SHOIRNING UMRI
Shoir kim?
Gohida anglamak mushkul.
Bir boqsang-kamalak, bir boqsang bulut!
Bir boqsang-yulduz-u, bir boqsang ildiz.
Bir joyda paydo-yu, bir joyda unut.
Odamlar ustida, jahongirman deb,
Mustabid hokimlar toj ko‘targanda.
Erkin orzularni ko‘kka solgan-u,
Sabrli qullarni etib sharmanda.
Odamlar ustida, erkinlikman deb,
Yovlar zanjirlardan qurganda osmon,
Qo‘li tili bog‘liq holda ham uning –
Qalbi tepaverdi xalqim deb hamon.
Odamlar ustida, ezgulikman deb,
Goh ta’ma-yulg‘ichlik yozganda panja.
Zamindan bir ilinj kutgan ham o‘sha,
Onalar qabrini tavof etgancha...
Odamlar ustida go‘zallikman deb,
Ming noz ila goho raqs tushsa yolg‘on.
Qo‘lidagi gulni asragan ham u,
Muhabbatli yurak pokdir har qachon!
U na maloikdir va na payg‘ambar,
Bir kishilik umri shu qadar nurli!
Bizning oramizga porlab yashashga
Uni kim yuborgan, shunisi sirli?!
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
11
* * *
Qalbimdan sir axtarmagil sen,
Yashirin bir sir unda yo‘qdir.
Yaxshisi sen jimgina kelu
Yonginamda bir nafas o‘tir.
Yoniq qalbin ufqda qo‘yib,
O‘y suradi horg‘in tabiat.
Qo‘llarida titraydi osmon,
Savollarga go‘yo to‘la xat.
Turnalarning saflari bilan
Xayr, kuz, deb yozar u ko‘kka.
So‘ng Quyosh va Yerni qaygadir
Jo‘natar qish otli konvertda...
Sen savollar bermagil menga,
Borliqni ham tergama bu dam.
Bu ulug‘vor maktub ichida
Bilsang, bormiz ikkalamiz ham.
Uchib ketar fursat oq kaptar,
Qo‘y, bilmayman, bu xat kimgadir?
...Yaxshisi sen jimgina kelu
Yonginamda bir nafas o‘tir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
12
* * *
Xayolimda yashar bir nargis,
Alvon-alvon tong va’da etar.
Lekin uning alvon rangini
Tongda quyosh olar-da ketar.
Xayolimda yashar bir nargis,
Yulduzlardan hidlar jam etar.
Osmonimning xush hidlarin ham
Daydi yellar olar-da ketar.
Xayolimda yashar bir nargis,
Siynasini bolga kon etar.
Dunyo ko‘rgan arilar buni
Ko‘rmay o‘tmas – olar-da ketar...
Xayolimda yashasa ham ul,
Yasholmadi daxlsiz butkul.
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
13
Dostları ilə paylaş: |