O‘zbekiston temir yullari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə18/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

15-16.11.2023-YIL
YUK KO‘TARISH KRANLARINING TUZILISHI VA ULARNING XAVFSIZ ISHLATISH QOIDALARI (SANOAT XAVFSIZLIGIGA OID NORMATIV-XUKUKIY XUJJATLAR TO‘PLAMI 85 BET)
380. Yuk ko‘tarish kranlariga yuklarni boshqa joyga o‘tkazishga ruxsat, ularning pasportida ko‘rsatilgan yuk ko‘tarish qobiliyatidan oshmaydigan yuklarga berilishi mumkin.Strelali o‘zi yurar va temir yo‘l kranlarida chiqarish tayanchlarining xolati va qulochi, xarakatlanuvchi posangili kranlarda esa, posangi xolati hisobga olinishi kerak. Yuk ko‘tarish kranlarini ekspluatatsiya qilishda, uning pasportida va qo‘llanmada (yo‘riqnomada) ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ifoda etilgan talablar buzilmasligi kerak.
381. Greyfer yoki magnit bilan uskunalangan yuk ko‘tarish kranlari, yuk ko‘tarish kranlari va yuk qamrash organini eksplutatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomada qayd etilgan shu xolatlar uchun maxsus ko‘rsatmalarni bajarish ishlariga ruxsat etilishi mumkin.
382. Magnit bilan uskunalangan kran monolit yuklarni (plitalar, balvankalar) joyidan boshqa joyga olib o‘tishga, agar uning shu xollarda, ortiqcha ortilishiga yo‘l qo‘yilmasa ruxsat beriladi.
383. Ko‘tarish mexanizmi friksion yoki kulachoqli muftalar bilan uskunalangan yuk ko‘tarish kranlarini eritilgan metall, zaharli va portlovchi moddalar, shuningdek bosim ostida ishlovchi idishlarni ko‘tarish va boshqa joyga ko‘chirish uchun qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
384. Tagida odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish, turar joy yoki xizmat binolari tomlari ustidan yuklarni olib o‘tishga ruxsat etilmaydi. Alohida xolatlarda vakolatli organlar bilan kelishilgan xolda, ishlarni xavfsiz bajarish tadbirlari ishlab chiqilganidan keyin, tagida odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish yoki xizmat binolari tomlari ustidan yuklarni olib o‘tishga ruxsat beriladi.
385. Yuklarni bir nechta kranlar yordamidaolib o‘tishga aloxida xolatdarda yo‘l qo‘yiladi. Bunday ishlar loyixa va texnologik kartalar asosida, ularda yuklarni ilish va olib o‘tish operatsiyalarini bajarish ketmaketligi sxemasi, yuk kanatlarining xolatlari ko‘rsatilgan xolda bajarilishi kerak, shuningdek ularda kran yo‘li xolatiga qo‘yilgan talablar va yuklarni xavfsiz olib o‘tish bo‘yicha boshqa talablar ko‘rsatilishi kerak. Yuklarni bir nechta kranlar bilan olib o‘tishda xar bir kranga to‘g‘ri keladigan yuklama ularning yuk ko‘tarish quvvatidan oshib ketmasligi kerak. Yuklarniolib o‘tishni bir nechta kranlar yordamida bajarish ishlari, kranlar bilan ishlarni xavfsiz bajarishga mas’ul shaxsning bevosita boshchiligida bajarilishi kerak.
386. Ish jarayonidagi yuk ko‘tarish kranlari, ro‘yxatga olingan raqami, yuk ko‘tarish qobiliyati va keyingi qisman yoki to‘la texnik tekshirishdan o‘tish muddatlari aniq ko‘rsatilgan yozuvli taxtachalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
387. Texnik tekshiruvdan va ko‘rikdan o‘tmagan yuk ko‘tarish kranlari, yechib qo‘yiladigan yuk ushlash moslamalari va taralar, ishga qo‘yilmaydi. Nosoz yechib qo‘yiladigan yuk ushlash moslamalari, shuningdek yorliqlari bo‘lmagan moslamalar, yuklarni ko‘tarish va joyidan boshqa joyga o‘tkazish uchun qo‘llanmasligi va kranlar ishlarni bajaradigan joylarda turmasligi kerak. Ish joyida yorliqlari bo‘lmagan va ishdan chiqqan taralarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
388. Kabinadan, poldan boshqariladigan yoki statsionar pultdan boshqariladigan kranlarni ekspluatatsiya qilishda birkali tizim qo‘llanilishi kerak, bunda kranni boshqarish, o‘rnatilgan tartibda kran egasi tomonidan kranlarning boshqarish elektr zanjirini ulovchi birkakalitni olgan kran boshqaruvchisiga ruxsat etiladi.
389. Poldan boshqariladigan yuk ko‘tarish kranlarini ekspluatatsiya qilishda, mashinani boshqaradigan shaxs uchun bemalol o‘tish so‘lagi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
390. Ishlab turgan kran yo‘llariga o‘tish joylari, ko‘priksimon kranlar va ko‘chma konsol kranlar o‘tish galereyalari qulf bilan mahkamlangan bo‘lishi kerak. Kranlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek boshqa ishchilarning kran yo‘llari, ko‘priksimon kranlar va ko‘chma konsol kranlar o‘tish galereyalarida ta’mirlash ishlari yoki boshqa ishlarni bajarish, ishlarning xavfsiz sharoitlarda bajarilishini belgilaydigan naryadruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak. Naryad-ruxsatnoma va yo‘riqnoma berish tartibi kran mulkdori tomonidan belgilanadi. Kran boshqaruvchilari bajariladigan ishlar to‘g‘risida ishlar bajarilayotgan sex, barcha smenadagi sex oralig‘i kran boshqaruvchisilarining vaxta jurnallarida qayd etgan holda, zarur bo‘lganda o‘zaro bog‘liq smena oraliqlari kran boshqaruvchisilari ham bundan xabardor bo‘lishlari kerak.
391. Ko‘priksimon yoki ko‘chma konsolli kranlar ishlaydigan, kran yo‘li uzunasiga o‘tish galereyalari bilan jixozlanmagan har bir sex(oraliq uchun) uchun, kranning qo‘nish maydonchasidan boshqa joyda majburiy to‘xtashi vaqtida kran boshqaruvchisining kabinadan xavfsiz tushish tartibi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.Tushish tartibi kran boshqaruvchisining yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan va kran boshqaruvchisining xavfsiz ro‘yxati bo‘yicha aloxida yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Yo‘riqnoma kranni boshqarish kabinasida ilingan turishi kerak.
392. Ko‘priksimon kranlar kran egasining qarori bilan qurilish, bo‘yoqchilik va kran maydonchalarida bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish uchun qo‘llanishi mumkin. Bunday ishlar krandan tushib ketish, elektr toki bilan jarohatlanish, kran yo‘llariga chiqish, kranlarni bir-biri bilan urilib ketishi, kran va uning aravachasini qo‘chib yurishini ogohlantiruvchi xavfsizlik choralarini belgilaydigan naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak. Kran bilan yuklarni olib o‘tish ishlarini bajarishga uning ko‘prigida ko‘rsatilgan ishlar bajarilayotgan vaqtda ruxsat berilmaydi.
393. Yuk ko‘tarish mashinasi mulkdori yoki ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan yuklarni to‘g‘ri bog‘lash va ilish usullari ishlab chiqilgan va bularga yuk iluvchilar (stropolchilar) o‘qitilgan bo‘lishi kerak. Yuklarni bog‘lash va ilish ko‘rsatilgan gshrafik tasvirlar kran boshqaruvchilari va yuk iluvchilar qo‘llariga berilgan bo‘lishi kerak yoki ish bajariladigan joylarda o‘rnatilishi kerak. Kran egasi (foydalanuvchi tashkilot) tomonidan o‘rnatish, demontaj qilish va ta’mirlash ishlarida, kranlar bilan olib o‘tish uchun, mashina qism va detallarini bog‘lash usullari ishlab chiqilgan bo‘lishi, bu ishlarga talab qilinadigan uskunalar ko‘rsatilgan xolda, shuningdek yuklarni xavfsiz tushirish usullari ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak agar bu ishlar kranlar yordamida bajarilsa. Bog‘lash va yuklarni qirrasiga ko‘tarib burib siljitish (kantovka) usullarining grafik tasviri va qo‘llaniladigan yuk qamrash moslamalari texnologik reglamentlarda keltirilgan bo‘lishi kerak. Bog‘lash sxemalari ishlab chiqilmagan yukning olib o‘tish, kranlarning ishlar bilan ishlarni xavfsiz bajarishi bo‘yicha mas’ul shaxs ishtirokida va boshchiligida bajarilishi kerak. Dengiz va daryo portlari rahbarlari yuk ko‘tarish kranlari yordamida yuk ortish yuk tushirish ishlarining bajarilishini, ular tasdiqlagan texnologik kartalar yordamida ta’minlashlari shart.


Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin