TAYANCH-HARAKAT SISTEMASI SHIKASTLANISHINING SABABLARI VA TURLARI Tayanch-harakat apparatining shikastlanishi keng tarqalgan holdir. Ular odatdagi ko‘karish (momataloq)dan tortib, og‘ir azob beruvchi sinish va chiqishgacha o‘z ichiga oladi. Bunday shikastlanishda ko‘rsatiladigan birinchi yordam og‘riqni kamaytirish hamda keyingi shikastlanishlarni bartaraf etishdan iborat bo‘ladi.
Sinish, muskul va bo‘g‘in shikastlanishi, garchi, doimo og‘riq bilan kechsa-da, juda kam hollarda jabrlanuvchining hayotiga xavf soladi. Biroq birinchi yordam ko‘rsatilmasa, ularning oqibati jiddiylashib ketishi va hatto, umrbod nogironlikni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat sistemasi turli vaziyatlarda: yiqilganda, noqulay va bexos harakat qilganda yoki avtomobil halokati chog‘ida shikastlanishi mumkin.
Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining to‘rt asosiy turi mavjud:
1. Sinish;
2. Chiqish;
3. Boylamlar cho‘zilishi yoki uzi-lishi;
4. Muskullar va paylar cho‘zilishi yoki uzilishi.
Tipik bo‘g‘im bir-birining oldida boylamlar orqali tutib turiladigan ikki yoki undan ko‘p suyakdan tarkib topadi.
6-7.12.2023-YIL
1) “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ KORXONA VA TASHKILOTLARIDA SODIR BO‘LGAN ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ BAXTSIZ XODISALARNI VIDEOROLIKLAR ORQALI KO‘RSATIB TAXLIL QILISH. 2) 2021 -YIL «11» MAY TOSHKENT № 501-N “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJDA MEHNAT XAVFSIZLIGIGA RIOYA ETILISHI NAZORATINING TALONTIZIMI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH VA AMALGAKIRITISH TO‘G‘RISIDA. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning korxona, tashkilot va muasassalari xodimlarining mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, O‘zbekistan Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, me’yorlari va yo‘riqnomalari talablariga rioya qilish, jarohatlanishlarning o‘z vaqtida oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borish maqsadida tuzilgan bo‘lib, o‘z mehnat vazifalarini bajarishida mehnat muhofazasi talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan chora qo‘llash tartiblarini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xizmatlari, boshqarmalari, markazlari, MTUlari, aksiyadorlik jamiyati unitar korxonalari va barcha korxona, tashkilot va muassasalar xodimlariga taalluqlidir.
3. Xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin, mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishidan avval yo‘l-yo‘riqlardan, bilimlar tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng unga mehnatni muhofaza qilish guvohnomasi bilan birga 1, 2- va 3–sonli ogohlantirish talonlari beriladi.
4. Talon tizimini kiritishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
− xodimning mehnat muhofazasi bo‘yicha qoida, me’yorlar va yo‘riqnoma talablarini so‘zsiz bajarish mas’uliyatini oshirish;
− mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish, yo‘l-yo‘riq va bilimlar tekshiruvi ishlarini sifatli amalga oshirishni ta’minlash;
− xodimning ish jarayonida tez-tez takrorlagan qoidabuzarlik holatlarini aniqlab hisobga olish;
− korxona, tashkilot va muasassada ishlarning xavfsiz bajarilishi nazoratini amalga oshirish bo‘yicha barcha o‘rinlardagi rahbarlarning va mutaxassislarning mas’uliyatini oshirish;
− korxona, tashkilot va muassasalar ishlab chiqarish maydonlarida, sex va bo‘linmalarida mehnat muhofazasi ishlarining tashkillashtirilganligi holatini real baholashni belgilash;
- xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi omillarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tashkiliy va texnikaviy choralar ishlab chiqish.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning barcha korxonalar, tashkilot va muassasa xodimlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha ogohlantirish talonlari yagona shakldagi uch xil belgilangan namunada tatbiq etiladi: (1-Ilova)
1-sonli talon yashil rangda diagonal ravishda tortilgan chiziq bilan;
2-sonli talon sariq rangda diagonal ravishda tortilgan chiziq bilan;
3-sonli talon qizil rangda diagonal ravishda tortilgan chiziq bilan; 5
Talonning o‘lchami: 90x60mm.
6. Xodim ish vaqtida yonida ogohlantirish talonlari bilan birga mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimi tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lishi shart. Korxona, tashkilot va muassasada to‘g‘ridan – to‘g‘ri brigada, smena, uchastka rahbari, xodimda mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimi tekshirilganligi to‘g‘risida guvohnomasi, ogohlantirish talonlari mavjudligini va ularda rasmiylashtirilgan yozuvlarni tekshiradi.
7. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxonalari xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Nizomi, “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi korxona va eng yaxshi mehnat muhofazasi muhandisi” konkurslari to‘g‘risidagi Nizomlari o‘zgarganda ushbu Nizomga o‘zgartirishlar kiritishga yo‘l qo‘yiladi.