MAQSUDAM
39
Hali taftish,
hali tekshir,
Buyruq, nakaz bosadi.
Hali rayon, hali oblast,
Hali markaz bosadi.
“Qoidani buzganmishman”,
Qichqirmabman bir tongda!
Hov
mudirim ovda edi,
Iti bilan o‘rmonda!
Ferma ilma-teshik qo‘rqib,
Poyloqchilik etibman.
Tuni bilan uxlay olmay,
Tongda mudrab ketibman...
Ba’zida deng: “Ovozingning
Avji past!” – deb so‘karlar.
Avj bo‘larmi, don o‘rniga,
Chiqit sarqit to‘karlar.
“Tovuqlarning tuxumlari,
Mayda emish, tosh bosmas...”
Hov, xo‘jayin diyetda-ku,
Oshqozoni osh botmas.
Makka, suli, marjumakka,
Bizdayam bor ishtaha!
Yeyishimiz chumchuqdagu
Plan – tuyaqushdaqa!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
40
Goho, “Barvaqt qichqirding” deb,
Qiladilar dag‘dag‘a,
Jim turaymi shuncha jo‘ja,
Bo‘labersa tabaka.
Ammo bitta yomon ig‘vo,
Hammasidan o‘tibdi:
“O‘ynashlari ko‘p...” –
deb kimdir,
Yumaloq xat bitibdi!
Menda ne ayb!
Buyam biror
Ko‘rolmasning ishi-da:
Nima qilay, bitta bo‘lsam,
Qirq tovuqning ichida.
Bas, hammasi jonga tegdi,
Yetar chekkan g‘amlarim.
Xo‘rozlikdan
ketganim shu, –
Eplayversin “zam”larim!
Ha, baridan qanot siltdim,
O‘zim ketdim atayin:
Endi
men ham odamlardek,
Bir tinchgina yashayin!
www.ziyouz.com kutubxonasi