Omon MATJON
14
Oyki
ming yildan buyoq
Yerdan yiroq ketmas, nechun?
Bilmagay, bag‘ri quroq –
Ul o‘zgaga bog‘liq uchun!
Yetmay o‘z baxtimga to,
Kirgay
edim ming jangga man,
Sen agar bo‘lsang samo,
Oy agar bo‘lganda man!
Eng muqim tinchlik uchun,
Eng go‘zal sevgi uchun.
Eng asil do‘stlik uchun,
Eng nafis sezgi uchun.
Har qadah ichra nihon,
Yog‘du bo‘lardim lolarang, –
Senki
soqiy zamon,
May agar bo‘lganda man!
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
15
YONAYOTGAN DARAXT
Tunda yashin tushdi bog‘ning chetiga,
Zulmat boyo‘g‘lidek chekindi karaxt.
Vulqondek portladi qorong‘ulikda,
Yonayotgan daraxt!
Salobatli yashil saltanat edi,
Erkin qushchalarga zangor poytaxt.
Uchqunlardek to‘zitdi qushlarini,
Yonayotgan daraxt!
Nega, nega yondi?!
Kechqurun bexos
Bulutlar guldirab qilgandilar jahd, –
Uyg‘oq edi, o‘zi ilk zarbni oldi
Yonayotgan daraxt!
Daraxtlar
yonmoqda bugun dunyoda,
Yonib, o‘zgalarni uyg‘otmoq ne baxt!
Do‘stlarimdir barcha yonayotganlar,
Yuragimdir – YONAYOTGAN DARAXT!
www.ziyouz.com kutubxonasi