OGAHIY GʻAZALIGA MUXAMMASI MULOQOT Ko‘klam edi. Junbush kelib o‘y-u, xayol, yod
ustina,
Ruhin ziyorat etgali bordim men ustod ustina.
Sas berdi ul: “Holim zabun, keldingmu imdod
ustina,
Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod
ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod
ustina!”
“Ey pir, dedim, yodlar bugun ash’orlaringni
Xorazm... ”
“Qo‘yg‘il, dedi, faxriyangni, dardimi topgil
chorasin,
Yon, oshiq o‘l, hech bosmasin davron changi
ko‘z qorasin,
Qilg‘il tamosho qomati zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lganin payvand shams
hod ustina!”
Ketdik ulug‘ shoir bilan bog‘lar sari, qo‘ydik
qadam,
Olam g‘amin so‘zlay desam, olamni suygan ul
hakam.
Ishqiy g‘azal aytur edi: “Oshiq tumoridur
sitam,
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
17
Noz-u ado-u g‘amzasi qasdim qilurlar
dam-badam,
Vah muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod
ustina?!”
Nogoh shu on qo‘zg‘oldi ko‘k-ko‘k ichra ne sir
borkim,
Chaqmoq chaqib, yel daf qilib, yetkurdi ko‘p
ozorkim,
Roz qildi ustoz: “Yor desam, Haqdin bu qanday
korkim,
Men xastaga jon asramoq emdi erur
dushvorkim,
Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina!”
Tez pok o‘lub osmon yuzi, dillarda ham ketdi
kadar,
Chah-chah bilan qushlar kelib, yuz ochdi
gullar bexatar.
Suhbat falak mavzusiga ko‘chgaymi deb solsam
nazar,
Ul... gul yuzi shavqi bilan shaydo ko‘ngul
shom-u sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming na’vi faryod
ustina!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
18
“Ming yor demak birlan, dedim, jomi visol bir
to‘lmog‘oy,
Haqdin karam yo‘q, u bizim orzulara
qotilmog‘oy!”
Lutfimga ul zot aytdi: “Qo‘y, dardim sanga esh
o‘lmog‘oy,
Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdan
biricha bo‘lmog‘oy,
Gardun agar ming besutun yog‘dirsa Farhod
ustina!”
“So‘z yo‘q, dedim, surmak qiyin dildan dila
ishq raxshini!”
“Cho‘ng ham chuqur fikr et, dedi, tinglarda
shoir, Baxshini!”
Ishq haqinda she’r bitib – shohlarga
aytganman shuni:
“Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yomon-u
yaxshini,
Kim mehr nuri teng tushar vayrona obod
ustina!”
“Obod zamon, tenglik, dedim, turmush go‘zal,
qushdek ko‘ngil...”
“O‘g‘lon, dedi, bu larzakor ochunga keng
nazzora qil,
Olam bilan bo‘y o‘lchashib ko‘rmay havo
ettingmi, bil,
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
19
Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda
necha yil
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurib bod
ustina!”
Birdan tilimni tishladim, izza boqib
yon-vergakim,
Darkormi so‘z ustozlaring so‘z aytmagan bir
yerdakim.
Bor jur’ating, yozgin, Omon, yurting ovozin
she’rgakim,
Ne jur’at ila Ogahiy ochgay og‘iz so‘z dergakim,
Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zoru noshod
ustina!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
20
* * *
Yig‘ladingu... kulding,
Bo‘ron bosildi:
Kumush ko‘l yuzida
Qalqdi ikki oy.
Yig‘ladingu... kulding,
Tindi quyqum sel.
Maysa o‘tlar rasmin
Sola ketdi soy.
Yig‘ladingu... kulding,
Bulutlar arib.
Maysalarga to‘ldi ko‘k,
Qushga to‘ldi bog‘.
Yig‘ladingu... kulding,
Ko‘zlaringda birdan
Yashay boshladilar,
Suv va cho‘g‘
Inoq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
21
* * *
Sen ketursan, izingdan –
Men boqurman jim, jim.
Menga qoldi ko‘zingning,
Qaroligi tim, tim.
Qaro endi kunlarim,
Qaro endi qismatim.
Ko‘zim qarog‘ida ham,
Yoshim endi lim-lim.
Bul qarolig‘ – tun emas,
Yulduzlarni ko‘zlasam.
Bo‘ron daragidir bu,
Havosidir dim, dim.
Kelmas endi qaldiroq,
Chaqilmas endi chaqin.
Yuraklar gung kecha bu,
Yo‘l ko‘rsatur kim, kim?
O‘tdi sevgi, o‘tdi dard –
Ko‘chayotgan qushlardek.
Ketmoqdasan jim, jim,
Qolmoqdaman jim, jim.
www.ziyouz.com kutubxonasi