O‘zbekiston temir yullari


NOYABR OYI 1-2.11.2023 – YIL



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə16/23
tarix07.10.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#152805
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
конспект мехнат мухофазаси 2023 2 ярим йиллик копия

NOYABR OYI 1-2.11.2023 – YIL
1) “O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARI” AJ KORXONA VA TASHKILOTLARIDA SODIR BO‘LGAN ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ BAXTSIZ XODISALARNI VIDEOROLIKLAR ORQALI KO‘RSATIB TAXLIL QILISH.


2) BALANDLIKDA VA YUQORIDA ISHLASHDA XAVFSIZLIK TALABLARI.(NBT-311NIZOMI).
BALANDLIKDA VA YUQORIDAGI ISHLARNI BAJARISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA
NAMUNAVIY YO‘RIQNOMA.
1. Umumiy xavfsizlik talablari.
1.Ushbu yo‘riqnoma balandlik va yuqorida qurilish-montaj, qayta qurish, qayta ta’mirlash, energomontaj va shu kabi ishlarni xavfsiz tashkil etish, ishlovchilarga tegishli sharoitlar va qulayliklar yaratish, shuningdek elektr qurilmalariga, yuk ko‘tarish inshootlariga, binolar va inshootlarga xizmat ko‘rsatish paytida barcha ishlarni xavfsiz amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Balandlik va yuqorida bajariladigan ishlar xavfli ish turlariga kiritilgan bo‘lib ularga yer sathi, ishchi yuzadan 1,3 metr va undan baland bo‘lgan ishlar kiradi. Bu ishlar standartlashgan (loyihalangan) maxsus himoyasi mavjud bo‘lgan havozalarda taxta supachalar, narvonlar, qo‘sh narvonlar, ishchi yuzasini birlashtirgan ko‘priklar, lyulkalar va korzinkalarda turib bajariladi. Himoya o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan joylarda himoya kamarlari, himoya kaskalari va arqonlar ѐrdamida bajarilishi kerak.
3. Yer sathi ѐki ishchi yuzalaridan 5 metr va undan ortiq balandlikda bajariladigan ishlar yuqorida(verxolaz) bajariladigan ish turlariga kiradi. Mazkur ishlar bevosita konstruksiyalarda turib, ularni montaj ѐki ta’mirlash paytlarida amalga oshiriladi va bunday holatlarda ishlovchini yiqilib ketishidan saqlaydigan asosiy vositalar himoya kamari va zaruriyat tug‘ilganda himoya arqoni hisoblanadi.
4.Balandlik ѐki yuqorida ishlashda ishlab chiqarishning asosiy xavfli omili sifatida e’tibor etilgan holatlar: ishlovchining balandlik ѐki yuqorida ish bajarish paytida noto‘g‘ri joylashuvi va uning oqibatida yiqilib ketish ehtimoli ѐki uning ustiga biror predmetning tushib ketish xavfi mavjudligi hisoblanadi.
5. Ishlovchining balandlikdan yiqilib ketish omillari:
- texnik omillar – himoya vositalaridan foydalanilmaganligi, narvon, qo‘sh narvon, havozalar, taxta supalar va lyulkalarning nosozligi va ularning sifatli va mustahkam bo‘lmaganligi;
- texnologik omillar – ish jaraѐnining noto‘g‘ri bajarilishi;
- inson omillari – muvozanatning yo‘qolganligi, harakat yo‘nalishining buzilishi, o‘zini-o‘zi yo‘qotib qo‘yishi, ehtiѐtsizligi, sog‘ligining ѐmonlashuvi, spirtli ѐki narkotik moddalar ta’sirida bo‘lishi;
- meteorologik omillar – kuchli shamol, past va yuqori havo harorati, qor, ѐmg‘ir, quyuq tuman, muzlik paytlarida ish bajarilishi.
Xodimlarga qo‘yilgan talablar va ishlarni tashkillashtirish
6. Balandlik va yuqorida bajariladigan ishlarga 18 ѐshga kirgan, sog‘lom, ushbu yo‘riqnoma asosida bilimi sinalgan, yo‘l- yo‘riq olgan va kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lib 3-razryaddan past bo‘lmagan hamda maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tgan ishlovchilarga ruxsat etiladi.
7. Balandlik ѐki yuqorida ishlashda korxona tomonidan mas’ul ish boshqaruvchi va mas’ul ish bajaruvchilar tayinlanishi, ular bir-birlarini joylarini almashtirishlari mumkin. Mas’ul shaxslar ushbu yo‘riqnoma asosida ish olib boradilar.
8. Ishlovchining sog‘ligi ѐmonlashgan paytda ѐki o‘zini noxush his qilganda mas’ul ish bajaruvchiga ma’lum qilishi, u esa uni ishga balandlik ѐki yuqorida ishlashga qo‘ymasligi kerak.
9. Balandlik ѐki yuqorida ish bajaraѐtgan ishlovchi yuqoridan yiqilib ketish ѐki uning ustiga biror jism tushib ketish xavflari bo‘lgan ish joylarida himoya kaskalaridan foydalanishlari shart(2014 yil 10 iyunida jamiyat bosh menejeri-bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan “Himoya kaskalarining saqlanishi, tuzilishi bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” yo‘riqnomadan foydalanilsin). Balandlikda ish bajarish joylarida amaldagi elektr kuchlanish ѐki boshqa (kommunikatsiya) tizimlar mavjud bo‘lsa korxonaning rahbari, bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan naryad-ijozatnoma asosida ish bajarilishi lozim.
11. Ishlovchining balandlikdan yiqilib tushish ehtimoli mavjud bo‘lgan oraliqlar ѐpilgan bo‘lishi kerak.
12. 1,3 metr va undan baland joylarda ish bajarilganda suyab qo‘yiladigan narvonlarda ishlash vaqtida himoya kamarlaridan foydalanish zarur. Bunday vaqtlarda ishlovchi qaerga va qanday chiqib ishlash, himoya kamarlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularning qisqichlarini qaysi joylarga mustahkamlashni ko‘rsatgan holda mas’ul ish boshqaruvchi yo‘l-yo‘riq berishi kerak.
Balandlikda va yuqorida ishlashga belgilangan vositalarga
qo‘yilgan talablar.
13. Korxonalarda yuqoriga ko‘tarilish va tushish, ularda ishlashda quyidagi vositalardan foydalaniladi: suyab qo‘yib ishlatiladigan narvonlar, qo‘sh narvonlar. Barcha narvonlarning oѐq (tetiva) qismlariga ularning inventar raqamlari, kelgusi sinov muddati, qaysi tashkilot ѐki sexga qarashliligi ѐzilgan bo‘lishi kerak.
Yuqoriga chiqish vositalarining tuzilishi va sinov tartiblari:
15. Suyab ishlatiladigan narvonlar ikki xil bo‘ladi: ѐg‘och va metall narvonlar.
16. Yog‘och narvonlarning zinalari qattiq turdagi qora qayin (buk), shumtol (yasen) va eman (dub) daraxt ѐg‘ochlaridan tayѐrlanadi, narvonlarning ѐn oѐqlari esa yuqori navli qarag‘ay (sosna) dan yasaladi. Narvon zinalari uning oѐq qismlariga uyib kiritilib namga chidamli yelim bilan mustahkamlanadi, ularga mix ѐki burama mix ishlatish mumkin emas. Narvon oѐqlari taxtalarida ikkinchi tomoniga o‘tmagan yuzaki ko‘zlar bo‘lishi mumkin. Narvonlarning taxta qismlari silliqlangan bo‘lishi, issiq tabiiy olif moylariga to‘ydirilib, quritilib rangsiz lak surtilishi lozim. Narvonlarni bo‘yashga yo‘l quyilmaydi. Narvonlarning har 2 metrida zinalarni mahkam tortib turuvchi, diametri 8 mm dan kam bo‘lmagan metall boltlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
17. Suyab qo‘yiladigan narvonlarning uzunligi 5 metrdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
18. Yog‘och narvonlarning va qo‘sh narvonlarning oѐqlarining pastki uchlariga sirg‘anib ketmaslik uchun metall uchliklar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim, silliqlangan yuzalarda esa narvon oѐqlarining pastki qismlariga rezina ѐki sirg‘anmaydigan materiallardan tayѐrlangan boshmoqlar kiydirilgan bo‘lishi lozim.
19. Yog‘och narvonlar zinalari oralig‘i 300 dan 340 mm gacha, yer sathidan birinchi zina oralig‘i 400 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Yog‘och narvon va qo‘sh narvonlar oѐqlarining yuqori oraliq qismi 300 mm
pastki qismi oraliqlari 400 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
21. Narvonlarning ѐg‘och qismlariga metall detallar parchinlash (zaklѐpka) ѐki boltlar ѐrdamida mustahkamlanadi.
22. Truba ѐki simlarga suyab va ilib ishlatiladigan narvonlarning uchki qismlari maxsus ilmak ѐki ushlab turgichlar qisqichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
23. Suyab qo‘yib ishlatiladigan narvonlarni 75 gradusdan ortiq burchakda ishlatish uchun ularning ustki qismi mustahkam joyga mahkamlamasdan o‘rnatishga yo‘l quyilmaydi.
24. Barcha ko‘chma va qo‘sh narvonlar tayѐrlangan korxonada va ish joyida davriy sinalishi kerak:
-metall narvon va qo‘sh narvonlar har 12 oyda bir marotaba;
-ѐg‘och narvon va qo‘sh narvonlar har 6 oyda bir marotaba;
-osib ishlatiladigan narvonlar har 6 oyda bir marotaba sinovdan o‘tkaziladi. Yog‘och va metall narvonlarning statik sinovi 75 gradus burchak ostida suyab qo‘yib sinaladi.
25. Narvon va qo‘sh narvonlar zinalarga, ѐn oѐqlariga statik yuklarni osish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Har-bir sinov jaraѐni 2 daqiqani tashkil qiladi. Narvonlarning ѐn oѐqlari 2 marta sinaladi. Birinchi marta navbatma-navbat har-bir oyoqqa 100 kg yuk osiladi, ikkinchi marta esa ikki oѐqqa 200 kg yuk osish yo‘li bilan sinaladi.
26. Suyab ishlatiladigan narvonlarni sinash uchun narvonning o‘rta qismidagi zinaga 120 kg yuk osiladi. Statik yuk tushirilib olingandan so‘ng narvonning holati tekshiriladi, ya’ni zinalarda, ѐn oѐqlarida ѐrilgan ѐki boshqa nosozliklar paydo bo‘lganligini tekshiradi. Sinov natijalarida ikkilanish paydo bo‘lganda sinov jaraѐni takrorlanadi.
27. Qo‘sh narvonni sinashda u tekis qattiq joyga o‘rnatiladi, qo‘sh narvonning bir tomonidagi o‘rta zinasiga 120 kg yuk osib qo‘yiladi, agarda qo‘sh narvonning ikkinchi qismida ham zinalar bo‘lsa, bu tomoni ham xuddi shunday tarzda sinaladi. Agarda ikkinchi tomoni ishlatilmasdan tayanch vazifasini bajarsa unda narvonning har bir oѐg‘ining o‘rta qismiga 100 kg dan yuk osish yo‘li bilan sinaladi.
28. Osib ishlatiladigan ipli va metall narvonlar vertikal osib qo‘yilib ularning o‘rta zinalariga 120 kg yuk osish yo‘li bilan sinaladi, metall narvon ishchi maydoni bilan ta’minlangan bo‘lsa ishchi maydoni ham 120 kg yuk osish yo‘li bilan sinaladi.
29. Sinov natijalari maxsus jurnalda rasmiylashtiriladi.
30. Barcha narvon va qo‘sh narvonlar ishlatishdan oldin ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak va uning natijalarini rasmiylashtirish shart emas.



Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin