O‘zbekiston temir yullari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə22/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

20-21.12.2023 - YIL
NAFAS OLISH TO‘XTAGANDA BIRINCHI YORDAM KO‘RSATISH: KATTALAR VA BOLALARDA SUN’IY O‘PKA VENTILYATSIYASINI O‘TKAZISH
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan kislorod bilan ta’minlash maqsadida jabrlanuvchi o‘pkasiga havo puflashdan iborat.
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan jabrlanuvchilarda o‘tkaziladi.
Agar hodisa sodir bo‘lgan joyda xavf-xatar bo‘lmasa, dastlabki tekshirish o‘tkaziladi. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmi?" deb baland ovoz bilan so‘rash lozim.
J abrlanuvchi hushsiz bo‘lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur bo‘lgan taqdirdagina), nafas yo‘llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini ko‘taring), boshini orqaga egib, iyagini ko‘tarib, bolalarda - peshonasiga asta bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko‘tariladi.

Nafas bor-yo‘qligini tekshirish uchun nafas bor-yo‘qligini aniqlash kerak.



Buning uchun 5 sekund davomida ko‘rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalanish lozim. Nafas olmayotgan bo‘lsa, "Og‘izdan-og‘izga" 2 marta to‘la puflanadi.


Tomiri urayotgan-urmayotganini tekshirish uchun kekirdakni paypaslab topib, bo‘yinning yonida joylashgan chuqurchaga barmoq surib boriladi. Tomir urishi 10 sekund davomida tekshiriladi.
Sun’iy o‘pka ventilyatsiyasini o‘tkazish davom ettiriladi. Buning uchun boshni orqaga egib, iyagini ko‘tarish uslubi bilan nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. Jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi:
• Kattalarda: har 5 sekundda 1 marta to‘la puflanadi.
• Bolalarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi.
• Go‘daklarda: har 3 sekundda 1 marta to‘la puflanadi.
Havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasi ko‘tarilishi kuzatiladi. Katta yoshli jabrlanganlarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 12 marta puflanadi. Bolalarda: shu ishni 1 minut davom ettirib, bu vaqt ichida 20 marta puflanadi.
Tomir urishi va nafasni bir necha minut oralatib tekshirib turiladi. Agar jabrlanuvchining tomiri urib turgan bo‘lsa-yu, avvalgidek nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam yetib kelgunicha sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi davom ettiriladi.
Agar jabrlanuvchining tomiri urmayotgan, o‘zi nafas olmayotgan bo‘lsa, yurak-o‘pka faoliyatini tiklash ishini (reanimatsiya)ni o‘tkazish boshlanadi.
Jabrlanuvchining tomiri urayotgani va u nafas olayotgani sezilsa, jabrlanuvchini hushiga keltiruvchi holat (tiklanish holati)da yotqizib, nafas yo‘llarini havo o‘tadigan holatda tutib turiladi. Nafas olishini kuzatib turib, qattiq qon ketayotgani ma’lum bo‘lib qolsa, u to‘xtatiladi.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin