaladi.
26. Suyab ishlatiladigan narvonlarni sinash uchun narvonning o‘rta qismidagi zinaga 120 kg.yuk osiladi. Statik yuk tushirilib olingandan so‘ng narvonning holati tekshiriladi, ya’ni zinalarda, yon oyoqlarida yorilgan yoki boshqa nosozliklar paydo bo‘lganligini tekshiradi. Sinov natijalarida ikkilanish paydo bo‘lganda sinov jarayoni takrorlanadi.
27. Qo‘sh narvonni sinashda u tekis qattiq joyga o‘rnatiladi, qo‘sh narvonning bir tomonidagi o‘rta zinasiga 120 kg. yuk osib quyiladi, agarda qo‘sh narvonning ikkinchi qismida ham zinalar bo‘lsa, bu tomoni ham xuddi shunday tarzda sinaladi. Agarda ikkinchi tomoni ishlatilmasdan tayanch vazifasini bajarsa unda narvonning har bir oyog‘ining o‘rta qismiga 100 kg.dan yuk osish yo‘li bilan sinaladi.
28. Osib ishlatiladigan ipli va metall narvonlar vertikal osib quyilib ularning o‘rta zinalariga 120 kg. yuk osish yo‘li bilan sinaladi, metall narvon ishchi maydoni bilan ta’minlangan bo‘lsa ishchi maydoni ham

120 kg. yuk osish yo‘li bilan sinaladi.


29. Sinov natijalari maxsus jurnalda rasmiylashtiriladi.
30. Barcha narvon va qo‘sh narvonlar ishlatishdan oldin kurikdan o‘tkazilishi kerak va uning natijalarini rasmiylashtirish shart emas.
Havoza va bir yarusli ustki qismi ishchi tushamasidan iborat havoza.
31. Havoza va bir yarusli havoza davlat standartlari asosida tayyorlangan bo‘lishi lozim va ular inventarli bo‘lib namunaviy loyiha asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi, shuningdek ularda ishlab chiqargan zavod pasportlari bo‘lishi kerak.
32. Havozalar yig‘ma, yog‘ochdan va metalldan yasalgan bo‘lishi mumkin.Yog‘och havozalar quruq va qattiq turdagi yog‘ochlardan yasaladi, metall havozalar urilmagan, yorilmagan va boshqa defektlari bo‘lmagan to‘g‘ri metall trubalardan yasaladi. Metall havozalarning bog‘lanadigan qismlari (boltlar, skobalar, xomutlar) mustahkam bo‘lishlari shart.
33. Havozalar ustida ishlovchilarning to‘planib turishlariga yo‘l quyilmaydi. Havozalarda ularning yuk kutarish quvvati yozilgan, ishlovchilar va yuklarni joylashtiruv sxemasi ko‘rsatilgan plakat bo‘lishi kerak. Metall havozalar yerga ulangan va ularda yashin qaytargich kuzda tutilgan bo‘lishi kerak.
34. Havozalar ustida o‘rnatiladigan ishchi tushamalar tekis va ulardagi oraliqlar 10 mm. dan oshmasligi va kundalang qismlarga mustahkamla-nishi shart va ularning har tomoniga chiqib turgan qismlari 20 sm. dan oshmasligi kerak.Ustma-ust quyilgan taxtalar ulangan joyida tekis bo‘lishi uchun ularning uchlari randalanadi. Tushamalar 50 mm. dan yupqa bo‘lmagan taxtalardan yasaladi.
35.Tushamalarning ishchi yuzalarining kengligi:
- g‘isht teruvchilar uchun – 2.5 metrdan kam bo‘lmasligi;
- suvoqchilar uchun – 2.0. m. dan kam bo‘lmasligi;
- buyoqchi va montajchilar uchun – 1.5 metrdan kam bo‘lmasligi kerak;



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin