(Miriyga o‘xshatma)
Nechun bu kuz so‘lg‘indir,
Ko‘zing yoshga to‘lg‘indir?
Na bo‘lg‘anin aytmasang,
Bilmadim, na bo‘lg‘imdir!
Sen unda dog‘ bo‘lding,
Men munda dog‘ qoldim.
Nedin titrar siynalar,
Nadin achchiq ginalar?
Yo‘limizga yomonlar?
Sochdi sovuq ninalar.
Sen unda dog‘ bo‘lding,
Men munda dog‘ qoldim.
Ey, husnda birinchim,
Ey, tishlari dur-injum.
Yolg‘iz sening o‘zingsan
Bu dunyoda ilinjim.
Sen unda dog‘ bo‘lding,
Men munda dog‘ qoldim.
Men bahor istayurman,
Seni zor istayurman.
Bir qarorga kel endi,
Men qaror istayurman.
Sen unda dog‘ bo‘lding,
Men munda dog‘ qoldim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
37
AYOLGA MAQTOV
Shoirga yo‘l bo‘lsin, sizni chizay deb,
bo‘yoq quyultirib turar rassomlar!
Mukammal husningiz yog‘dusi uchun,
oy ham navbatchilik qilar oqshomlar!
Shoirga yo‘l bo‘lsin!
Kuylay deb sizni,
bastakorlar yurar yoqa choq, tajang:
torni temirchiga topshirvorgudek,
har jarang ustida qilib necha jang.
E’zozingiz buyuk!
Sarkarda Bobur,
juvonmard ruhlari bo‘lg‘ay ziyoda,
qo‘shinda birgina ot qolsa, shunga
sizni o‘tqazgandir,
qolib piyoda...
Shoirga yo‘l bo‘lsin!
Sizdagi tal’at,
noziklik kimlarni o‘yga solmagan?!
Oqqush suvdan chiqmay, taranaverib,
Bejiz bir oyoqda uxlab qolmagan!
Sizday yasanmoqni istab, qish bitmay,
izhorga lab juftlab har bir kurtagi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
38
o‘riklar chiqdilar – bir tong to‘la gul,
Nur kiydi jamiki bog‘lar yurtdagi.
Shoirga yo‘l bo‘lsin, kechikdi shoir
bu inja raqobat, nurli taloshga:
Ha, bizga hech yumush qolmabdi endi,
Sizni juda qattiq sevishdan boshqa!
Dostları ilə paylaş: |