Ogohlantirish talonlarini olib qo‘yish, yangi talon berish tartibi va qo‘llaniladigan javobgarlik choralari 8. Ogohlantirish taloni xodim tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari, ishni xavfsiz bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar va qoida talablari, temir yo‘llarda yurish xavfsizlik qoidalari, elektr va yong‘in xavfsizligi qoidalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish (agar kiyish ushbu kasbning mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomasida belgilab o‘tilgan bo‘lsa) qoida talablari, ijro va mehnat intizomi buzilganda va ish joyida xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan xodimning o‘zi yoki boshqa aloqador shaxsga jarohat yetkazishga sabab bo‘lgan boshqa qoida buzarliklarga yo‘l qo‘yilganida olib qo‘yiladi. Mehnat xavfsizligi buzilishi natijasida nogironlik bilan yakunlangan jarohatlanishda xodimdan ogohlantirish taloni olinmaydi.
Mehnat xavfsizligi qoida talablari buzilganda qoida buzarlikning og‘irlik darajasidan kelib chiqilib 1-sonli ogohlantirish taloni olinadi (tasdiqlangan ro‘yxat asosida), keyin esa ketma-ketlik tartibida 2- va 3-sonli ogohlantirish talonlari olinadi.
Mehnat xavfsizligi qoida talablarini buzilishining quyidagi holatlarida bir yo‘la 1-chi va 2-chi ogohlantirish talonlari olinadi:
− agar qoida buzilish xodimning o‘zi va boshqa xodimlarning jarohatlanishiga olib kelgan bo‘lsa;
− agar qoida buzilish harakat xavfsizligi, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solgan bo‘lsa, bajarilayotgan ishni to‘xtashiga olib kelgan bo‘lsa;
− agar qoida buzilish oqibatida ishlab chiqarishga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning bazoviy hisoblash miqdorining (belgilangan eng kam oylik ish haqining) 10 va undan ortiq miqdorida zarar yetkazilgan bo‘lsa;
− agar qoida buzilish korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan mehnat muhofazasini talablari ro‘yxatiga kirsa.
-xavfli hududlarda ish bajarayotgan vaqtida, uxlab qolish, mobil aloqa vositalaridan foydalangan xodimning o‘zi va boshqa xodimlarning jarohatlanishiga olib kelgan bo‘lsa;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning korxona, tashkilot va muasassalarining ichki mehnat tartiblari, qoidalarini va o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzilishining quyidagi holatlarida 3-sonli ogohlantirish taloni olinadi:
- agar ishga kelganda yoki ish vaqtida spirtli ichimlik, narkotik, zaharli va giyohvandlik moddalar ta’siri holatida bo‘lganda (tibbiyot xodimlari xulosasi yoki ko‘rgan guvohlar ko‘rsatmasi asosida); 6
-xavfli hududlarda ish bajarayotgan vaqtida, uxlab qolish, mobil aloqa vositalaridan foydalangan xodimning o‘zi va boshqa xodimlarning jarohatlanishiga olib kelgan bo‘lsa;
- xavfsizlik qoidalarini, ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘pol ravishda buzish, bu bilan korxona xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga, shu jumladan qoidabuzarning o‘ziga tahdid solgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lganda;
- korxona ishchi xodimi bilan sodir bo‘lgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa haqida o‘z vaqtida xabar bermaganda va yashirganda;
- mehnat muhofazasi qoidalari talablarini buzganligi uchun 1 va 2-sonli ogohlantirish talonlari olingan xodim 6 oy davomida 3-sonli talon bilan ishlab mehnat xavfsizligi qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan holda.
Tashkilot, korxonalar va muasassalarda o‘zining ishlab chiqarish xususiyatlariga qarab “1, 2 va 3-sonli ogohlantirish talonlarini olinadigan mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidabuzarliklar” ro‘yxati mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tuzilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va ichki mehnat tartib qoidalariga ilova qilinadi.
Tashkilot, korxonalar va muasassalarning rahbarlari va o‘rta bo‘g‘in rahbarlaridan, mutaxassislardan va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablarini bajarilishini ta’minlashga mas’ul rahbar xodimlardan ushbu masalaga shaxsan qatnashuv me’yorlarini bajarmaganliklari, yuqori tashkilotlar, mehnat muhofazasi holati bo‘yicha davlat tekshiruv va nazorat tashkilotlarining berilgan yozma ko‘rsatmalarini bajarmaganliklari, tegishli mehnat sharoitlarini yaratmaganliklari, yo‘l-yo‘riqlarni o‘z vaqtida o‘tmaganliklari, jurnallarda rasmiylashtirmaganliklari va yo‘l-yo‘riq o‘tish bo‘yicha konspektlar tuzmaganliklari, biriktirilgan xodimlar ustidan nazoratni susaytirganligi uchun ogohlantirish talonlari olib qo‘yiladi.
Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganligi uchun ogohlantirish talonini olinishiga qarshilik ko‘rsatgan xodimning hatti-harakati ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etmaslik deb belgilanadi va ish beruvchi tomonidan javobgarlik darajasi ko‘rib chiqiladi.
Ogohlantirish taloni olinadigan mehnat muhofazasiga javobgar shaxslar ro‘yxati korxonalar, tashkilotlar va muasassalar rahbar tomonidan belgilanadi.
Klassiz va 1-klass stansiyalarida rahbar tomonidan, qolgan stansiyalarda MTUning tashish va bekat ishlari bo‘limi rahbari tomonidan belgilanadi.
Rahbar 1-sonli ogohlantirish taloni olingan xodim bilan mehnat xavfsizligi masalalari, mehnat va ijro intizomi talablariga rioya qilish bo‘yicha xodimni ikki kun 2 soatdan o‘qitishni va talon olingan kundan ikki hafta ichida o‘qitish dasturi bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirishni tashkillashtirish to‘g‘risidagi Nizomning” (NBT-312) 21-bandiga asosan korxona komissiyasida navbatdan tashqari bilim sinovidan o‘tkazishni tashkillashtirishi kerak.
1-sonli ogohlantirish taloni olinganligi uchun xodimga mehnat qonunchiligida belgilangan intizomiy jazo chorasi -“Hayfsan” qo‘llaniladi.
9. Mehnat muhofazasi qoidalari talablarini buzganligi uchun xodimdan 2-sonli ogohlantirish taloni olinganda unga ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan qo‘pol xato sifatida mehnat qonunchiligida belgilangan intizomiy jazo - o‘rtacha oylik ish 7 haqidan 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish chorasi qo‘llaniladi. Ish beruvchi amaldagi qonunchilikka rioya qilgan holda xodimni yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishiga qarab bajarayotgan ishdagi malakasiga asosan yuqori xavflilik bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa doimiy ishga o‘tkazishga haqli.
Xodimdan taloni olingani uchun qonunchilikda belgilangan intizomiy jazo qo‘llanilganida ushlab qolinadigan (pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12 noyabrdagi “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi” 245- sonli Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan korxonada mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilash, baxtsiz hodisalarni oldini olish Dasturiga yo‘naltiriladi).
Ogohlantirish taloni olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida xodim xavfsizlik qoidalarini buzmasdan ishlagan bo‘lsa 1- va 2- sonli yangi ogohlantirish taloni beriladi.
Rahbar 2-sonli ogohlantirish taloni olingan xodim bilan mehnat xavfsizligi masalalari, mehnat va ijro intizomi talablariga rioya qilish bo‘yicha xodimni uch kun 2 soatdan o‘qitishni va talon olingan kundan ikki hafta ichida o‘qitish dasturi bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va tashkilotlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish va bilimlarini tekshirishni tashkillashtirish to‘g‘risidagi Nizomning” (NBT-312) 21-bandiga asosan korxona komissiyasida navbatdan tashqari bilim sinovidan o‘tkazishni tashkillashtirishi kerak.
10. Mehnat muhofazasi qoidalari talablarini buzganligi uchun 1 va 2-sonli ogohlantirish talonlarini yoki bir yo‘la 2- ogohlantirish taloni olingan xodim 6 oy davomida 3-sonli talon bilan ishlab mehnat xavfsizligi qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, ish beruvchi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini, o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzuvchi xodim sifatida, bekor qilishga haqli. Intizom jazo choralari qo‘llash amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
11. Ogohlantirish talonini olib qo‘ygan shaxs:
− xodimga olib qo‘yilishi sababini tushuntirishi;
− o‘z familiyasi, lavozimi, sana va olinish sababini ogohlantirish talonining orqa tomoniga yozib to‘ldirishi va imzolashi;
− olinib to‘ldirilgan ogohlantirish taloni ertasi kundan kechiktirmasdan korxona bosh muhandisi yoki mehnat muhofazasi muhandisiga, stansiya boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga yetkazishga majbur.
12. Ogohlantirish taloni olingan xodim:
− talon olinganligi to‘g‘risida o‘zining bevosita rahbariga (brigadir, usta, katta usta, elektromexanik, stansiya dispetcheri, stansiya navbatchisi va boshqaga) xabar berishi; − mehnat muhofazasi qoida va me’yorlari talablari, ishni xavfsiz bajarish qoidalari va boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha o‘qitilib, mazkur Nizomning 8- va 9- bandlari talablariga asosan navbatdan tashqari bilim sinovidan o‘tishi majbur.
13. Ogohlantirish taloni olish huquqiga quyidagilar ega:
− yuqori tashkilotlarning rahbarlari va unga aloqador mutaxassislar;
− “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Mehnatni muhofaza qilish, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari;
− tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi rahbarlari, mehnat muhofazasi bo‘lim mudiri, mehnat huquq inspektori va hududiy kasaba uyushma qo‘mitalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislari;
− korxona rahbarlari, mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari (muhandislari);
− o‘rta bo‘g‘in rahbarlari (katta ustalar, katta elektromexaniklar, ustalar va boshqalar);
− mehnat muhofazasi vakillari.
14. Ogohlantirish taloni olib qo‘yilishiga sabab bo‘lgan, mehnat muhofazasi qoidasi va yo‘riqnoma talablari buzilishining har bir holati korxona rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi va zarur hujjatlar tuziladi (bayonnoma, buyruq va dalolatnoma).
15. Xodim belgilangan qonun doirasida (yozma ravishda) tegishli yuqori tashkilotlarga ogohlantirish taloni asossiz olinganligi to‘g‘risida murojaat qilishi mumkin.